«Ijtimoiy – iqtisodiy fanlar» kafedrasi «Moliya» fanidan Kurs ishi Mavzu


Download 209.83 Kb.
bet3/11
Sana17.06.2023
Hajmi209.83 Kb.
#1551104
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
kurs ishi moliya

Y=C+I+X-M+TR.
Ushbu ifodadagi parametrlarni quyidagicha belgilab olamiz:
C+I=A (absorbsiya), Y-C=S (milliy jamg'armalar), X-M+TR=CAB (marnlakatningjoriy to'lov balansining hisobi. N atijada, quyidagi ifodalarni olish mumkin:
Y-A=S-I va S-I= CAB.
Bu tengliklar mamlakatda daromadlar va xarajatlar o'rtasidagi ichJti makroiqtisodiy disbalansni tashqi disbalans bilan bog'liqligini bildiradi. Ikkala disbalans ham jamg'armalar va investitsiyalar o'rtasidagi disbalansga olib keladi, demak, ular iqtisodiy o'sishning asosiy omillaridan hisoblanadi'. Bunda esa moliya bozorining qisqa va uzoq muddatli iqtisodiy o'sishni ta'minlashdagi roli beqiyosdir. Chunki aynan moliya bozori yordamida jamg'armalar shakllanadi (akkumulatsiyalanadi) va ular samarali investitsiyalarga tranformatsiyalanadi (aylanadi).
Qisqa davr ichida iqtisodiy o'sish moliya bozori orqali mavjud moliyaviy resurslardan samarali foydalanish hisobiga erishiladi. Ammo uzoq muddatli davrda iqtisodiy o'sish ish lab chiqarish quvvatlarini investitsiyalar hajmini kengaytirish yo'li bilan modernizatsiyalashuvi va oshirilishini talab etadi. Makroiqtisodiy barqarorlik sharoitida investitsiyalarga bo'igan talab esa moliya institutlari yordamida ichki va tashqi jamg'armalar hisobiga qoplanadi.
Bundan ayon bo'ladiki, moliya bozori moliyaviy resurslar (jamg'armalar)ni iqtisodiyotda samarali taqsimlash va qayta taqsimlash funksiyasini amalga oshiradi va iqtisodiyot holati .. barometri» rolini bajaradi.
Iqtisodiyotda moliyaviy oqimlar inflatsiya va foiz stavkasiga bog'liq holda moliya bozori orqali taqsimlanadi va qayta taqsimlanadi. Bunda inflatsiya va foiz stavkasi moliya bozorining muvozanat holatiga ta'sir ko'rsatadi.
Yuqorida aytilganlarga asosan, makroiqtisodiy muvozanatni mos ravishda quyidagi tenglamalar bilan ifodalash mumkin:
S = I (ushbu balansga rioya qilinganda umumiy talab va taklif o'rtasida tenglikka erishiladi, ya'ni
S=Y-A-X=J,
bu yerda, A=C+G - absorbsiya; Y-A - ichki jamg'armalar; X - manfiy ishorali tashqi jamg'armalar), MV = PT.
Ushbu tenglamalar bilan ifodalanadigan makroiqtisodiy muvozanat moliya bozori holatida o'z aksini topadi, ya'ni bozor iqtisodiyotning holatini ekvivalent tarzda aks etadi. Boshqacha qilib aytganda, moliya bozori iqtisodiyotning «egiz analogi» sifatida namoyon bo'ladi. Shuning uchun moliya bozori iqtisodiyotning «barometridir».
Aytilganlar asosida moliya bozoridagi muvozanatni gipotetik tarzda quyidagi muvozanat tenglamasi bilan ifodalash mumkin:
SV=PT.
bu yerda, T- moliya instrumentIari bo'yicha tuzilgan shartnomalar hajrni (bu esa investitsiyalar hajrniga teng), ya'ni T = I; S - moliyaviy instrumentlar uchun taklif qilingan jamg'annalar hajrni; V - investitsiya qilingan jarng'annalami foyda (zarar) bilan qaytishi tezligi (vaqt oralig'i, likvidliligi); P - moliyaviy instrumentlar bo'yicha tuzilgan shartnomalar (bitishuvlar)ning bozor narxi.
Demak, T = 1 ekanligini hisobga olgan holda moliya bozorining muvozanat tenglamasini quyidagicha ifodalash mumkin:

Download 209.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling