«Ijtimoiy – iqtisodiy fanlar» kafedrasi «Moliya» fanidan Kurs ishi Mavzu


Moliya bozorida investitsiya institutlari faoliyati


Download 209.83 Kb.
bet6/11
Sana17.06.2023
Hajmi209.83 Kb.
#1551104
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
kurs ishi moliya

3.Moliya bozorida investitsiya institutlari faoliyati
3.1. Investitsiya muassasalari xususiyatlari
Qimmatli qog'ozlar bozorida professional faoliyat - qinurtatli qog'ozlarni chiqarish, joylashtirish va ulaming muomalasi bilan bog'liq xizmatlar ko'rsatish bo'yicha litsenziyalanadigan faoliyat turi.
Qimmatli qog'ozlar bozorida professional faoliyat qimmatli qog'ozlar bozorini tartibga solish bo'yicha vakolatli davlat organi tomonidan beriladigan litsenziya asosida am alga oshiriladi, qonun hujjatlarida belgilangan hollar bundan mustasno.
lnvestitsiya muassasalari - bu qimmatli qog'ozlar bilan o'z faoliyatini asosiy faoliyat sifatida amalga oshiruvchi qimmatli qog'ozlar bozorining professiopal ishtirokchilaridir.
Investitsiya muassasasi bo'lgan yuridik shaxsning ustavida uning asosiy faoliyat turi, albatta, ko'rsatilishi kerak (bu - investitsiya muassasalarini oddiy xo'jalik yurituvchi subyektlaridan ajratib turuvchi birinchi xususiyat). Boshqa mamlakatlarda investitsiya muassasalari qimmatli qog'ozlar bozorida o'z faoliyatini maxsus faoliyat sifatida amalga oshiruvchi tashkilot, deb ta'riflanadi.
Mamlakatimiz fond bozori rivojlanish bosqichida bo'lib, qimmatli qog'ozlaming likvidligi yuqori bo'lmagan hozirgi sharoitida investitsiya muassasasi maqornini olishga da'vogarlik qiluvchi tashkilotlar uchun bunday sharoitda o'z faoliyatini amalga oshirish juda qiyin bo'ladi. Shuning uchun fond bozorida ishlashga ixtisoslashgan tashkilotlar shakllanish bosqichida o'zlarini ular faoliyatining taqiqlanmagan boshqa aniq investitsiya muassasasining faoliyati bilan qo'shib olib borilishidan olingan daromadlar hisobidan qo'llab-quvvatlashi hech .qanday xavfli emas.
Qimmatli qog'ozlar bozorida professi,pnal faoliyat quyidagilar sifatida amalga oshiriladi:
• investitsiya vositachisi (brokeri, dileri);
• investitsiya maslahatchisi;
investitsiya fondi;
• investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchi;
• depozitariy;
• hisob-kitob - kliring palatasi;
transfer-agent;
• qimmatli qog'ozlaming birjadan tashqari savdosi tashkilotchisi.
Litsenziya talabgoriga uning arizasiga binoan, qirnmatli qog'ozlar bozoridagi professional faoliyatni amalga oshirish uchun yoki mazkur faoliyat turining qismlari uchun litsenziya berilishi mumkin. Qimmatli qog'ozlar bozoridagi professional faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziya qimmatli qog'ozlar bozorida professional faoliyatni birga qo'shib olib borish uchun belgilangan cheklashlar hisobga olingan holda beriladi. Faqat qimmatli qog'ozlar bozori mutaxassisining malaka guvohnomasi ~'lgan kamida ikk.i xodimga ega yuridik shaxslar (investitsiya fondi bundan mustasno) qimmatli qog'ozlar bozorining professional ishtirokchilari bo'lishi mumkin. Qimmatli qog'ozlar bozori mutaxassisining malaka guvohnomasi uch yil muddatga beriladi.
Qimrnatli qog'ozlar bozorida professional faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik shaxslarning tashkil etilishi, faoliyati, qayta tashkil etilishi va tugatilishi tartibi qonun hujjatlarida belgilanadi.
lnvestitsiya fondining faoliyati boshqa turdagi faoliyat bilan birga qo'shib olib borilishi mumkin emas. Depozitariyning professional faoliyatini birga qo'shib olib boruvchi transfer-agent investitsiya vositachisining professional faoliyatini arnalga oshirishga haqli emas.
Professional faoliyatni birga qo'shib olib borish va qimmatli qog'ozlar bo'yicha opemtsiyalarni o'tkazishga doir qo'shimcha cheklovlar qimmatli qog'ozlar bozorini tartibga solish bo'yicha vakolatli davlat organi tomonidan belgilanadi.
O'zbekiston qimmatli qog'ozlar bozoridagi har xii faoliyat turla~ing birlashtirilishi bir shaxsning o'ziga investitsiya muassasa70 sining har xii turlari sifatida faoliyat yuritish uchun bir necha Iitsenziyalami berish yo'li bilan amalga oshiriladi. Investitsiya muassasalari sifatida yuridik va jismoniy shaxslar qatnashishi mumkin. Yuridik shaxs hisoblangan investitsiya muassasalarining faoliyati Iitsenziyalanishi lozim. Investitsiya muassasalarining Iitsenziyalanishi ular faoliyatining davlat tomonidan nazorat qilinishini anglatadi.
Qimmatli qog'ozlar bozoridagi har bir faoliyat turiga mazkur bozomi tartibga soluvchi organning muayyan litsenziyasi to'g'ri keladi. Jismoniy shaxslar qimmatli qog'ozlar bozorida investitsiya maslahatchisi va investitsiya vositachisi sifatida faoliyat ko'rsatishi mumkin. Ushbu faoliyatni amalga oshirish uchun jismoniy shaxslar mahalliy hokirniyat idoralarida tadbirkorlar sifatida ro'yxatga olinishi hamda fond bozorini tartibga soluvchi organ tomonidan beriladigan malaka shahodatnomasiga va litsenziyaga ega bo'lishi lozim. Malaka shahodatnomasi 3 yil muddatga beriladi.
Investitsiya muassasalarining ikkinchi o'ziga xos xususiyati shundaki, ularni xodimlarining asosiy tarkibi, xususan:
• investitsiya muassasalarining rahbarlari;
• investitsiya muassasalarining qimmatli qog'ozlar bilan investitsiya muassasasi nomidan bitimlar tuzishda bevosita ishtirok etuvchi, shuningdek, mijozlar bilan ishlovchi mutaxassislari fond bozorining ahvoli uchun mas'ul bo'lgan organda majburiy ravishda shahodatlashdan o'tishlari kerak.
Investitsiya muassasasida ishlovchi va qimmatli qog'ozlar bilan operatsiyalarni bajarishga doir hujjatlarga imzo chekish huquqiga ega bo'lgan shahodatlashdan o'tgan mutaxassislar kamida ikki xususiyatga ega bo'lishi zarur.
Nihoyat, investitsiya muassasalarining uchinchi o'ziga xos xususiyati shuki, ular yetarli darajadagi o'z mablag'lariga ega bo'lishi lozim. O'z mablag'lari deganda ustav, qo'shirncha zaxira fondlari va bevosita foydadan tashkil topgan mablag'lar hajmi tushuniladi. Investitsiya muassasalarining muayyan turlari uchun belgilangan majburiy iqtisodiy me'yorlarning mohiyatini keyingi boblarda ko'rib chiqamiz.
Yuqorida ta'kidlanganidek, 1996-yifgacha O'zbekiston fond bozorida istalgan professional faoliyat turini amalga oshirish uchun qimmatli qog'ozlar bozorida vositachilik faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaga ega bo'lishning o'zi yetarli edi. Ayni paytga kelib, asosan, brokerlik, dilerlik, maslahat va depozitar (yagona, ammo yirik “VAQT” Milliy depozitariy doirasida) kabi faoliyat turlari rivoj topdi, bunda, ayniqsa, broker-dilerlik faoliyatini maslahat faoliyati bilan birga olib borish kuchli taraqqiy etdi. Quyida qimmatli qog'ozlar bozorida professional faoliyat bilan shug'ullanuvchi investitsiya muassasalari haqidagi ma'iumotni ko'rishimiz mumkin.

T/r

Professional faoliyat yurituvchilar

2022-yil 1-yanvar hoiatiga ko'ra (soni)

1.

Investitsiya vositachisi

34

2.

Investitsiya maslahalchisi

15

3.

Depozitariy

30

4.

Invcstitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchisi

23

5.

Investitsiya rondi

9

6.

Hisob-kitob-kliring palatasi

2

7.

Birjadan tashqari savdolar tashkilotchisi

2

8.

Transfer-agent

3




JAMI

118


Download 209.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling