Metodlarning sifat jihatdan xilma-xilligi va rivojlanishi Bilim haqida gapirilar ekan, sufiy oddiy odamdan farq qiladi. Har bir odam bilimdon bo‘lishi shart emas. Oddiy sufiy bo‘lishi uchun maxsus tayyorgarlikka ega bo‘lmog‘i shart. Sufiylar qo‘yilgan maqsadni – odamni mukammal o‘rganish uchun Ollohga ishonish lozimligini tushinganidan keyin bilishga o‘tadilar, bilganlaridan keyin xatti-harakat qiladilar, undan keyin bilishni egallaydilar, bilishni egallaganlaridan keyin to‘g‘ri yo‘lga chiqib oladilar. Undan keyin jamiyatda faol qatnashadilar.
Ana shundan keyin, odam o‘z-o‘zini bila boshlaydi. Demak, odam o‘zini bilishi uchun Ollohni bilishi kerak, Ollohni bilishi uchun o‘zini bilishi kerak. Bu jarayon cheksiz davom etadi.
Bilishning asosiy tayanchlari va pog‘onalari. Tasavvufda bilishning ikki tayanchi bor: 1) Qur’on – g‘oyaviy yo‘l ko‘rsatkich, 2) Shu ko‘rsatkich yordamida odam bilimini oshirib borishligi, maorifi. Darhaqiqat, tasavvufda bilim, e’tiqod, nur tushunchalari bir-biriga aynan yaqin. F. Rauzental ta’kidlaydi: “Bilimni, aqlni nur bilan tenglashtirish qadim zamonlardan islomga o‘tgan”.
Bilishning pog‘onalari. A) odamning xatti-harakati ko‘r-ko‘rona emas, balki bilib olingan yo‘l bo‘yicha davom ettiriladi. Bilmasdan ish boshlamaslik kerak, deyilgan nazlga itoat qilmoq lozim, B) odam o‘zini, do‘st va dushmanini bilishi kerak, V) Ollohni bilishga harakat qilishda Ollohning nima mumkin, nima mumkin emas, deganini esdan chiqarmaslik kerak, nazariy bilim amaliy bilim bilan birgalikdagina ma’rifatni tashkil qiladi.
Bilim hammavaqt o‘zining ma’lum holatiga ega. Bilimning o‘zgarishi holatning o‘zgarishidir. Uyqu – bilimsiz holat. Uyg‘onganda bilim namoyon bo‘ladi. Shuning uchun gunohkor o‘zini poklaganidan keyingina bilimli, deyish mumkin. O‘lik odam emas, tirik odam bilimli bo‘ladi. Yoki bilish yordamida tirilish mumkin. Oddiy odamning ogoh holatiga qaraganda sufiyning tushi afzaldir.
Odamning bilimli bo‘lish niyati bo‘lsa, avvalo shu haqda niyati izchil bo‘lmog‘i lozim. Niyat qalbdan bo‘lishi kerak. Niyatni amalga oshirish uchun ruh ixtiyori bilan intilib harakat qilishni talab qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |