Ijara ijara hisobi reja


Download 188.56 Kb.
bet8/8
Sana18.06.2023
Hajmi188.56 Kb.
#1593643
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
14. Ijara

Operativ ijara

  • Operativ ijara bo‘yicha ijara to‘lovlari xarajatlar sifatida ijara muddati davomida bir tekis maromda tan olinishi kerak, agar boshqa sistematik usul foydalanuvchi tomonidan vaqt o‘tishi bilan naf olinishini to‘g‘riroq aks ettirmasa.
  • Operativ ijara kelishuvlari bo‘yicha ijara to‘lovlari (bularga sug‘urta va texnik xizmat ko‘rsatish xarajatlari kabi kiritilmaydi) bir tekis maromda xarajat sifatida tan olinishi kerak, agar boshqa sistematik usul, to‘lovlar ushbu usulda amalga oshirilmasligidan qat’iy nazar, foydalanuvchi tomonidan vaqt o‘tishi bilan naf olinishini to‘g‘riroq aks ettirmasa

Ijaraga beruvchining moliyaviy hisobotlarida ijaraning aks ettirilishi

  • Moliyaviy ijara
  • Ijaraga beruvchilar moliyaviy ijara bo‘yicha aktivlarini moliyaviy holat to‘g‘risidagi hisobotda tan olishi va ijaraga sof investitsiyaning summasiga teng summada debitorlik qarzi sifatida aks ettirishi kerak.
  • Moliyaviy ijara bo‘yicha ijara ob’ektiga yuridik egalik qilish huquqi bilan bog‘liq deyarli barcha risklar va mukofotlar ijaraga beruvchi tomonidan ijarachiga o‘tkaziladi, va, shuning uchun, olinadigan ijara to‘lovlari ijarachi tomonidan asosiy qarzning so‘ndirilishi va moliyaviy daromad sifatida hisobga olinadi, bunda moliyaviy daromad ijaraga beruvchining investitsiyasi va xizmatlarining haqi va ular uchun mukofotni ifodalaydi.

Keyinchalik baholash


Moliyaviy daromad ijaraga beruvchining moliyaviy ijaraga sof investitsiyasi bo‘yicha doimiy davriy daromadlilik me’yorini ko‘rsatadigan grafik asosida tan olinishi kerak.
Ijaraga beruvchining ijaraga yalpi investitsiyasini hisoblashda foydalanilgan taxminiy baholangan kafolatlanmagan qoldiq qiymati muntazam ravishda qayta ko‘rib chiqilishi kerak. Agar taxminiy baholangan kafolatlanmagan qoldiq qiymati kamaygan bo‘lsa, daromadning ijara muddati davomida taqsimlanishi qayta ko‘rib chiqiladi va oldin hisoblangan summalarning har qanday kamayishi darhol tan olinadi.
Ishlab chiqaruvchi yoki diler bo‘lgan ijaraga beruvchilar sotishdan foyda yoki zararni tashkilot tomonidan oddiy sotishga nisbatan qo‘llaniladigan siyosatga muvofiq hisobot davrida tan olishi kerak. Agar sun’iy pasaytirilgan foiz stavkalari o‘rnatilgan bo‘lsa, sotishdan foyda summasi bozor foiz stavkalari qo‘llanilgani kabi holda shakllanadigan summadan oshmasligi kerak. Ishlab chiqaruvchi yoki diler bo‘lgan ijaraga beruvchilar tomonidan ijara kelishuvini tayyorlash va tuzishga oid amalga oshirilgan xarajatlar sotishdan foyda tan olinganida xarajat sifatida aks ettirilishi kerak.
Ishlab chiqaruvchilar yoki dilerlar xaridorlarga ko‘pincha aktivni sotib olish yoki ijaraga olishdan tanlash imkoniyatini beradilar. Ishlab chiqaruvchi yoki diler bo‘lgan ijaraga beruvchilar tomonidan aktiv moliyaviy ijaraga berilganida, ikkita turdagi daromad yuzaga keladi:
    • ijaraga berilgan aktivni odatdagi sotish narxlarida, tegishli savdo yoki hajm bo‘yicha chegirmalarni hisobga olgan holda oddiy sotishdan olinadigan foyda yoki zararga ekvivalent foyda yoki zarar; va
    • ijara muddati davomida moliyaviy daromad.

Ma’lumotlarni ochib berish

  • - ijaraga beruvchining foydasiga hisoblanadigan kafolatlanmagan qoldiq qiymatlar;
  • - olinadigan minimal ijara to‘lovlarning undira olinmaydigan qismi bo‘yicha jamg‘arilgan rezerv;
  • - davr uchun daromad sifatida tan olingan shartli ijara summalari;
  • - ijaraga beruvchining ahamiyatli ijara kelishuvlarining umumiy tavsifi.

E’tiboringiz uchun rahmat!


Download 188.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling