«Ijtimoiy – iqtisodiy fanlar» kafedrasi «Moliya» fanidan Kurs ishi Mavzu


Download 209.83 Kb.
bet4/11
Sana17.06.2023
Hajmi209.83 Kb.
#1551104
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
kurs ishi moliya

SV = PI. (I)
I1miy nuqtayi nazardan (I) tenglamani pulning miqdoriy nazariyasiga o'xshash moliya instrumentlari (qimmatli qog'ozlaming yoki investitsiyalar)ning miqdoriy nazariyasi deb faraz qilish mumkin.
Ma'lumki, S = 1 tenglik budjet-soliq siyosati asosida, MV = PT tenglik esa kredit-pul (monetar) siyosati asosida amalga oshiriladi. Bunda S-I-M-S ko'rinishidagi davriy bog'liqlik ushbu siyosatlaming ekvivalentliligini bildiradi. Bu esa (I) tenglamani maqsadga muvofiq ekanligini anglatadi. Chunki ikkala siyosat ham barqaror Iqtisodiy o'sishni ta'minlash maqsadida real iqtisodiyot uchun ishJaganligi (yo'naltirilganligi uchun, ulaming uyg'unlashuvi va optimal balansiga erishish (1) tenglamadan ko'rinib turibdiki, moliya bozori orqali amalga oshirilishi tabiiydir. Ushbu holatni 2-chizmada ko'rish mumkin.
Bunda (2-chizma) MB - Moliya bozori; B - Markaziy bank; H - hukumat; UX - uy xo'jalildari; F- finnalar; TsI- Ts4 - B, X, UX va fmnalaming moliya bozori (ME) bilan bog'lanadigan lokal sildlari. Ushbu sildlar orqali mos ravishda moliyaviy oqimlar harakati moliya bozori qatnashchilari tomonidan amalga oshiriladi. Bunda hukumat va uy xo'jaliklari, hukumat va fmnalar o'rtasidagi bog'lanish cdaromad-soliq» aylanmasi tashqi sildlari bo'yicha tashkillashgan
2-chizma. Moliyaviy oqimlarni moliya bozori orqali harakati modeli.
2-chizmadagi modelda har bit sikl ma'lum maqsad asosida harakat qilib, bir-biri bilan bevosita va (yoki) bilvosita bog'liq holda ularning tezligi va hajrni bozor konyunkturasiga bog'liq.
Demak, modeldan ko'rinib turibdiki, moliya bozori iqtisodiyotda markaziy 0' ringa ega, iqtisodiyotning barcha subyektlari uning konyunkturasiga bog'liq holda o'zaro bog'liqIik ta'sirida faoliyat yuritadilar. Moliya bozori o'zining qisqa va o'rta (uzoq) muddatli instrumentlari (jumladan, qimrnatli qog'ozlar) yordamida iqtisodiyot subyektlarini investitsiya bilan ta'minlaydi, resurslarni ularning o'rtasida sarnarali taqsimJaydi va qayta taqsimJaydi.
Ta'kidlash joizki, qimmatli qog'ozlar moliyaviy resurslar harakatining bir qismini qamraydi. Qimrnatli qog'ozlardan tashqari, moliya bozorida ssuda va kreditlar, subsidiya va subvensiyalar, sug'urta vositalari va valutalar muomalada bo'ladi. Ularning har biri o'ziga mos siklda va moliya bozori segmentlarida samarali harakat qiladi. Bunda qimmatli qog'ozlar va ularning real bazisi miqdorlarini ko'pincha bir-birlariga mos kelmasligi hamda ularni bozorda birbiriga qarama-qarshi yo'nalishda harakat qilishi mumkinligi qimmatli qog'ozlar bozorining xususiyati hisoblanadi.
Bunda moliya bozorining asosiy maqsadi - iqtisodiyotda kapitalning erkin oqimi hamda samarali taqsimlanishi va qayta taqsimlanishi uchun yetarli va zarur sharoitlar yaratishdir.
Ushbu maqsadga erishish uchun quyidagi sharoitIar yaratilishi lozim:
• bozor iqtisodiyoti qonunlarining to'liq amal qilishi mexanizmini ta'minlash;
• samarali xususiy mulkchilik tizimining mavjudligi;
• monetizatsiyalashgan real investitsion bazisga ekvivalent moliyaviy instrumentlar (jumladan, qimmatli qog'ozlar) sifatining yuqori ko'rsatkichlari (likvidlilik, jalbdorliligi va h.k.) ta'minlanganliligi. Bu ko'rsatkichlar raqobatni rivojlantirish va narxlar bO'yicha katta bo'imagan kurs tafovuti hisobiga erishiladi;
• moliyaviy instrumentlaming erkin savdosini ta'minlovchi rivojlangan savdo tizimlarini mavjudligi;
• investorlaming haq-huquqlari himoyasini yuqori darajada ta'minlovchi bozoming samarali tartiblashtiruvchi (muvofiqlashtiruvchi va nazorat qiluvchi) tizimini mavjudligi;
• moliya bozori qatnashchilari tomonidan ta'minlanadigan bozoming informatsion sbaffofligi (tranparentligi).
Ushbu sharoitlarda moliya bozori iqtisodiyotning samarali faoliyatini ta'minlaydi, investitsiyalarga muhtoj bo'igan iqtisodiyot subyektlariga investorlaming moliyaviy resurslarini jamlab, biznes maqsadiga ishlatishga, investorlarga mablag'larini orttirishga, davlatga esa iqtisodiy siyosatini amalga oshirishga ko'maklashadi. Umuman olganda, moliya bozori investitsiyalarga muhtoj va resurslarga ega bo'lgan qatnashchilami bir-birlari bilan uchrashtirish asosida moliyaviy aktivlar almashinuviga ko'maklashadigan mexanizm sifatida namoyon bo'luvchi tizim.
Moliya bozori bir qator funksiyalami bajaradi. Ulami to'rt guruhga ajratish mumkin: makroiqtisodiy, umumbozor, maxsus (ixtisoslashgan) va global (mega, ya'ni xalqaro darajada moliyaviy globallashtirish) funksiyalarga.
Makroiqtisodiy funksiyasi jamg'armalarni investitsiyalarga samarali transformatsiyasini ta'minlab berishdan iborat.
Umumbozor funksiyasi, odatda, har bir milliy bozorga mansub. Maxsus funksiyasi esa uni boshqa turdagi bozorlardan farqlaydi.
Umumbozor funksiyalarga quyidagilar kiradi:
tijorat funksiyasi, ya'ni bozorda daromad olishni ta'minlovchi funksiya;
• narx-navo funksiyasi, ya'ni bozor narxlarining shakllanishi va ta'sirijarayonini, ulaming bozor konyunkturasiga bog'liq tarzda uzluksiz harakati (o'zgarishi)ni ta'miniaydi;
• informatsion funksiyasi, ya'ni bozor o'z qatnashchilariga savdo obyektlari va savdo ishtirokchilari to'g'risidagi axborotni shakllantiradi va havola qiladi;
• tartiblashtirish (muvofiqlashtirish va nazorat qilish) funksiyasi, ya'ni bozor o'zidagi savdo va unda ishtirok etish, qatnashchilar o'rtasidagi nizolami hal qilish tartiblarini joriy qiladi, ustuvor yo'nalishlarni aniqlaydi, nazorat organiarini belgilaydi va h.k.
Moliya bozorining maxsus funksiyalariga quyidagilami kiritish mumkin:
• moliyaviy resurslami taqsirnlash va qayta taqsirnlash funksiyasi. Uni, o'z navbatida, to'rt kichik funksiyaga ajratish mumkin:
I) moliyaviy resurslami tarmoqlar va bozor faoliyati sohalari (sferalari) o'rtasida taqsirnlash va qayta taqsimlash;
2) jamg'armalami, ayniqsa, aholi jamg'armalarini, noishlab chiqarish shaklidan ishlab chiqarish shakliga o'tkazish (transformatsiyalash);
3) noinllatsion asosda davlat budjetini moliyalashtirish, ya'ni qo'shimcha pulni muomalaga chiqarmasdan;
4) pul massasini boshqarish;
• narx va moliyaviy xavf-xatarlaming oldini olish funksiyasini yoki hosilaviy qimmatli qog'ozlami (fucherslar, opsioniar, svop, forvard va h.k.) paydo bo'lishi evaziga xedjirlash2.
Moliyaviy globallashtirish funksiyasi quyidagilarda namoyon bo'ladi:
• moliyaviy resurslarni umumjahon miqyosida globallashgan iqtisodiyot doirasida samaraIi taqsimlanishi va qayta taqsirnlanishi;
• milliy moliya bozorlarini o'zaro integratsiyalashuvi (uyg'unlashuvi);
• moliya bozorlarini intematsionallashuvi;
• jahon globallashuvi jarayonlari (barcha yo'nalishlarda) rivojini katalizatori va h.k.
Moliya bozorining asosiy funksiyalaridan biri - moliyaviy instrumentiarning obyektiv bozor Irursi (narxi)ni shakllantirishdir.
Bunday kurs qanchalik tez shaldlansa, bozorda kapital shunchalik samara bilan joylashtiriladi.
Moliya bozori vazifalarini asosiy va qo'shimchalarga ajratish mumkin. Asosiy vazifalari uning bozor munosabatlari tizimidagi ahamiyati va qulay sharoitlami ta'minlashi bilan ifodalanadi (ular yuqorida sanab o'tilgan).
Moliya bozorining qo'shimcha vazifalariga quyidagilami kiritish mumkin:
• emitentning moliya oqimlarini optimallashtirish;
• bozor qatnashchilarining ijobiy imidjini shakllantirish;
• emitentning iqtisodiy manfaatlarini himoyalash;
• biznesni rivojlantirish va qo'shimcha ish joylarini yaratish;
• jahon moliya tizimiga integratsiyalashtirish;
siyosiy xuruj, moliyaviy va iqtisodiy qiyinchilik, moliyaviy repressiya va valutaviy intervensiya vositasi sifatida ta'sir ko'r.;atish;
• investorlarning huquqlarini himoyalash va maqsad-manfaatlarini ta'minlash.
Xalqaro mavqega ega bo'igan zamonaviy moliya bozori o'zining asosiy roli doirasida (ya'ni, iqtisodiyotning holati “barometri” ) jahon globallashuvi sharoitida iqtisodiyotda bir-biri bilan bog'liq quyidagi rollarni o'ynaydi:
1. “Iqtisodiyotda raqobat muhitini rivojlantirish katalizatori” sifatida ilmiy-texnikaviy progress va innovatsiyalami rag'batlantiradi;
2. «Bozor iqtisodiyoti sharoitidagi stixiyali jarayonlami rcgulatori». Bunday jarayonlar ma'ium indikator (ko'rsatkich)lar yordamida baholanib, ulaming kritik (chegaraviy) qiymatlarini bilgan holda ma'ium regulativ vositalar yordamida tartiblashtiriladi;
3. «Aktivlar sekyurizatori .. sifatida samarasiz real aktivlarni qimmatIi qog'ozlarga transformatsiyalab, ularga yangi hayot bag'ishlaydi va faol investitsion jarayonga qayta kiritadi;
4. «Ekvivalent ko'zgu. sifatida barcha bozor qatnashchilarining faoliyat natijalari sifatini bevosita va bilvosita aks ettiradi hamda kelajakdagi strategiyalarini maqsadli qurishga ko'maklashadi;
5. «Moliyaviy globallashtiruvchi,. sifatida yuqorida keltirilgan rollar asosida milliy iqtisodiyotIar birlashuvini ta'minlaydi, bozor qatnashchilarining xalqarp darajada faoliyat chegaralarini va ta'sirini kengaytiradi, davlatning regulativ rolini kamaytiradi (xalqaro regulativ tashkilotlar evaziga), resurslar oqimini geografik kengaytirib tezlashtiradi va samaradorligini oshiradi.


Download 209.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling