Ijodiy va laterap fikrlashning xususiyatlari


Ilmiy ijodda induksiya va deduksiya usullaridan


Download 124 Kb.
bet8/9
Sana11.05.2023
Hajmi124 Kb.
#1449981
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Ijodiy va laterap fikrlashning xususiyatlari

Ilmiy ijodda induksiya va deduksiya usullaridan ham foydalaniladi. Induksiya - juz’iylikdan umumiylikka qarab borish jarayonini o‘zida mujassamlashtirgan tushuncha. Induksiya ijod sohasida ham amal qiladi. Unda ob’yekt haqida xulosa chiqariladi. Induktiv xulosa chiqarishda bilimning xususiy muhokamalaridan umumiy qoidalariga qarab harakat qilinadi. To‘liq va noto‘liq induksiya mavjud bo‘lib, to‘liq induksiyada bir turkumdagi ob’yektlar haqida umuman shu turkumdagi ob’yektlarning hammasini qamrab olish asosida xulosa hosil qilinadi. Noto‘liq induksiyada esa ob’yektlarning ba’zilarini qarab chiqishga asoslanib xulosalar chiqariladi, ya’ni bunda ob’yektning asosiy belgilari, aloqa va munosabatlari tahlil qilinib xulosalar olinadi. To‘liq induksiya amaliyotda kamroq qo‘llanilsa, noto‘liq induksiya kengroq foydalaniladi. Ammo noto‘liq induksiyada to‘la ma’lumot olib bo‘lmaydi. Shu sababli ikkala jihatni bir-biridan ajratib bo‘lmaydi. Ushbu usullarni fan tarixida ishlab chiqishda Arastu, F.Bekon, R.Dekart, Dj. S. Mill va boshqalarning o‘rni katta bo‘lgan.
Ijodni ifoda etish usullari
Ilmiy tadqiqot olib borishda analiz va sintez usullari ham qo‘llaniladi. Analiz va sintez ma’lum qismlar bilan bir butun orasidagi aloqa va munosabatlar, xususiyatlarni aniqlash yo‘li bilan bilim beradigan jarayonlardir. Analizda butun tizim moddiy yoki fikran qismlarga ajratiladi. Analiz butunni bilishning asosiy va zaruriy bosqichidir. Analiz va sintezlash jarayoni insonlarning nazariy, amaliy faoliyatlaridan kelib chiqqan va takomillasha borgan. Insonlar o‘z tafakkuri orqali turli sohalarni analiz va sintez qilib keyinchalik kundalik ehtiyojidan olingan natijalarni hayotga tatbiq etganlar. Avval butunni qismlarga ajratib, so‘ng bu qismlarni bir-biriga qo‘shib butunni yaratganlar. Qismlar avval alohida – alohida bo‘laklarga bo‘linib o‘rganiladi va xulosalar chiqariladi. Bu xulosalar butun uchun sintezdir. Ilmiy ijodda analizning o‘zi yakka holda natija bermaydi. Shu sababli sintezga murojaat qilinadi. O‘z navbatida sintez ham shunday tavsifga egadir. Murakkab tizimli ob’yekt o‘z bo‘laklari yig‘indisidan iborat bo‘lmaganda uni tafakkurda o‘zaro aloqadorlikni to‘laligicha qaytadan hosil qilish uchun sintezdan foydalaniladi. Demak, sintez va analiz uslublari biri ikkinchisini taqozo etadi. Aynan sintez yo‘li bilan inson o‘z tafakkuri orqali ko‘plab aniqliklar va munosabatlarni aniqlaydi, yaxlitlikni keltirib chiqaradi. Sintez butunlikni ta’minlaydi. Analiz va sintez ijodning atigi bir-birini to‘ldiruvchi, bir-biri ketidan boruvchi tor jarayoni emas. Analiz va sintez ijodning har bir bosqichida ob’yekt aloqadorligini ham ifodalaydi. Analiz sintezsiz samarasizdir. Binobarin, analiz qilinganda ijodkor narsaning bo‘laklariga to‘la tushunib yetadi. Shunday bo‘lsa-da, sintezga murojaat qiladi. Sintez ob’yektning birikuvini qay holatda borishini tushunishga yordam beradi. Demak, analizsiz sintez, sintezsiz analiz bo‘lishi mumkin emas. Aks holda ijod jarayoni ham to‘liq bo‘lmaydi. Analizning asosiy vazifasi murakkab tizimli butunni, unsurlarini, sifatini o‘rganishdan iborat. Chunki butunning mohiyati bo‘laklar orqali ochib beriladi. Narsalarni, ob’yektlarni tavsif qilish analizga bog‘liq. Masalan: iqtisodiy sohalarni analiz qilish ishlab chiqarish jarayonining taraqqiy etishiga imkon yaratadi yoki aksincha, ishlab chiqarish usulini bilish uchun avvalo ishlab chiqarish kuchlarini, ishlab chiqarish munosabatlarini, taklif va talablarni yakka-yakka analiz qilish lozim. Bu holatlar tafakkur orqali amalga oshadi. Zero, tafakkur ijod jarayonining o‘zagidir. Analiz va sintez qotib qolgan jarayonlar emas. Ular ta’sirida ham yangi fikrlar ijod namunalari kelib chiqadi. Masalan: fan taraqqiyotini analiz qilish natijasida yangi fanlar paydo bo‘ladi va rivojlanadi. Ular esa falsafiy sintez qilinadi. Murakkab tizimlarni birdaniga bilib bo‘lmaydi. Ularni tashkil qilgan birlashmalar alohida-alohida o‘rganilib, so‘ng butunligicha ham o‘rganiladi.
Ilmiy ijod qiyoslash usulidan ham foydalanishni taqozo etadi. Qiyoslash tadqiq qilinayotgan narsa va hodisalar o‘rtasidagi o‘xshashlik va tafovutlarni bilishga, ularning aloqa va munosabatlarini aniqlashga yordam beradigan bilish usulidir. Qiyoslashning ikki turi mavjud:
1. Aloqador bo‘lmagan ob’yektlarni qiyoslash;
2. Aloqador bo‘lgan ob’yektlarni qiyoslash.
Ushbu usullar yordamida tadqiqotchi o‘z tadqiqoti jarayonida yangi xulosa va mulohazalarni beradi. Yangi ilmga ega bo‘ladi. Bu uslub analiz uslubi bilan aloqa va munosabatdadir. Ular biri ikkinchisini to‘ldirishga yordam beradi.
Ilmiy ijodda abstraksiyadan ham foydalaniladi. Abstraksiya deb, ko‘p qirrali ob’yektlarning har birini yakka-yakka holda emas, balki ma’lum bir qismi haqida umumiy fikr yuritishga aytiladi. (Abstraksiya - uzoqlashuv, mavhumlik). Abstraksiyada manbaning ba’zi xususiyatlari va bog‘lanishlari fikran ajratiladi. Uning boshqa xususiyatlari va bog‘lanish hamda munosabatlari nazardan soqit qilinadi. Buning ta’sirida paydo bo‘lgan tushuncha, tasavvur, abstraksiyadir. Abstraksiyada narsa aniq holda bilinmaydi, mavhum holda inson ko‘z o‘ngida gavdalantiriladi. Masalan: kundalik hayotda uchraydigan hodisalar, o‘rikning pishishi, samolyot uchishi, quyoshning ko‘rinishi aniqdir, lekin bular doimiy harakatni bildiradi. Aslida bu jarayonlar abstraksiyadan dalolat beradi. Shuni unutmaslik kerakki, abstraksiya aniq narsalar uchun umumiy bo‘lgan belgilarni ajratib ko‘rsatish imkonini beradi. Unda predmetdan uzoqlashib, chetlab o‘tish namoyon bo‘lsa-da, aslida ularning mohiyati mazmuniga kirib borishiga sharoit yaratiladi.


Xulosa
Model so‘zi namuna, timsol ma’nolarini anglatadi. Model- elementlar tizimi bo‘lib, bu tizim tadqiq etiluvchi narsaning (asl nusxasining) muayyan tomonlarini, aloqa va bog‘lanishlarini qaytadan yaratilishidir. Gipsdan, kartondan, plastmassadan, taxtadan va boshqa materiallardan yasaladigan, aynan insonlarning, muzeylarda, o‘quv yurtlarida va boshqa joylardagi maketlari modellarning namunalaridir. Ushbu modellar turli sohalarni o‘rganish uchun keng foydalaniladi. Hozirgi zamon fani narsa va hodisalarning xususiyat va xossalarini qaytadan yaratish uchun ko‘proq belgi modellarga, ya’ni matematik yoki mantiq belgilarining maxsus tuzilmalariga e’tiborni qaratmoqda. Masalan: agar biron-bir iqtisodiy tashkilot-korxona, sanoat tarmog‘i uchun xarakterli bo‘lgan aloqalar, jarayonlarni ifodalaydigan tenglamalar tizimi tuzilsa, xuddi ana shu narsa ayni tuzilmaning belgi (matematik) modeli bo‘ladi. Modellashtirish uchun muayyan o‘xshashlik (analogiya) tadqiq qilinuvchi ob’yekt bilan uning modeli o‘rtasidagi muvofiqlik asos qilib olinadi. Bu holat modeldan haqiqiy izlanayotgan ob’yektga o‘tishga, unda model yordamida olingan natijalardan foydalanishga yordam beradi. Modelning asl nusxasi bilan yaratilgan nusxasi o‘rtasida tafovut bo‘lishi mumkin. Bu tafovut izlanuvchi tomonidan aniqlanishi talab etiladi. Ushbu uslub tadqiqotchining mehnatini yengillashtiradi. Ma’lumki, shunday narsa va hodisalar borki, ularning kattaligi, uzoqligi yoki kichik bo‘lganligi sababli unga bevosita yondashib bo‘lmaydi. Shu munosabat bilan modellashtirish usuliga murojaat qilinadi. Modellashtirish ob’yekt haqida hissiy tasavvurni paydo qiladi. Bu ayniqsa, mavhum narsa yoki hodisani tadqiq qilishda yanada muhimdir. Masalan: N. Borning atom modeli atomning ko‘pgina xususiyatlarini, jumladan beqarorligini yoki uzoqlasha olishini bilishga yordam beradi. Modellashtirish usuli narsa va hodisalarning tarixiy, ya’ni bilib olingan tomonlarini izohlabgina qolmaydi va faqat shuning uchungina yaratilmaydi. Modellashtirish narsa va hodisalarning ma’lum bo‘lmagan tomonlarini anglashga, bilishga ham chorlaydi.


Download 124 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling