Ijtimoiy fanlar


Download 286.3 Kb.
bet32/52
Sana22.10.2023
Hajmi286.3 Kb.
#1716187
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   52
Bog'liq
Ijtimoiy fanlar

Sakrash-bu bir sifatning boshqa sifatga aylanish vaqti, shakli, usuli, miqdor o‘zgarishlarining uzluksizligi, bosqichma-bosqichligidagi uzilishdir. Masalan, sakrash-bu Erda hayotning paydo bo‘lishi, hayvonlar dunyosidan insonning ajralib chiqishi, bir ijtimoiy tuzum o‘rniga boshqa ijtimoiy tuzum kelishi, buyuk ilmiy va texnikaviy kashfiyotlardir. Har qanday sakrash rivojlanishda o‘tish davrini tavsiflaydi. O‘z tabiatiga ko‘ra u doim ziddiyatlidir, chunki yangining tug‘ilishidan ham, eskining qarshiligidan ham dalolat beradi. Sakrashlarning shakllari rang-barang bo‘lib, rivojlanayotgan hodisaning tabiati, shuningdek unda sifat o‘zgarishlari yuz berayotgan konkret sharoit bilan belgilanadi. Sakrashlar:
1) o‘zgarishning davomliligiga ko‘ra (jadal, sust);
2) o‘zgarish shakliga ko‘ra (bir karra, ko‘p karra);
3) o‘zgarishning chuqurlik darajasiga ko‘ra (qisman, to‘liq);
4) o‘zgarishning yo‘nalishiga ko‘ra (progressiv, regressiv, yo‘nalishsiz) farq qiladi.
Sakrashlarni tahlil qilish chog‘ida «evolyusiya», «inqilob», «islohot» kabi atamalar ayniqsa muhim ahamiyat kasb etadi. «Evolyusiya» tushunchasi keng va tor ma’nolarda qo‘llaniladi. Keng ma’nodagi «evolyusiya» asta-sekin rivojlanish jarayoni bo‘lib, u miqdor o‘zgarishlarinigina emas, balki sifat o‘zgarishlari, shu jumladan inqiloblarni ham o‘z ichiga oladi. Tor ma’noda «evolyusiya» deganda inqilobdan, uning tayyorlanishidan oldingi davr tushuniladi. «Inqilob» tushunchasi ijtimoiy hodisalarni tavsiflash uchun ishlatiladi va jamiyatni asta-sekin emas , balki tubdan o‘zgarish yasaydigan sakrashdir. Islohot jamiyat hayotining biron-bir muhim tomonini o‘zgartirish bo‘lib, bunda uning iqtisodiy va davlat tartibi asoslari saqlanib qoladi.
Inkorni-inkor. Inkorni-inkor qonunining mohiyati nimadan iborat? Ayni bir atama bunday ketma-ket qo‘llanilishining ma’nosi nimada? Inkor kategoriyasi rivojlanayotgan ob’ekt tarixidagi bir lahzanigina tavsiflaydi. Bitta inkor harakati o‘zgarish qaysi yo‘nalishda yuz berayotgani, oldingi va keyingi voqealar oqimida u qanday ahamiyatga ega ekanligini, yuz bergan voqeaning mazmunini aniqlash uchun doim ham imkoniyat yaratavermaydi. Boshqacha aytganda, inkorni-inkor tushunchasi rivojlanish jarayonining muhim xususiyatlarini aniqlash imkonini beradi. «Inkor» va «inkorni-inkor» kategoriyalari dialektikaga Gegel tomonidan kiritilgan bo‘lib, ayni shu mutafakkirning sa’y-harakatlari bilan ular umumiy falsafiy kategoriyalar maqomini olgan.

Download 286.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   52




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling