Ijaraga olingan asosiy vositalarni hisobga olishning
Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016)
Download 0.52 Mb. Pdf ko'rish
|
ijaraga-olingan-asosiy-vositalarni-hisobga-olishning-o-ziga-xos-xususiyatlari
Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016)
Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257 Uzbekistan www.scientificprogress.uz Page 748 ijaraga olingan asosiy vositalar yordamida bajarilgan ishlar hajmini va olinadigan daromadlarni koʻpaytirish; ijaraga olingan asosiy vosita uchun mulk soligʻidan ozod boʻlish; mulkning jismoniy va maʼnaviy eskirish tavakkalchiligi (risk)ning kamayishi; oʻz kapital mablagʻlarini jalb qilinmasligi taʼminlovchi vosita; mavsumiy ishlar uchun mablagʻ sarf qilmasdan ijaradan unumli foydalanish va boshqalar; Agar, amortizatsiya muddati shartnoma muddatidan oshib ketsa, bunda mulkning amortizatsiya muddati tugashiga qadar ijara beruvchida qoldiq qiymatida oʻz mulki boʻlib qolaveradi. Komission mukofot toʻlovi ijara beruvchi xarajatlarini qoplash manbai boʻlib xizmat qiladi. Lekin, bu aniq bitim bilan bogʻliq emas va foyda manbaini shakllantirish uchun muhim ahamiyatga ega. Demak, ijara beruvchining manfaatli qiziqishini, xususan, ijara bitimi tashkil etadi. Bunda iqtisodiy foydali manfaatdorlik yotadi. Endi ijara oluvchiga kelsak, bunda u ijara asosida oʻz xarajatlarini mulkdan foydalanish chogʻida olinishi mumkin boʻlgan daromadi bilan bir oʻlchamga keltirishi kerak. Shu bois, bitimni tuzish, tayyorlashda investitsion loyiha (biznes-reja) holida aniq va ravshan, detallashgan holda sinchiklab oʻrganilib, ishlab chiqilgandan soʻng tomonlarning roziligi olinadi. Ijaraning iqtisodiy mohiyati qanchalik spetsifik mulkiy munosabatlarga yaqinligi bilan aniqlanishi, shuni taʼkidlash joizki, ijara mulkiga egalik qilish huquqining ijara beruvchidan ijara oluvchiga oʻtishi mumkin. Moliyaviy ijara shartnomasida ijara oluvchi huquqida ijara mulkini sotib olish koʻzda tutilishi mumkin. [13-21] Ijara oluvchi ijara mulkini ijara beruvchiga sotib olish qiymatini shartnoma muddati davomida yoki muddatidan avval toʻlash asosida oʻziniki qilib olishi mumkin. Sotib olish bahosi, agar shartnomada sotib olish oldindan koʻrsatilgan boʻlsa yoki shartnomadagi tomonlarning maxsus kelishuvi asosida oʻrnatilgan tartibda aniqlanadi. Sotib olish bahosi sifatida mulkning qoldiq qiymati yoki bozor narxida shunday yoxud shunga oʻxshash mulk bahosi xizmat qiladi. Har qanday holatda ham, ijara mulkidan foydalanish ijara oluvchi uchun foyda keltiradi. Quyidagi 1–chizmada “Rezaksoysuvqurilish” unitar korxonasining ijaraga olingan asosiy vositalaridan olinadigan daromadlar va erishiladigan imkoniyatlari hamda toʻlanadigan mulk soligʻi boʻyicha yengilliklar keltirilgan. “Rezaksoysuvqurilish” UK ijara obyekti quyidagi vosita boʻlib xizmat qiladi SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 3 ǀ ISSUE 4 ǀ 2022 ISSN: 2181-1601 Download 0.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling