«Ijtimoiy – iqtisodiy fanlar» kafedrasi «Moliya» fanidan Kurs ishi Mavzu


O'zbekistonda qimmatli qog'ozlar bozorini tartibga solish mexanizmi va jahon amaliyoti


Download 209.83 Kb.
bet9/11
Sana17.06.2023
Hajmi209.83 Kb.
#1551104
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
kurs ishi moliya

4.O'zbekistonda qimmatli qog'ozlar bozorini tartibga solish mexanizmi va jahon amaliyoti
Agar AQSH kabi mamlakatda qimmatIi qog'ozlar bozori haqidagi qonun hujjatlarining vujudga kelishi jarayoniga ommaviy mojarolar, nayrangbozlik va tovlamachiliklar jiddiy ta'sir ko'rsatgan bo'lib, hozirgi vaqtda fond bozorining davlat tomonidan tartibga solinishi parlamentning ushbu bozor ishtirokchilari tomonidan yo'l qo'yilgan suiiste'molliklarga munosabati sifatida shakllangan bo'lsa, O'zbekistonda esa ushbujarayonlar rejali ravishda, hukumat hamda bozor munosabatlarining manfaatdor ishtirokchilari tashabbusi bilan, boshqa mamlakatlar tajribalarini inobatga olib, ularning tavsiyalaridan foydalangan holda fond bozorini tartibga solishni tashkil etishning o'z modeliga ega bo'lish bilan rivojlandi.
QimmatIi qog'ozlar bozorining davlat tomonidan tartibga solinishi zamrati qimmatli qog'ozlar bozori rivojlanishining tarixi shundan guvohlik beradiki, qimmatli qog'ozlar bilan savdo qilishning me'yoriy jarayoni faqat yo fond bozori ishtirokchilarining o'zlari tomonidan, yoki davlat tomonidan belgilangan aniq qoidalar mavjud bo'lgan, shuningdek, ularga rioya etilishi doimiy ravishda nazorat qilingan hollarda amalga oshirilishi mumkin. Amaliyotda ushbu shartlarga rioya etmaganlik malao va rnilao darajadagi jiddiy oqibatlarga, ba'zan umumiqtisodiy tanglikka o'sib boruvchi global moliyaviy fojialarga olib kelganligiga misollar juda ko'p. Tarixiy nom chiqargan AQSHning Nyu-York fond biIjasidagi 1929-yiJgi .qora qush. deb nornlangan kuzgi tanglik va yaqindagina (1998-yil 17-avgust) Rossiya qimmatli qog'ozlar bozoridagi muvaffaqiyatsizlik bunga yaqqol rnisol bo'ladi. Ushbu voqealar, so'zsiz, fond bozorining davlat tomonidan tartibga solinishi mexanizmining samarasizligi oqibatida sodir bo'ldi.
Qimmatli qog'ozlaming bir marom"da va xatarsiz muomalada bo'lishi uchun mazkur sohaga oid qonuniy me'yorlarni barpo etish hamda ularni doimiy ravishda takomillashtirib borishni, oddiy fuqarodan tortib, to davlat organlarigacha qimmatli qog'ozlar bozorining barcha ishtirokchilari tomonidan qonunchilikka rioya etilishini nazorat qilishni o'zida uyg'unlashtiruvchi tizim zarur. Tizim sarmoyadorlaming qonuniy huquqlarini himoya qilishga va saqlashga yo'nallirilishi lozim, chunki aynan ular qimmatli qog'ozlar bozori ishtirokchilarining ichida eng zaif hamda ko'p sonli unsur hisoblanishadi. Ushbu tizimda tanglik holatini sog'lomlashtirishga yoki fond bozori ishtirokchilarining turli qatlamlari o'rtasidagi iqtisodiy munosabatlar tizimida sodir bo'ladigan nomutanosibliklarni, fond bozori va bozor iqtisodiyotining boshqa sektorlarining o'zaro aloqalari sohasidagi kelishmovchiliklarni qidirib topish, qimmatli qog'ozlar bozoriga tuzatib bo'imaydigan zararlar keltirishga, mavjud barqarorlikni buzishga qodir bo'igan omilIarni 0' rganishga yo'naltirilgan chora-tadbirlar qo'lIanishiga alohida o'rin berilishi kerak.
Fond bozorini davlat tomonidan-tartibga solishdan maqsad, qimmatli qog'ozlarning bir maromda va xatarsiz muomalada bo'lishi, qimmatli qog'ozlar oldi-sotdisi orqali iqtisodiyotga investitsiya qilish uchun sharoitlar yaratish, investitsiyani amalga oshirishda sarmoyadorlar tomonidan mumkin bo'igan yo'qotishlarni eng kam holatga keItirish, savdolar tashkilotchilari va fond bozorining professional ishtirokchilarining barqaror ishlashini ta'minlashdir. Fond bozorida barqarorlikka erishgan holda, davlat bu bilan iqtisodiyotning o'zini o'zi tartibga solishi, pul mablag'larining bir tarmoqdan boshqasiga oqib kelishi uchun sharoit yaratadi, shu tariqa xalq xo'jaligi mustahkamlanadi (qimmatli qog'ozlar bozorining bir maromda faoliyat ko'rsatishi iqtisodiyotga samarali ta'sir ko'rsatadi).
Rivojlangan mamlakatlaming tajribalari shundan dalolat bermoqdaki, qimmatli qog'ozlar bozorini tartibga sol ish nuqtayi nazardan tartibga solishni davlat va professional (ya'ni, maxsus tashkil etilgan qimmatli qog'ozlar bozorining professional ishtirokchilarining tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladigan) bo'laklarga bo'lish eng maqsadga muvofiq usul sanaladi. Bunday taqsimotga muvofiq, qimmatli qog'ozlar bozorini tartibga solishning bii' necha asosiy modellari mavjud.

Download 209.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling