Ijodiy va laterap fikrlashning xususiyatlari


Bilimdonlik ichki dunyoning


Download 124 Kb.
bet5/9
Sana11.05.2023
Hajmi124 Kb.
#1449981
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Ijodiy va laterap fikrlashning xususiyatlari

Bilimdonlik ichki dunyoning pokligidir. “Dindorning ichki holati tashqi xatti-harakatiga mos bo‘lishi kerak”. Nafs kamchiliklaridan xalos qilish niyatini faqat bilim, Ollohdan qo‘rqishgina uddasidan chiqadi.
Odam xudoni bilish uchun o‘z-o‘zini bilishi kerak ekan, o‘z-o‘zini bilish o‘zi haqida axborot yig‘ishigina emas, balki ayni paytda emotsional o‘zgarib borib nopok xususiyatlardan tozalanish, shu yo‘sinda dunyosini boyitib oliy bilishga o‘tiladi. O‘z-o‘zini, shuningdek tabiatni bilish – bu odamning o‘ziga, qobiliyatiga, niyatiga, xatti-harakatiga va sharoitiga bog‘liq. Bu – Ollohni bilishning, oliy bilish yo‘lining bir qismidir. Ya’ni substratidir. Shu substratga tabiat bilimlaridan tashqari arifmetik bilimlar, huquq bilimlari, har xil ilmiy munozaralar kiradi.
Odam o‘zini bilmasa yashay olmaydi. Bu oddiy turmush taqozosi. Agar bunga qo‘shimcha ravishda, Ollohni bilsang, avvalo qalbing farog‘atda bo‘ladi. Bunday qalb seni yuksaklikka ko‘taradi. Va aqling yanada ravon ishlaydi hamda shu tarzda davom etaversang, biliming va ongging boshqalarga nur baxsh etadi. Borgan sari Ollohga yaqinlashib borasan, deb ta’lim beradi tasavvuf.
Aql. Gap aql haqida ketar ekan, tasavvufda aytiladi:
1) aql – Olloh tomonidan berilgan to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatkich;
2) aql ham pog‘onalidir: zaiflik va kamchilik, baland-past bo‘lishi mumkin, umumiy zaifligi – Ollohni to‘la bila olmasligi;
3) aql-zakovat – yuksak ruhning javhari, substansiyasi, xazinasi, tili;
4) aql – ruhning yuksak darajada namoyon bo‘lishi;
5) aql – intellektual markaz, u ikki xil namoyon bo‘ladi: a) quyi pog‘onada tashqi tomonga qaratilgan, b) yuqori pog‘onadagi ichki ko‘rinish /“baspra”/. Bunday odamlar ko‘p emas. Ular shariat nuri bilan sug‘oriladi.
Tasavvuf o‘z-o‘zini bilishda aql, ruh, nur munosabatlarini shunday bayon etadi: ruhdan aql nuri chiqadi. Aql nurida barcha bilimlar shakllanadi. Nur a) pastga qarab nafsga tushadi, yaratilganni parchalaydi, osoyishtalikni buzadi, nojo‘ya ish qiladi, b) yuqoriga qarab ko‘tariladi, to‘g‘rilanadi, yurak ruhga madad beradi, Ollohga yaqinlashish yo‘li imkoniyatini topadi, endi yaratuvchi nimani yaratgani bilinadi.
Sufiy hech vaqt o‘zini o‘rganishni tark etmaydi. Ruhni bilish bilan Ollohni bilish orasidagi aloqa doimiydir. O‘zimni bildim deyish - Ollohni bildim, deyishdir. Kechani bilish bilan kunduzni bilish orasidagi aloqa qanday bo‘lsa, u aloqa ham shundaydir”1.

Download 124 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling