Ijodiy va laterap fikrlashning xususiyatlari


Ilmiy ijodda tavsif etish


Download 124 Kb.
bet7/9
Sana11.05.2023
Hajmi124 Kb.
#1449981
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Ijodiy va laterap fikrlashning xususiyatlari

Ilmiy ijodda tavsif etish (xarakterlash) muhim ahamiyatga ega. Ma’lumki, har bir narsa yoki hodisa o‘zining tuzilish mazmun, ichki va tashqi faoliyati, bog‘lanishi, o‘zaro munosabatlariga ega. Ana shu tomonlarni tavsiflash uchun ham bilim kerak. Tadqiqotchi o‘z ob’yekti haqida bilimga ega bo‘lmasa, u izlanishi jarayonida boshi berk ko‘chaga kirib qolishi mumkin. Demak, tadqiqotchi o‘zining ob’yekti haqida ma’lum bir tasavvurga ega bo‘lgandagina uni tavsiflay oladi. Tavsiflashda biryoqlamalikdan uzoqlashish zarur. Narsa yoki hodisaga turli tomondan yondashib, u haqida batafsil bilimga ega bo‘lishini ta’minlash tavsif etishdir. Masalan: biror kishining faoliyatini tavsiflash uchun, uni qayerda, qanday oilada tug‘ilganligi, kasbi kori, bilim darajasi, oilaviy holati, tevarak atrofga bo‘lgan munosabati, jamiyatga bo‘lgan qarashlari, siyosiy munosabatlarda o‘zini tutishi, qiziquvchanligi va boshqa tomonlarini mukammal bilish kerak. Ushbu xislatlarning hisobga olinishi natijasida o‘sha kishiga nisbatan to‘laroq tavsif beriladi. Demak, tavsiflashda dialektik yondashish yaxshi natijalarni beradi. Dialektik yondashishda narsa va hodisalarning holatiga yaqindan kirib boriladi. Bunday qilish tavsiflash jarayonida xatolardan saqlab qoladi.
Ilmiy ijodda tushuntirish uslubi ham zaruriy holatdir. Ob’yektni tushuntirish uchun shu ob’yektni ijodkor o‘z tafakkurida qayta ishlagan bo‘lishi kerak. Aniqrog‘i mukammal bilimga ega bo‘lishi lozim. Tushuntirish va tushunish inson faoliyatining ajralmas qismidir. Tushuntirish va tushunish bo‘lmaganida edi, rivojlanish ham bo‘lmas edi. Tushuntirish deganda, narsa va hodisalarning mohiyatini ochib berish, ular to‘g‘risida tinglovchiga bilim berish tushuniladi. Tushunish esa, tushuntirish natijasida hissiy qabul qilingan bilimlar yig‘indisidir. Tushuntirish va tushunish ilmiy ijodning muhim tomonlarini tashkil qiladi. Tushuntirishda ham turli bosqichlar mavjud:

  1. Ob’yekt haqida boshlang‘ich bilimga ega bo‘lish;

  2. Tushuntirish uchun zarur bo‘lgan shart –sharoitlar zarurligi;

  3. Ob’yektni asoslash uchun moddiy va ma’naviy dalil va boshqalar.

Tushuntirish va tushunish dialektik munosabatda bo‘lib, ikkala holat mavjud bo‘lmasa ijod to‘g‘risida so‘z yuritish mumkin emas. Chunki bular ijodning ikki tomonidir. Biror ob’yektni tushuntirish bir yoki bir necha marta bo‘lishi mumkin. Bu sub’yektning holatiga, zehniga, qabul qilish hissiyotiga ham bog‘liq. Shaxs tushunmagan jarayonni tushunish uchun turli vositalardan foydalanishga harakat qiladi. Vositalar esa grafiklar, videofilmlar, tajribalar, modellar, ko‘rgazmali qurollar bo‘lishi mumkin. Tushuntirish va tushunishda takrorlash muhim ahamiyatga ega. Takrorlash izlanuvchi shaxsning esda tutish qobiliyatini chiniqtiradi, olayotgan bilimini mustahkamlaydi. Demak, tushuntirish va tushunish ijodiy faoliyatning muhim tomonlaridir. Ayniqsa, bu jarayonlar iqtisodiy tadqiqotlarda muhim ahamiyatga ega. Sababi iqtisodiy ob’yektni tushunish ko‘p omillarga bog‘liq. Bu omillar insonning turli faoliyatlaridir. Iqtisodiyot sohasidan izlanish olib borayotgan ijodkor ob’yektni tadqiq qilishda uni jamoa, jamiyat uchun zarur yoki zarur emasligini tasdiqlaydigan yoki inkor etadigan dalillarga ega bo‘lishi kerak. Bu dalillarni izlanuvchining o‘zi yaxshi tushunmasa uni tushuntirish qiyin bo‘ladi. Iqtisodiy tadqiqotchining bilim darajasi muammoni tushunishi bilan bog‘liq. Tadqiqot natijasida erishilgan yangilik qonun va qarorlar qabul qilish uchun asosdir. Shu sababli ham iqtisodiy sohada tushuntirish va tushunish muhim ahamiyatga ega.

Download 124 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling