Ijtimoii pedagogika
Download 2.21 Mb.
|
Ijtimoii pedagogika
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi 2008 yil 28 fevraldagi 51-buyrug‘iga asosan nashr qilish uchun ruxsat berildi, guvohnoma № 1468. ISBN
- Komil inson
Sahifalovchi S. Po‘latov
Bosishga ruxsat etildi 04.02.2009 y. Bichimi 60x84 U16 Bosma tabogi 9,0. Adadi 500 nusxa. «Istiqlol» nashriyoti. Toshkent sh., Navoiy ko‘chasi, 30. XT «Razzoqov O.D.» bosmaxonasida choi etildi. Navoiy ko‘chasi, 30. Buyurtma № 216. Qaydlar uchun Qaydlar uchun 74.00 M13 Taqrizchilar: dos. M. Karakase, dos. H. Sanasulov O‘quv qo‘llanmada ijtimoiy pedagogika fanining vujudga kelishi, uning rivojlanish tarixi, ijtimoiy pedagogika fanining metod va prinsiplari ta’riflanadi. Shuningdek, ijtimoiy pedagogning kasbiy faoliyat qirralari yoritilib berilgan. Mazkur qo‘llanma «Boshlang‘ich ta’lim va defektologiya» fakul- tetining talabalariga mo‘ljallangan. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi 2008 yil 28 fevraldagi 51-buyrug‘iga asosan nashr qilish uchun ruxsat berildi, guvohnoma № 1468. ISBN 978-9943-338-55-5 © Mavlonova R.A., Vohidova N.H. © «Istiqlol», 2009 y. IJTIMOIY PEDAGOGIKA FANINING RIVOJLANIShI - DAVR TALABI Komil inson — yetuk shaxsning shakllanishida kadrlar tayyor- lashning milliy dasturi hal qiluvchi ahamiyatga ega. Milliy model va dastur maqsad va vazifalarini amalga oshirish o‘z Vataniga fidokor, istiqlol va demokratiya g‘oyalariga sadoqatli shaxsni shakllantirishga xizmat qiladi. Ijtimoiy — siyosiy hayotga ongli ravishda qatnashadigan, ijtimoiy jarayonlarga faol ta’sir ko‘rsatadigan, ya’ni o‘z mamlakatining taqsiri uchup mas’ul bo‘lgan shaxsni tarbiyalash — Kadrlar tayyorlash milliy dasturshshsh bosh maqsadlaridan biridir. Mamlakatimiz kelajagi uchup Oliy majlisning IX sessiyasida qabul qilingan «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ning amalga oshirilishi juda muhim ahamiyatga ega. Bu dasturni bajarish uchup bir qator vazifalarni bajarish kerak. Bular: Ta’lim tizimida mazkur tajriba qanday o‘tayotganini va upish dastlabki natijalarini chukur tahlil etib, ta’lim andozalari, o‘quv rejalari va dasturlari mazmuniga islohatlarning bosh maqsadidan kelib chiqqan holda, yangi avlodni kamol toptirishga qaratilgan tuzatishlar kiritishdir. Ana shu vazifalarni bajarish ijtimoiy munosabatlarni uyg‘unlashuviga xizmat qiladi, hozirgi davrning tobora ottgib borayotgan talablariga javob berishga qodir bo‘lgan mutlaqo yangicha tipdagi shaxsning shakllanishini ta’minlaydi. Milliy g‘oyani amalga oshirish jarayonida uzluksiz ta’lim tizimlarini, ko‘proq xalq pedagogikasida, o‘yinlarida va shu kabilarda o‘z aksini topgan progressiv milliy, ma’naviy-axloqiy qadriyatlar va normalarni qayta tiklash, rivojlantirish hamda hozirgi hayotga, o‘kuv-tarbiya ishlariga joriy etish bilan chambarchas bog‘liqsir. Har bir insonning shaxsi ta’lim, ijtimoiy muhit ta’sirida shakllanadi. Natijada u ijtimoiy jihatdan ahamiyatli bo‘lgan vazifalarni bajaradi, ijtimoiy rolni o‘zlashtirib oladi, o‘zining qiziqishi, qobiliyatini ijodiy mulohaza qilib ko‘radi, jamiyatning boshkd a’zolari bilan mustaqil munosabatga kirishadi va shu tariqa shaxsning ijtimoiylashuvi yuz beradi. Milliy istiqlol goyasi va ijtimoiy pedagogika nafaqat o‘quv yurtlaridagi, balki butun jamiyatdagi mafkuraviy voqelik- larni sharhtovchi, o‘zgartiruvchi va jamiyat a’zolari ongini tar- biyalovchi imkoniyatlarga ega. Milliy istikdol goyalarini xalqimiz ongi va qalbiga singdirish zaruriyati ijtimoiy pedagogika fanidan shunday mas’uliyatli vazifani ham hal etishni talab etmoqda. Aynan ijtimoiy pedagogika buchu i jamiyatni, uning a’zolari ongiga milliy istiqtol goyalarini singdirishda, jamiyatning barcha nuqgalarini pedagogik tarbiyalashda katta imkoniyatlarga ega. Ya’ni ijtimoiy pedagogika milliy istiqgol qo‘lga kiritgan jarayonlarni ijtimoiy pedagogik sharhlab, uni yanada takomillashtirishga, fuqarol i k ja m iyatip i barpo etishga xizmat qilmog‘i kerak. Milliy istiqgolning ijtimoiy buyurtmasi — O‘zbekiston xalqida mustah- kam mafkuraviy immunitet, fuqarolarning o‘zligini anglashi, vatanparvarlikni, millatlararo totuvlikni, diniy bag‘rikenglikni, shakllantirishni talab etmoqda. Shuning uchup ham pedagogikada ilgari yetarlicha e’tibor berilmagan yo‘nalish — ijtimoiy pedagogikaning ahamiyati kattadir. Bu yo‘nalish ayniqsa, bugungi mustaqil O‘zbekistonning ma’- naviy-ma’rifiy rivojlanishida, jamiyat a’zolarini milliy istiqtol goyalari ruhida, mustahkam irodali, o‘zligini, o‘z haq- xuquqtarini anglagan, mustaqil fikrga ega, hatto iqgisodiy biznes sohasida ham ma’naviy, faoliyat yuritish, jamiyat a’zolariga ma’naviy-ma’rifiy yordam berish kabi muammolarni hal etishda muhim ahamiyat kasb etadi. Bu ishlarni bajarishda, ya’ni yurtimizda insonlar ongiga milliy istiqgol goyasini singdirish, ma’naviy axlohiy ruxda tarbiyalash va ma’naviy yordam ko‘rsatish yuzasidan mustaqil O‘zbekistonda ko‘plab tashkilotlar ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etmoqsa. Bularga misol sifatida Respublika Ma’naviyat Markazi, turli jamg‘armalar, partiyalarni kelti- rishimiz mumkin. Ma’naviy-ma’rifiy muassasalarning ishini uslubiy jihatdan to‘g‘ri tashkil etish, ularning faoliyatidan unumli foydalanish milliy istiqlol goyasi va mafkurasini fuqarolar ongiga singdirishning muhim omilidir. Bupla tashkilotlarda va joylarda milliy g‘oyaga bag‘ishlangan davra suhbatlari, kitobxonlar konferensiyalari, uchrashuvlar uyushtirish kabi ommaviy tadbirlar tashkil etish yaxshi samara beradi. Shuningdek, «Kamolot», «Ustoz», «Mahalla», «Ulug‘bek» kabi jamg‘armalarda yoshlarimizning g‘oyaviy tarbiyasiga bo‘lgan ijobiy ta’sirini pedagogik vositalar va usullar orqali kuchaytirish lozim. Bu esa diniy aqidaparastlik, fundamentalizm, vahobiychilik kabi siyosiy-ijtimoiy pedagogik muammolarning oldini olishda ko‘l keladi. Demak, jamiyatda mafkuraviy immunitetni kuchaytirishning zamirida har bir fuqaroning manfaatidan kelib chiqqan holda ijtimoiy pedagogik faoliyat sifatida ma’naviy-mafkuraviy targibot ishlarini olib borish, ya’ni milliy goya prinsiplarini aholi o‘rtasida targibot qilish yotadi. Bu haqsa Prezident IAKarimov «Yuksak ma’naviyat — yengilmas kuch» asarida shunday yozadi: «...chukur o‘zgarishlar ro‘y berayotgan, turli mafkuralar tortishuvi keskin tue olayotgan bir vaziyatda, barchamizga ayonki, fikrga qarshi fikr, g‘oyaga qarshi g‘oya, jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurapshsh har qachongidan kura muhim ahamshgg kasb etmoqda ». Ijtimoiy pedagogika ma’naviy-ma’rifiy faoliyatning alohida sohasi sifatida uning ommaviyligi, barcha aholi o‘rtasida milliy istikdol goyalarini targibot -tashviqogini keng olib borish imkoniyatini beradi. Ijtimoiy pedagogika predmeta san’atdan shaxsga ta’sir eta- digan g‘oyaviy-emotsional vositalar kompleksidan keng foydalanish bilan farq qilib turadi. Ijtimoiy pedagogika O‘zbekistonda ham, dunyodagi boshqa mamlakatlarda ham uzoq va chukur an’analarga ega. Shunga qaramay sobiq Ittifoq davrida ijtimoiy pedagogika yutuqtari e’tiborga olinmadi. Bunday muammolarni shaxsga, hamkorlik an’analariga, rahm-shavqatga, milliy an’analarga befarq bo‘lish holatlari bilan izoxdash mumkin. Bu ijtimoiy tarbiya sohasi mutaxassislari oldida turgan vazifalarni murakkablashtirib yubordi. Shuning uchup ham ijtimoiy pedagogikani rivojlantirish va mazkur yo‘nalishda mutaxassislar tayyorlash muhim ahamiyat kasb etadi. Mana shuning uchup ham ijtimoiy pedagogika yangi soha sifatida fakrt ijtimoiy- pedagogik mutaxassislar davlat va jamoat organlari boshqar- malarinigina emas, balki mutaxassislar tayyorlaydigan tizimni, shuningdek, ijtimoiy-pedagogik faoliyatning ilmiy-tadqiqot ba zasini ham o‘z ichiga oladi. I.A.Karimov. «Yuksak ma’naviyat — yengilmas kuch». T., Ma’naviyat. 119-bet. Ijtimoiy pedagogika yaqin kelajakda o‘qituvchi yoki tibbiy xodim singari ommaviy kasbga aylanadi, chupki ayrim odam ongidagi ijtimoiy kasallikning oldini olish va uning ma’naviy-axloqiy og‘ishini davolash «ijtimoiy epidemiya»ga qarshi kurashga nisbatan ancha osondir. Pedagogika fanidan malumki, tarbiya — bu ijtimoiy hodisadir. Demak, individning barkamol Shaxssifatida shakllanishi uning ijtimoiy hayoti davomida egallagan bilim, ko‘nikma va malakalariga bog‘liq. Afsuski, pedagogika olamida yosh avlodning ijtimoiy hayotidagi hodisa va jarayonlarning tarbiyaviy ta’siri masalalarini ilmiy-nazariy va amaliy o‘rganishga qaratilgan maxsus yo‘nalish nazardan chetda qolib keldi. Mustaqil yurtimizda bugungi kunda yoshlarimizning ongi va qalbi uchup kechayotgan kurash jarayonida mazkur yo‘nalish, ya’ni ijtimoiy pedagogikaning pedagogika o‘quv yurtlariga maxsus kurs sifatida kiritilishi ayni muddaodir. Chupki XXI asr, ya’ni axborotlar tizimi davrida yoshlar va umuman keng jamoatchilik orasidagi ijtimoiy fikrlarni har tomonlama o‘rganish, ijtimoiy hayotni aniq va real, ommaviy xalq fikriga asoslanib o‘rganish va nafaqat ta’lim-tarbiya muassasalaridagi tarbiyaviy muhit, balki ijtimoiy hayotimizning barcha jabhalarini pedagogik o‘rganish davri yetib keldi. Demak, pedagogika fanining yana bir yo‘nalishi — IJTIMOIY PEDAGOGIKAga bo‘lgan ehgiyojni davrning o‘zi ko‘rsatmoqsa. Ijtimoiy pedagogikaning tadqiqot ob’ekti va predmetini tahlil qilishdan avval ijtimoiy pedagogika terminining o‘ziga ahamiyat bermoq kerak. Bu termin ijtimoy va pedagogika so‘zlaridan tashkil topib ularning ma’nosini o‘zida jamlaydi. Bu birlik fanda differentsatsiya va integratsiya hodisalari bilan birgalikda namoyon bo‘ladi. Yangi bilimlarning o‘sishi ilmiy fikrlarning real hayotga tatbiq etilishi, yangi bilimlarning yuzaga kelishi, jamiyatning ilmga ehtiyojini yuzaga keltirish darajasi, fanning different- satsiyasi va maxsuslashtirish tendensiyasi kuzatiladi. Chunonchi, asosiy fan mustaqil rivojlanuvchi xususiy tarmoqlarga ajratiladi. Shuningdek, bir qator muammolarni hal qilishda to‘plam nuqgai nazaridan bir ob’ektni o‘rganuvchi mustaqil fan birligini o‘zida namoyon qiluvchi integratsiya hodisasi kuzatiladi. Masalan: pedagogikaning boshqa fanlar bilan aloqasida tadqiqotning mustaqil ob’ektlari alohida kuzatiladi: falsafa bilan birgalikda ta’lim falsafasi hamda psixologiya bilan o‘zaro munosabatda psixolo-pedagogika, siyosatshunoslik bilan birlikda... Bunday misollarni ko‘plab kelgirish mumkin. Pedagogikada keyingi vaqgda differensiya hodisasi yetarli darajada kuchaydi. Pedagogikaning mustaqil fan sifatidagi tarmoqlari maktabgacha pedagogika, maxsus pedagogika, professional pedagogika rivojlanib, takomillashib bormoqsa. Ijtimoiy pedagogika ham shular jumlasidandir. Ijtimoiy pedagogikaning tadqiqot ob’ekti pedagogika o‘rganadigan jarayon va voqelik bo‘lib, u masalani muayyan, o‘ziga xos aspektda ko‘radi. Uning o‘ziga xosligi esa «ijtimoiy» degan so‘zda ifodalangan. Ijtimoiy pedagogikaning ob’ekti insonning ijtimoiylashuv jarayonidir. Xalqning boy merosi, pedagogika- sidan, fan, madaniyat, jamiyat yutuqlaridan foydalanib, ijtimoiy pedagogika o‘z nazariyasini, metodi va texnologiyasini ishlab chiqadi. Ijtimoiy pedagogika davlat va jamiyat institutlarining ma’naviy-ma’rifiy markazlari faoliyati sohasidir. Demak, ijtimoiy pedagogikaning vujudga kelishi ijtimoiy zaruriyat, ijtimoiy buyurtmadir. Ijtimoiy munosabatlarni ilmiy pedagogik nuqgai nazardan o‘rganish va yanada takomillashtirish davr taqozosidir. Ijtimoiy pedagogika va pedagogik sotsiologiya yurtimiz mustaqillikka erishgach, o‘zining mustaqil taraqqiyot yo‘lini belgilab oldi. Bu yo‘l jamiyatimizning kelajagini o‘z qo‘llariga oluvchi — yoshlarga beriladigan ta’lim-tarbiya asosida belgilandi. «Ijtimoiy» tushunchasida odamlarning birga yashashi bilan bog‘liq jarayonlar ifodalangan, ammo ularning muloqoti va o‘zaro aloqalari turli shakllarda bo‘ladi. Demak, pedagogika o‘sib kelayotgan avlod tarbiyasi va ta’limi to‘g‘risidagi fan bo‘lib, ijtimoiy pedagogika esa jamiyat a’zosini tarbiyalash va unga ta’lim berish to‘g‘risidagi fandir. Ijtimoiy pedagogika jarayon va hodisalarni ma’lum spesifik aspektda o‘rganadi. Pedagogik bilimlarning bu yangi tarmog‘i spesifikasi «ijtimoiy» so‘zida namoyon bo‘ladi, «umuminsoniy tushuncha insonlar hayotiy faoliyati, ularning o‘zaro muloqoti» for- malari bo‘lgan narsa-hodisalarni o‘zida jamlaydi. Ijtimoiy pedagogika pedagogikaning mustaqil bir bo‘lagi bo‘lib, u kishilar jamoasi hamda alohida shaxslarga ta’lim-tarbiya jarayonidagi ijtimoiy muammolar, ularning kelib chiqish sabablari, hamda bu muammolarning bartaraf etilishining nazariy va amaliy jihat- larini o‘rgatadi. Shunday qilib, pedagogika o‘sib kelayotgan yosh avlodni tar- biyalovchi va ta’lim beruvchi fan hisoblanadi, ijtimoiy pedagogika esa ta’lim-tarbiya jarayonida bolani jamiyat hayotiga kiritishni ta’minlaydigan aspektni tadqiq etadi. Insonni atrofdagi muhit bilan o‘zaro aloqasiga ta’siri asosida rivojlanishini uning ijtimoiylashish jarayoni deb ta’kidlash mumkin. Inson ijtimoiy normani, ya’ni madaniy qadriyatlarni o‘zlashtirishi, o‘z qobiliyatlarini yuzaga chiqarishi, ijtimoiy tajribani egallashi lozimdir. Bu jarayon ijtimoiy hodisa deb nomlanadi. Bolani ijtimoiylashuvi murakkab) va davomli hodisadir. Har qanday jamiyatning rivojlanish etapida ma’lum ijtimoiy, ma’naviy qadr-qimmat, o‘zini tutishi, axloqiy qonun- qoidalar, normalarni ishlab chiqadi. Jamiyatning har bir a’zosi mazkur qonun-qoidalarni egallab, uning teng huquqli a’zosi sifatida yashab, faoliyat ko‘rsatadi. Bu ta’lim-tarbiya orqali amalga oshadi. Jamiyatda o‘zaro munosabatda bo‘lgan, o‘zaro harakatlanadigan xilma-xil ijtimoiy institutlar orkdti bola ijtimoiy normalarni egallaydi. Bulardan ba’zilari bolaning rivojlanishi va ijtimoiy shakllanishiga ta’sir ko‘rsatadi, boshqalari esa uning shaxsiy sifatlari shakllanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Bunday ijtimoiy institutlar qatoriga avvalo oila, ta’lim, madaniyat va din, turli-tuman klublar, birlashmalar, shuningdek, video-kino- prokat, kompyuter-internet tarmoqtari kiradi. Ijtimoiy tarbiyalash tarbiya jarayonining tarkibiy qismi hisoblanadi. Ijtimoiy pedagogikani nima uchun o‘rganish lozim? Ijtimoiy pedagogika — fanning shunday tarkibiki, uning vositasida: Download 2.21 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling