Ijaraga olingan asosiy vositalarni hisobga olishning
Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016)
Download 0.52 Mb. Pdf ko'rish
|
ijaraga-olingan-asosiy-vositalarni-hisobga-olishning-o-ziga-xos-xususiyatlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzuga oid adabiyotlarning tahlili.
- Tadqiqot metodologiyasi
- Tahlil va natijalar.
Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016)
Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257 Uzbekistan www.scientificprogress.uz Page 746 ishonchli buxgalteriya hisobi korxonalar tomonidan ijara obyektlaridan foydalanish natijalarini obyektiv aks ettirish imkoniyatlarini yaratib beradi.[1-8]. Mavzuga oid adabiyotlarning tahlili. Asosiy vositalar ijarasi hisobini tashkil qilish va yuritish nazariy, uslubiy va amaliy jihatlari bir qator xorijiy hamda respublikamizdagi etakchi olimlar tomonidan oʻrganilgan. Xususan, mazkur masalani tadqiq etishda xorijlik olimlar orasida: L.I.Gext, V.A.Goremikin, V.V.Dementyev, Yu.B.Dolgushina, A.A.Ivanov, V.P.Kokorev, V.V.Popova, V.Shtelmax, M.A.Medvedov va boshqalarning roli katta boʻlgan.[2-3-4] Taniqli iqtisodchi olimlari qatorida Respublikamizda faoliyat koʻrsatayotgan bir qator etakchi olimlar ham lizing faoliyati, ijara muomalalari hisobi va uni takomillashtirishning ayrim jihatlari toʻgʻrisida oʻz izlanishlarida toʻxtalib oʻtganlar. Jumladan; A.A.Karimov, E.A.Akromov, D.Kudbiyev, I.N.Ismanov, Z.T.Mamatov, X.N.Musayev, A.A.Sotivoldiyev, D.G.Gazibekov va boshqalar oʻzlarining ilmiy asarlarida, maqolalarida, matbuot chiqishlarida ijaraga olingan aosiy vositalar jamiyat taraqqiyotida oʻrni haqida va bu sohani rivojlantirish borasida koʻplab amaliy va nazariy maslahatlar taklif etishgan.[5-6-7] Tadqiqot metodologiyasi. Ushbu maqola doirasida buxgalteriya hisobi va tashkilotlarning moliyaviy hisobotlarida asosiy vositalar ijarasi hisobini tashkil qilish va yuritish nazariy tadqiqotlari, ekspert bahosh va axborotni qayta ishlash usullari, maʼlumotlarni oshkor qilishda yondashuvlar tizimlashtirildi. Tahlil va natijalar. Ijara munosabatlari ishlab chiqarishning muhim omillaridan biridir. Bir tomondan, mehnat va kapital birgalikda ijara subyektlarining qatnashishida byudjetni shakllantiradi. [11-12] Bundan, oʻz navbatida, jamoaning ijtimoiy-iqtisodiy muammolari yechiladi, ikkinchi tomondan, takror ishlab chiqarishni rivojlantirish va bozorni zaruriy mahsulot bilan taʼminlashga imkon boʻladi. Ijaraga oluvchi (korxona) ikki tomonlama ijtimoiy-iqtisodiy maqomga ega boʻladi, yaʼni oʻz ixtiyori bilan va mustaqil tashkilot sifatida faoliyat yuritadi hamda uni nafaqat oʻzining ishlab chiqarishini takomillashtirish qiziqtiradi, balki ishlab chiqarish faoliyat doirasidan kelayotgan daromad ham uning bosh maqsadini tashkil etadi. Bunda ilmiy-texnika taraqqiyotining tezlashishi ham taʼminlanadi. Shu jumladan, ijaraga beruvchi va ijaraga oluvchi oʻrtasidagi iqtisodiy aloqalarni ijara toʻlovlari tashkil etadi. Bunda egalik munosabatlari, foydalanish, realizatsiya va ishlab chiqarish vositalariga (asbob-uskunalar, mulkka) egalik qilishni oʻzlashtirilishi ham oʻz aksini topadi. Ijaraning iqtisodiy mohiyati, ijara bitimi davrida paydo boʻladigan mulkiy munosabatlar bilan tavsiflanishi asosida tushuntiriladi.[20-22] Shartnoma predmeti boʻlgan mulki ijaraga beruvchining oʻz mulki hisoblanadi, ijaraga oluvchi shartnoma amal qilish muddati mobaynida unga egalik qilish va undan maʼlum toʻlov asosida ijara SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 3 ǀ ISSUE 4 ǀ 2022 ISSN: 2181-1601 Download 0.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling