Ijtimoiy fanlar va texnika fakulteti iqtisodiyot kafedrasi


Ishlab chiqarish omillarining iqtisodiy mohiyati


Download 0.67 Mb.
bet8/12
Sana26.06.2023
Hajmi0.67 Mb.
#1655595
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
kurs ishi

Ishlab chiqarish omillarining iqtisodiy mohiyati
Jamiyat faoliyatining o‘rta muxim jixati bu ishlab chiqarishdir. Ishlab chiqarish jaryonida iqtisodiy resurslar ishlatiladi, maxsulotlardan va xizmatlardan iborat xayotiy ne'matlar yaratiladi.
Tabiat inomlari va kuchlarini inson extiyojlarini qondirish uchun moslashtirishdan iborat iqtisodiy jarayon-ishlab chiqarish deb ataladi.
Ishlab chiqarish jarayonini boshlash uchun ishlab chiqarish omillariga (resurslariga) ega bo‘lish zarur.
Iqtisodiyotning tizimi va shaklidan qat'iy nazar ishlab chiqarish yoki xizmat ko‘rsatishning yig‘indisiga aytiladi. Ishchi kuchi mexnat qobiliyatiga ega bo‘lgan kishilar uchun xosdir, lekin ishchi kuchi insonning o‘zi xam ya'ni , uning mexnati xam emas, balki qobiliyatidan iboratdir.
Mexnat qurollari deb, inson uning yordamida tabiatga, mex'nat predmetlariga ta'sir qiladigan vositalarga aytiladi. (mashinalar, stanoklar, tarktorlar, uskunalar va Mexnat predmetlari esa bevosita mexnat ta'sir qiladigan, ya'ni maxsulot tayyorlanadigan narsalardir.(yer, suv, xomashyo va boshqa turli materiallar). Mexnat predmetlari tabiatda tayyor xolda uchrashi mumkin, ya'ni oldingi davrdagi mexnat maxsuloti ya'ni xomashyo tarzida bo‘lishi mumkin.
Mexnat qurollari va mexnat predmetlari birgalikda ishlab chiqarish vositalari deb yuritiladi. Bu esa mexnat jarayonining tabiatidan kelib chiqadi. Shunning uchun xam ishlab chiqarish vositalari xamma ijtimoiy iqtisodiy tizimlar, insoniyat taraqqiyotining xamma bosqichlari uchun xosdir. Xozirgi fan texnika taraqqiyoti davrida ishlab chiqarishning rivojlanishida mexnat predmetlarining axamiyati ortib bormoqda. Materiallarning tabiatda uchramaydigan yangi turlari yaratilmoqda. Ishlab chiqarish omillari insoniyat taraqiqyotini xamma bosqichlari uchun umumiy bo‘lsada, bu omillarga turli adabiyotlarda turlicha ta'rif berishadi va ularni turlicha tushuntirishadi.
Iqtisodiyot nazariyasi fani tarixida ishlab chiqarish omillari turlicha talqin etilib kelindi. Fransuz iqtisodchisi J.B.Sey ishlab chiqarishning 3 omili nazariyasini asoslab ularga yer , kapital va mexnatni kiritgan.
Ularning o‘zaro ta'siri asosida ishlab chiqarish voqye ekanligini qayd etgan.
K.Marks ta'limoti xam ishlab chiqarishning 3 omili birligidan kelib chiqadi. Keyin ularni ish kuchi , mexnat predmetlari va vositalari deb ataydi.
Xozirgi G‘arb mamlakatlarida yirik iqtisodchilar iqtisodiy resurs degan tushunchani olg‘a surib, ularga yer, kapital, mexnat va nixoyat tadbirkorlik qobiliyatini kiritadilar.
Turli nazariya namoyondalari ishlab chiqarish omillarini mavjudligidan kelib chiqadilar, lekin ularga talqin berishda xar xil jixatlarni asos qilib oladilar.
Marksizm ta'limotida mazkur omillarning sotsial shakligi qayta e'tibor beriladi, ularning ekspluatatsiya qositalari bo‘lishi yoki bo‘lmasligi e'tiborga olinadi.
Boshqa ta'limotlarda omillarning umuman ishlab chiqarishdagi o‘rni baxolanib , ularning sotsial shakli nazarga olinmaydi.
Mana shu jixat umuminsoniy, uni marksizm xam inkor etmagan.
Ishlab chiqarishning umuminsoniy faoliyatiga qaralishi uning shaxsiy insoniy va moddiy ashyoviy omillarini borligini aytib o‘tish kerak.
Ish kuchi - bu insonning mexnat qilishiga qaratilgan jismoniy va aqliy qobiliyatidir. Bu qobiliyat soxibi xar bir mexnatga layoqatli kishidir.
Jamiyatda mexnatga qobiliyatli kishilar uning resurslarini tashkil etadi.
Axoli uch guruxga ajratiladi.

  1. Mexnat yoshiga yetmaganlar, ya'ni bo‘lg‘usi mexnat resurslari. Bunga O‘zbekistonda 16 yoshgacha bo‘lganlar kiradi.

  2. Mexnat yoshidagilar, ya'ni amaldagi mexnat resurslari. Bunga 16-59 yoshdagilar kiradi.

  3. Mexnat yoshidan chiqqanlar. Bunga 55 yoshdan oshgan ayollar va 60 yoshdan oshgan erkaklar kiradi.

Ish kuchini faqat jismoniy kuch bilan cheklab bo‘lmaydi.
Ish kuchi soxiblari bilim, malaka, maxorat va ish tajribasining xam soxiblari bo‘ladilar. Shundagina ular ishlab chiqarish jarayonidagi maxsulot va xizmatlarni yaratuvchi kuch bo‘la oladilar. Ish kuchining miqdoriy va sifatiy o‘lchami bor. Jamiyatning qancha noz-ne'matlar yarat olishi mana shu ikki jixtaga bog‘liqdir. Ish kuchi ishlab chiqarishning birlamchi omili xisoblanadi. (chunki inson mexnatsiz, uning ishtirokisiz, eng mukammal mashinalari bo‘lganda xam, tirikchilikning buyumlarini yaratib bo‘lmaydi). Inson jamiyatning oliy ishlab chiqaruvchisidir. Ishlab chiqarish uchun moddiy shart sharoit talab qilinadi. Ishlab chiqarishning moddiy ashyoviy omillari xam borki, ularga boyliklar, yaratilgan ashyolar (mexnat predmetlari) va nixoyat mexnat vositalari qurollari kiradi. Ishlab chiqarish xar doim tabiatga tayangan. yer, suv, yer osti boyliklari, o‘rmonlar va boshqalar unga materiallar yetkazib beradi. Uning uchun moddiy sharoit vazifasini o‘tagan. Tabiat in'omi bo‘lgan narsalar qayta ishlanib, ulardan kerakli maxsulotlar olinadi. Ishlab chiqarish omillari ma'lum tizimni tashkil etadi, ular xar xil unsurlardan iborat, bu unsurlar bajaradigan vazifalar bir xil emas. Ular bajaradigan vazifalar bir - biriga moslashgan sharoitda ishlab chiqarish sodir bo‘ladi. Moddyi ashyoviy omillar shaxsiy - insoniy omil bilan birikgan taqdirdagina ishlab chiqarish yuz beradi. Xayot ne'matlari yaratiladi. Ular: 1. Moddiy maxsulotlardan va 2. xar xil xizmatlardan iborat bo‘ladi.
O’zbеkistоnda so’m mablaq’larini erkin muоmaladagi valyutaga kоnvеrtatsiya qilish tizimi birinchi navbatda xalq istеъmоli mahsulоtlari va ekspоrtbоp tоvarlarni ishlab chiqarish bilan shuq’ullanuvchi, iqtisоdiqtning asоsiy va еtakchi оbъеktlarin rеalizatsiya qilish bilan bоq’liq, xоrijiy invеstоrlarning fоydasining bir qismi va dividеndlarini rеpatriatsiyasi bilan shuq’ullanuvchi kоrxоnalarning (xоrijiy kapital ishtirоkidagi kоrxоnalar ham shular jumlasidan) ehtiqjini qоndirishga yo’naltirilgan.
Inflaytsiyaga qarshi siyosat negizini pul miqdorining o’sishini tovarlar va xizmatlar miqdorining tegishli darajada o’sishi bilan bog’lab olib borishga qaratilgan tadbirlar tashkil qilish zarur. Chunki xarid qilish uchun molar yetarli bo’lmagan holda aholi qo’lida pulning ortiqcha ko’payib ketishi inflyatsiyaning yanada avj olib ketishiga sabab bo’ladi. Shu orqali pulning qadrsizlanishida maqbul sur’atni tanlashga erishiladi. Inflatsiyaga qarshi siyosat negizini pul miqdorining o‘sishini tovarlar va xizmatlar miqdorining tegishli darajada o‘sishi bilan bog‘lab olib borishga qaratilgan tadbirlar tashkil qilish zarur. Chunki xarid qilish uchun molar yetarli bo‘lmagan holda aholi qo‘lida pulning ortiqcha ko‘payib ketishi inflatsiyaning yanada avj olib ketishiga sabab bo‘ladi. Pul miqdori bilan birga narxlarning ham tobora o‘sib borishi muqarrar ravishda, uzoq davom etadigan giperinflatsiyani keltirib chiqaradi. Bu, o‘z navbatida, milliy ishlab chiqarishning izdan chiqishi, aholi keng tabaqalarining qashshoqlashishi va butun ijtimoiy tizimning barbod bo‘lishi xavfini tug‘diradi. Tovarlar taqchilligi mavjud bo‘lib turgan hozirgi bosqichda giperinflatsiyaning oldini olish uchun aholi iste’mol fondining o‘sishini ishlab chiqariladigan mahsulot, ko‘rsatiladigan xizmatning moddiy hajmi ko‘payishiga bevosita bog‘liq qilib qo‘yish zarur bo‘ladi. Ichki bozorni mollar va xizmatlar bilan to‘ldirish, muomalaga o‘rinsiz ortiqcha pul chiqarilishiga yo‘l qo‘ymaslik, milliy valuta barqarorligini ta’minlash va xalq turmush darajasini o‘stirishning muhim shartidir. So‘mning barqarorligini ta’minlashda naqd pul emissiyasining o‘sishiga, aholi qo‘lida pulning harakatsiz turib qolishiga yo‘l qo‘ymaslik birinchi darajali ahamiyatga ega. Bunda muomalaga chiqarilgan pul miqdorining o‘z vaqtida qaytarilishiga erishish, mahsulot ishlab chiqarishning o‘sishi ta’minlamagan korxonalarga kreditlar berilishiga yo‘l qo‘ymaslik choralari ko‘rilishi kerak. Inflatsiyani pasaytiruvchi qudratli omil milliy valuta almashuv kursining barqarorlashuviga erishishdir. Bu, o‘z navbatida, import narxlarning barqarorlashuviga olib keladiki, natijada ichki bozordagi narxlar o‘zgaradi. Valuta birjalarida valuta operatsiyalarining barcha turlari uchun talab va taklif natijasida shakllanadigan yagona almashuv kursini belgilash, valuta kursi barqarorligiga erishishning dastlabki shartidir. Milliy valuta kursi barqarorligini ta’minlashning navbatdagi sharti dastlabki bosqichda valutani naqd pulsiz almashtirish hajmini ko‘paytirishga ustunlik berishdir. Istiqbolda esa bu sohadagi siyosat banklararo valuta birjasidagi oborot miqdorini korxona va fuqarolar o‘z pulini xohlagan miqdorda xohlagan valutaga erkin almashtirish imkoniyatini beradigan darajaga yetkazishga qaratiladi. Bunga erishishda milliy ishlab chiqarishda eksport ulushini kengaytirish bilan birga, Prezident Islom Karimov ta’kidlaganidek, «milliy valutamizning joriy operatsiyalar bo‘yicha erkin almashuvini, ya’ni konvertatsiyasini ta’minlash uchun barcha zaruriy shart-sharoitlarni yaratish»1 alohida ahamiyatga ega. Bu sharoit yaratilishi natijasida erkin almashuv amalga oshmoqda. Shunday qilib, yuqorida qarab chiqilgan chora va tadbirlarning muvaffaqiyatli amalga oshirilishi milliy valutamiz almashuv kursining barqarorlashuviga, uning xarid qilish quvvatining oshishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi. Mamlakatimizda o‘tkazilayotgan nafaqat iqtisodiy, balki ijtimoiy sohalardagi islohotlardan ham asosiy ko‘zlangan maqsad barcha o‘zgarishlarning natijasi va belgisi milliy valutamiz – so‘mimizni mustahkamlash, uni bosqichma-bosqich jahonning kuchli valutalari bilan konvertatsiyalashga, ya’ni erkin almashuviga erishishdir. Pulning baquvvatligiga erishishga qaratilgan davlat dasturlari:
-ichki bozorni iste’mol mollari bilan to‘ldirish;
-davlat xarajatlarini keskin qisqartirish, qat’iy moliya, bank-kredit siyosatini o‘tkazish;
-eksport imkoniyatlarini keskin kuchaytirish;
-ortiqcha pul emissiyasiga, ya’ni pul bilan ta’minlanmagan ortiqcha pul muomalada bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik.
-mamlakatning oltin zaxirasi bilan;
-mamlakatning butun boyligi bilan;
-tovar massasining hajmi va tarkibi orqali;
-talab va taklif o‘rtasidagi nisbatni tartibga solish orqali;
-narx-navoni tartiblash orqali;
-pul muomalasi qonunidan foydalanish orqali.
So’mning barqarorligini ta’minlashda naqd pul emissiyasining o’sishiga, aholi qo’lida pulning harakatsiz turib qolishiga yo’l qo’ymaslik birinchi darajali ahamiyatga ega. Bunda muomilaga chiqarilgan pul miqdorining o’zvaqtida qaytarilishiga erishishi, mahsulot ishlab chiqarishning o’sishini ta’minlamagan korxonalarga kreditlar berilishig yo’l qo’ymaslik choralari ko’rilishi kerak.
Milliy valyuta kursining barqarorligini ta’minlashning navbatdagi sharti dastlabki bosqichda valyutani naqd pulsiz almashtirish hajmini ko’paytirishga ustunlik berishdir. Bunga erishishda milliy ishlab chiqarishda eksport ulushini kengaytirish bilan birga Prezidentimiz I.Karimov ta’kidlaganidek “…milliy valyutamizning joriy operatsiyalar bo’yicha erkin almashinuvini, ya’ni konvertatsiyalarni ta’minlash uchun barcha zaruriy shart sharoitlarni yaratish”2 alohida ahamiyatga ega. Bu sharoit yaratilishi natijasida erkin almashuv amalga oshmoqda.
Shunday qilib, yuqorida qarab chiqilgan chora va tadbirlarning muvaffaqiyatli amalga oshirilishi milliy valyutamiz almashuv kursining barqarorlashuviga, uning xarid qilish quvvatinig oshishiga ijobiy ta’sir ko’rsatdi.
Ishlab chiqarish omillari (xar doim) doimo bir xil bo‘lib turmaydi, ular sifat miqdor jixatdan o‘zgarishda, rivojlanishda bo‘ladi. Ishlab chiqarish vositalari rivojlanib borpgan sari smurakkab mashinalar asbob uskualar stanoklar vujudga keladi. Shuning uchun, ish kuchi xam yangi , malkasi oshgan, yangi mashinalarni yaratadigan, ulardan unumli foydalanadigan bo‘lib boradi. Ishlab chiqarish omillari bir- biriga bog‘liq va o‘zaro ta'sirda bo‘ladi, birining o‘zgarishi ikkinchisiga ta'sir qiladi. Ishlab chiqarish omillarining o‘zaro ta'sir usuli texnologiyada o‘z ifodasini topadi. Ishlab chiqarish omillarining va texnologiyaning o‘zgarini ishlab chiqarishni tashkil etishning mazmun va moxiyatini o‘zgarishiga, uning takomillashuviga sabab bo‘ladi.
Ishlab chiqarish qo‘shilish usuli iqtisodiyot uchun katta axamiyatga ega. Chunki, shunga qarab, uni o‘stiruvchi kuch paydo bo‘ladi.
Ularning qo‘shilishi (birlashuvi) ikki usulda ro‘y beradi:

  1. Bilvosita biriktirish.

Bunda o‘zgaga tegishli moddiy omillar o‘zagning ish kuchi bilan birikadi. Xar ikkala omilning egasi xar xil bo‘ladi. Mexnat bir tamonda bo‘lsa, vositalar ikkinchi tomonda bo‘ladi. Shu sababli ishlab chiqaruvchida manfatdorlik va ma'suliyat kuchsiz bo‘ladi.

  1. Bevosita birikish.

Bundan moddiy va shaxsiy omillar bir qo‘lda bo‘ladi, mulkchilik ularni bir - biridan ajratmaydi. Xam mulk egasi, xam ishlovchi aynan bir shaxs bo‘ladi.
Mulk egasi moddiy- ashyoviy omilni samarali ishlatishdan manfaatdor bo‘ladi. Chunki ishlab chiqarish natijalari uning o‘ziga kiradi. Ishlab chiqarish natijasi uning omillarining birikish usuli bilan chegaralanib bo‘lmaydi. U eng avval omillarning sifatiga , so‘ngra miqdoriga va nixoyat ularning nisbatiga bog‘liqdir. Moddiy - ashyoviy va shaxsiy omillar bir – biriga mos bo‘lgandagina ishlab chiqarish rivojlanadi. Ma'lumki ishlab ichqarilgan maxsulot xarakati ishlab chiqarishdan boshlanib va taqsimlash ayirboshlash bosqichi o‘tib , iste'molga tugallanadi. Ishlab chiqarish jarayoni qay tarzda bo‘lmasin, ya'ni individual tartibdami, korxona va xo‘jalik doirasidami, tarmoq va xudud miqyosidami, qaerda bo‘lmasin, ko‘zlanga maqsad iste'mol uchun tovar va xizmatlar yaratishdir.
Jamiyat a'zolarining ishlab chiqarishdagi (bir yillik) faoliyati natijasi - bu yaratilgan barcha maxsulotlar va xizmatlarning majmuidir. U naflik va foydalilik xususiyatlariga ega. Ularning foydali xossalari kishilarning extiyojlarini qondira bilish xususiyati , ega bo‘lsa, foydaliligi naf keltirishdan iboratdir.

Download 0.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling