Ijara ijara hisobi reja


Download 188.56 Kb.
bet7/8
Sana18.06.2023
Hajmi188.56 Kb.
#1593643
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
14. Ijara

Minimal ijara to‘lovlari moliyalashtirish xarajatlari va so‘ndirilmagan majburiyatni kamaytirish orasida taqsimlanishi kerak. Moliyalashtirish xarajatlari ijara muddati davomidagi har bir davrda majburiyatning to‘lanmagan qoldig‘i bo‘yicha doimiy davriy foiz stavkasi hosil bo‘ladigan qilib taqsimlanishi kerak. Shartli ijara summalari, ular paydo bo‘lgan davrlarda, xarajat sifatida tan olinishi kerak..

  • Minimal ijara to‘lovlari moliyalashtirish xarajatlari va so‘ndirilmagan majburiyatni kamaytirish orasida taqsimlanishi kerak. Moliyalashtirish xarajatlari ijara muddati davomidagi har bir davrda majburiyatning to‘lanmagan qoldig‘i bo‘yicha doimiy davriy foiz stavkasi hosil bo‘ladigan qilib taqsimlanishi kerak. Shartli ijara summalari, ular paydo bo‘lgan davrlarda, xarajat sifatida tan olinishi kerak..
  • Amaliyotda, moliyalashtirish xarajatlarini ijara muddati davomidagi davrlar orasida taqsimlashda, ijarachi hisob-kitoblarni soddalashtirish maqsadida taxminiy hisoblashning qandaydir turidan foydalanishi mumkin.
  • Moliyaviy ijara natijasida har bir hisobot davrida eskiradigan aktivlar bo‘yicha eskirish xarajatlari va moliyaviy xarajatlar yuzaga keladi. Ijaraga olingan eskiradigan aktivlar bo‘yicha eskirish hisoblash siyosati o‘z eskiradigan aktivlar bo‘yicha siyosatga mos kelishi kerak, tan olinadigan eskirish summasi BHXS 16 “Asosiy vositalar”ga va BHXS 38 “Nomoddiy aktivlar” ga muvofiq hisoblanishi kerak. Agar ijarachi ijara muddati tugagach aktivga egalik qilish huquqini olishi oqilona darajada aniq bo‘lmasa, aktiv quyidagi davrlardan qaysi biri qisqaroq bo‘lsa, o‘sha davr davomida to‘liq eskirishi hisoblanishi kerak: ijara muddati va aktivning foydali xizmat muddati.

Ijaraga olingan aktivning eskiradigan qiymati aktivdan foydalanish kutilayotgan har bir hisobot davrida sistematik tarzda xarajatga olib borilishiga kerak, bu ijarachining o‘z eskiradigan aktivlar bo‘yicha qabul qilingan eskirish hisoblash siyosatiga muvofiq tarzda amalga oshirilishi kerak. Agar ijarachi ijara muddati tugagach aktivga egalik qilish huquqini olishi oqilona darajada aniq bo‘lsa, kutilayotgan foydalanish davri bo‘lib aktivning foydali xizmat muddati hisoblanadi; aks holda, aktiv ijara muddati va aktivning foydali xizmat muddati ikkitasi orasidan qaysi biri qisqaroq bo‘lsa, o‘sha muddat davomida eskirishi hisoblanadi.

  • Ijaraga olingan aktivning eskiradigan qiymati aktivdan foydalanish kutilayotgan har bir hisobot davrida sistematik tarzda xarajatga olib borilishiga kerak, bu ijarachining o‘z eskiradigan aktivlar bo‘yicha qabul qilingan eskirish hisoblash siyosatiga muvofiq tarzda amalga oshirilishi kerak. Agar ijarachi ijara muddati tugagach aktivga egalik qilish huquqini olishi oqilona darajada aniq bo‘lsa, kutilayotgan foydalanish davri bo‘lib aktivning foydali xizmat muddati hisoblanadi; aks holda, aktiv ijara muddati va aktivning foydali xizmat muddati ikkitasi orasidan qaysi biri qisqaroq bo‘lsa, o‘sha muddat davomida eskirishi hisoblanadi.
  • Aktivning davr uchun eskirish xarajatlari bilan o‘sha davrdagi moliyalashtirish xarajatlarining yig‘indisi kamdan-kam davr uchun to‘lanadigan ijara to‘lovlari bilan bir xil bo‘ladi. Shuning uchun, to‘lanadigan ijara to‘lovlarini xarajat sifatida shunchaki tan olish noto‘g‘ri bo‘ladi. Binobarin, ijaraga olingan aktiv va u bilan bog‘liq bo‘lgan majburiyatning summalari ijara muddati boshlanishidan keyin bir-biriga teng bo‘lishi ehtimoli kam.
  • Ijaraga olingan aktiv qadrsizlanganligini aniqlash uchun, tashkilot BHXS 36 “Aktivlarning qadrsizlanishi”ni qo‘llashi kerak.

Download 188.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling