Maxsus o‘quv-tarbiyaviy tashkilot — ijtimoiy xavfli hulqiga ega bolalarni psixologik-pedagogik, tibbiy va ijtimoiy reabilitatsiya qilishni ta’minlovchi umumta’lim maktablari va kasb- hunar kollejlari.
Anomal bolalar — me’yoriy psixik va (yoki) jismoniy rivojlanishda og‘ishganlik holatida bo‘lgan hamda ularning asoratlarini yengib o‘tishda maxsus korreksiya (tuzatish) metodikalarini qo‘llanilishiga muhtoj bolalar.
Valeolog (lot. Yale - sog‘ bo‘l) — bolalarni sog‘lom turmush tarziga o‘rgatuvchi mutaxassis.
Degradatsiya — (fransuzcha degradation) — doimiy yomonlashish, og‘irlashish, tushkunlik, harakatning orqaga ketishi.
Ijtimoiy me’yor — Jamiyat hayotiga muvofiq belgilangan madaniy qadriyatlarga monand va jamiyatning barqarorligi hamda yaxlitligini ta’minlovchi huquqiy, ma’naviy-axloqiy xo‘lqiy va insonlar faoliyatini, hatti-harakatini boshqaruvchi standartlar.
Deviant xulq — Ijtimoiy va axloqiy me’yorlarga mos kelmaydigan, guruhlar yoki yaxlit jamiyat uchup muvofiq bo‘lmagan xulq-atvor.
Qarovsizlik — Ota-onalar yoki ular o‘rnini bosuvchi shaxslar tomonidan tarbiyalash haqidagi g‘amxo‘rlik qilinmaydigan bolalarning xulq-atvori, nazoratsiz qoilishi.
Alkogolizm — alkogolni suiste’mol qilishdir. quyidagi turlirini ko‘rsatish qabul qilingan: maishiy ichkilikbozlik, surunkali ichkilikbozlik, alkogolizm psixozlari.
Ijtimoiy-pedagogik profilaktika- negativ xulq-atvorli bolalarning ijtimoiy og‘ishganlik holatlariga olib boradigan asosiy sabab va sharoitlardan ogohlaptirippa yo‘naltirilgan tashkiliy-tarbiyaviy chora-tadbirlar yoki sog‘lig‘i sababli jamiyatda o‘z o‘rniga ega bo‘lmagan (nogiron bolalar), ijtimoiy maqomi o‘zgargan (etim bolalar), hulqiy og‘ishgan (qarovsiz bolalar), huquqbuzar bolalar va boshqalarning oldini olish choralari.
Bolalar alkogolizmi — bolalarning spirtli ichimliklarga patologik o‘rganib qolishlari va shaxsning itimoiy barbod bo‘lishiga olib kelishi bilan ifodalanadigan bolalarning yomon hulqtari shaklidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |