Ijaraga olingan asosiy vositalarni hisobga olishning
Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016)
Download 0.52 Mb. Pdf ko'rish
|
ijaraga-olingan-asosiy-vositalarni-hisobga-olishning-o-ziga-xos-xususiyatlari
Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016)
Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257 Uzbekistan www.scientificprogress.uz Page 749 1-chizma. Ijaraga olingan asosiy vositalarning xususiyatlari1 1 . Koʻp analitik hujjatlarda va materiallarda shu borada ijaraning quyidagi tomonlari eʼtiborga loyiq: soliq, bojxona, amortizatsiya imtiyozlaridan keladigan iqtisodiy daromad. Soliq imtiyozlari ayrim holatlarda daromad soligʻidan ozod qilish, amortizatsiya ajratmalarining yuqoriligi bois soliqqa tortiladigan daromad summasini kamaytirish imkoniyatlarini koʻzda tutadi. Bojxona imtiyozlari bojxona boj toʻlovlarini qisqartirilishi bilan izohlanadi. Bunda berilgan imtiyozlar ijara beruvchi ijara oluvchidan ijara toʻlovlari miqdorini kamaytirish yoʻli bilan boʻlinish nazarda tutiladi; ijara beruvchilar, investorlar tavakkalchiligi (risk)ning kamayishi, ular qiziqishining himoyasi. Bunda asosiy vositalarning aniq moddiy elementlari sifatida ishlab chiqiladi. Natijada, bitim bevosita ijara obyektini kafolatlaydi. Bu yerda shuni taʼkidlash joizki, mulk ijaraga berilganda ijara bitimi shartlari buzilsa yoki ijara oluvchi bankrot boʻlsa hamda amalga oshirish qiyin jarayon, yaʼni keng hajmli ishlab chiqarish texnologik uskunasi mavjud boʻlsa ham, mulk egasi boʻlib qolish huquqi qolishi lozim. Investor tavakkalchiligi (risk)ning kamayishi ijaraga olingan mulkni maqsadli ishlatilishi yoki ishlatilmasligiga bogʻliq; davlat ahamiyatiga molik tarmoq yoki ishlab chiqarishga mahalliy byudjet mablagʻlarini jalb qilish, ijara bitimining oxirgi guruh qatnashchilaridan ijara mulki asosida uni amalga oshiruvchi boʻlib, ijara oluvchilar hisoblanadi. Ular uchun foyda olinayotganligi his qilinishi lozim, yoʻqsa butun ijara jarayoni oʻziga tortuvchanlik xususiyatini yoʻqotadi. Shuningdek, ijara oluvchilar uchun: - ijara toʻlovlarining tannarxida yotgan soliqqa tortiladigan foydaning kamayishi; - ijara beruvchi balansida qoladigan ijara mulkining qisman mulk soligʻidan ozod qilinishi; - obyektga tezlashtirilgan amortizatsiya qoʻllanganda, ijara oluvchida ishlab chiqarishni tezkor yangilash va qayta qurollantirish imkoniyati paydo boʻladi; - ijara asosida boshlangʻich moliyaviy ogʻirliklarning kamayishi - bu ijara toʻlovlarining tezlikda va katta hajmdagi toʻlovlarni talab qilmaydi. Bu esa mablagʻlarni ishlab chiqarishga uzoq muddatga jalb qilinishini taʼminlaydi. Vaziyat ishlab chiqarish fondlarini yangilash, ilgʻor texnologiyalarni, asbob-uskunalarni foydalanishga olish bilan izohlanadi. [18] Bundan tashqari, shuni taʼkidlash joizki, ijara toʻlovlari, 1 Chizma muallif tomononidan tayyorlangan. SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 3 ǀ ISSUE 4 ǀ 2022 ISSN: 2181-1601 Download 0.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling