Ijtimoiy fanlar va texnika fakulteti iqtisodiyot kafedrasi


Download 0.67 Mb.
bet10/12
Sana26.06.2023
Hajmi0.67 Mb.
#1655595
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
kurs ishi

Birinchidan, tashqi iqtisodiy faoliyatning axborot ta’minotiga e’tiborning
ortishi, intellektual mulk, patent valitsenziyalar tizimini keng joriy etilishi.
Davlatlararo mualliflik xuquqi himoyasining ta’minlanishi, jahon axborot
bozorining shakllanishi.
Ikkinchidan, tashqi iqtisodiy faoliyat hozirgi davrda o’z infratuzilmasiga va
unga ta’sir etuvchi xalqaro tashkilotlarga ega. Ushbu infratuzilma sifatida jahon
tovarlar va xizmatlar bozorlari (xususan, tovar va xomashyo, valyuta birjalari),
xalqaro tashkilotlar hisoblangan JST, XVF, XMK kabi qator mintaqaviy va
integratsion tashkilotlar EI, NAFTA(North American Free Trade Agreement)
hamda turli ixtisoslashgan tashkilotlalrni, ya’ni neft eksport qiluvchi
mamlakatlar tashkiloti OPEK, Atom energiyasi bo’yicha xalqaro agentlik
(IAEA; MAG ATE) va hokazolarni keltirish mumkin. Mazkur tashkilotlar
davlatlararo savdo,
investitsiylar, ishlab chiqarish, fan-texnika sohasidagi hamkorlik masalalarida
ko’maklashuvchi, tartibga soluvchi va muvofiqlashtiruvchi organ sifatida faoliyat
yuritadi.
Uchinchidan, xalqaro iqtisodiy munosabatlarni monopoliyalashtirishga bo’lgan
intilishning ortishi. Hozirgi kunda dunyodagi yettita sanoati rivojlangan mamlakat
hissasiga jahon ishlab chiqarishining qariyb 80 foizi to’g’ri keladi. Yirik jahon
xomashyo, tovar va xizmatlar hamda moliyaviy bozorlarning aksariyati
rivojlangan davlatlar hududida mujassamlangan. Bundan tashqari, xalqaro
iqtisodiy munosabatlarning asosiy vositachisi, ishtrokchisi sifatida yirik sanoatmoliya guruxlari, kompaniyalari gavdalanmoqda. Jumladan, ishlab chiqarish,qayta ishlash va ayrboshlash tizimlarini mujassamlashtiruvchi xususiy transmilliy va ko’p millatli kompaniyalar (TMK, MMK) jahon eksporti va importuning qariyb 60 foizini tashkil etmoqda. Sanoat tarmoqlari, qishloq xo’jalik maxsulotlarini ishlab chiqarish, ayrboshlash, moliyaviy xizmatlar ko’rsatish sohalari faoliyati ham yirik kompaniyalar ta’sirida amalga oshirilmoqda.

Download 0.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling