Ijtimoii pedagogika
Download 2 Mb.
|
Ijtimoii pedagogika
- Bu sahifa navigatsiya:
- Rekreativ va psixoterepevtik vazifasi.
- «Mening uyim— mening qasrim»
Tarbiyaviy vazifasi.
Boshlang‘ich ijtimoiylashtirish jarayonida bolani oilada tarbiyalash muhim ahamiyatga ega bo‘ladi. Ota-onalar bolaning birinchi tarbiyachilari bo‘lganlar va shunday bo‘lib qoladilar. Bolani oilada tarbiyalash murakkab ijtimoiy pedagogik jarayondir. Oiladagi sharoit va muhit bola shaxsi shakllanishiga ta’sir ko‘rsatadi. Ota va ona o‘z bolasini ardoqlaydi, erkalaydi, tashvishini qiladi, hayot tashvish va qiyinchiliklaridan asraydi. Ota-onalarning shaxsiy ibratlari bola tarbiyasiga ta’sir ko‘rsatishning muhim vositasidir. Uning tarbiyaviy ahamiyati bolaning taqgshd etishga qiziqishi, havas qilshsha asoslangan. Bilim va tajribalarga ega bo‘lmay, bola kattalarning qilganlarini takrorlaydi, ularning harakatlariga taqtid qiladi. Ba’zan bolaning oilada olgan tajribasi bolaning atrof-dunyoga, odamlarga nisbatan yagona o‘lchov belgisi bo‘lib qoladi. To‘g‘ri, ba’zan oilalarda ota-onalari bemor bo‘lganida, nosog‘lom hayot tarzini kechirganlarida, pedagogik madaniyatga ega bo‘lmaganlarida va shu kabilarda tarbiya buzilishi mumkin. Albatta, bola shaxsi tarbiyasiga qulay ma’naviy- psixologikmuhit, upish a’zolario‘rtasidagi sog‘lom munosabatlar ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Rekreativ va psixoterepevtik vazifasi. Rekreativ funksiyasi-o‘zaro jismoniy, moddiy, ma’naviy va psixologik yordam ko‘rsatish, bir-birining salomatligini mustahkamlash, oila a’zolarining dam olishini tashkil etigsdir. Buning mazmuni oilada inson o‘zini to‘la himoyalangan deb his etadiki, to‘la qabul qilingan uning mavqei, tashqi ko‘rinishi, hayotdagi muvaffaqiyatlaridan, moddiy ahvolidan qati nazar, oila uni qabul qiladigan boshpana bo‘lishidan iborat. «Mening uyim— mening qasrim» iborasi sog‘lom, tinch oila-dunyodagi hamma notinchliklardan vaqginchalik bo‘lsa ham yashirinishga, dam olib o‘z kuchlarini to‘plab olishga eng ishonchli va eng yaxshi boshpana degan ma’noni yaxshi ifoda etib beradi. Xotin erning (hokimining) hamma kamsitishlar va tahqir- liklariga indamay chidab kelgan an’anaviy model endi o‘tmishda qolib ketmoqsa. Ko‘pchilik ayollar ittgga boradilar va uyga charchab, toliqib qaytadilar. Oilaviy sharoitda yaqinlari, bolalari bilan bo‘lgan munosabatlarda kuchlari ancha yaxshi tiklanadi. Download 2 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling