Ijtimoiy fanlar va texnika fakulteti iqtisodiyot kafedrasi
Tarixiy maktablar va omillar
Download 0.67 Mb.
|
kurs ishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Fiziokratiya
Tarixiy maktablar va omillarHozirgi vaqtda neoklassik iqtisodchilar tomonidan ishlab chiqilgan klassik iqtisodiy nazariyaning hukmron nuqtai nazarini talqin qilishda "omillar" atamasi klassik davrdan keyin mavjud bo'lmagan va o'sha davrdagi adabiyotlarning hech birida uchramagan. Qaysi omil eng muhimligini hal qilishda farqlar eng aniq. FiziokratiyaFiziokratiya (yunon tilidan "tabiatni boshqarish" degan ma'noni anglatadi) - 18-asr ma'rifatparvar frantsuz iqtisodchilari guruhi tomonidan ishlab chiqilgan iqtisodiy nazariya, bu xalqlarning boyligi faqat "er dehqonchiligi" yoki "erni rivojlantirish" qiymatidan kelib chiqqan deb hisoblagan. qishloq xo'jaligi mahsulotlari yuqori narxga ega bo'lishi kerak. 1-rasm 2 -rasm Kishilar yashashlari siyosat, san'at, adabiyot, fan, ma'rifat , ma'daniyat , ta'lim bilan shug‘ullanishlari uchun xayotiy ne'matlarini iste'mol qilishlari qoniqishlari kerak. Buning uchun esa oziq-ovqat, kiyim-kechak, uy-joy va turli xizmatlardan iborat xayotiy vositalar zarur. Xar bir kishi o‘zining kundalik xayotida bir qancha , ya'ni xayotiy extiyojlari -kiyim-kechak, oziq-ovqat, uy-ro‘zg‘or buyumlariga ea bo‘lishi, bilim olish kabi extiyojlari uchun zarur bo‘lgan pul daromadlarini qaerdan , nima xisobiga topishi kerak degan muammolarga duch keladi. Ana shu oldimizda turgan muammolarni yechish va o‘z talablarini qondirish maqsadida kishilar turli yo‘nalishlarda soxalarda faoliyat ko‘rsatadilar. Iqtisodiyot faoliyati nima? Cheklangan iqtisodiy resurslardan unumli foydalanib , kishilarning yashashi, kamol topishi uchun zarur bo‘lgan xayotiy vositalarini ishlab chiqarish va iste'molchilarga yetkazib berishga qaratilgan , bir –biri bilan bog‘liqlikda amal qiladigan turli –tuman faoliyatlarini yaxlit qilib, (birlashtiruvchi iqtisodiy tizim, iqtisodiyot deb ataladi) bir so‘z bilan, iqtisodiy dalil deb ataladi. Qadimda iqtisodiy faoliyatning asosiy shakli uy xo‘jaligi doirasida ro‘y bergan. Shuing uchun iqtisodiyot degani uy-xo‘jaligi va uni yuritish qonunlari tushunilgan. Xozirda esa iqtisodiyot degani faqat uy xo‘jaligi, ya'ni indivudial xo‘jalikdan , moliya va xususiy xjalik, jamoa, xissadorlik jamiyati, davlat xo‘jaliklaridan, konsernlar, qo‘shma korxonalar, davlatlar o‘rtasidagi turli iqtisodiy munosabatlardan iborat bo‘lib,juda murakkab organizm xisoblanadi. Buning ustiga barcha resurslarimiz pul mablag‘lari, tabiiy boyliklar, malakali ishchi kuchlari, ishlab chiqarish vositalari , iste'mol tovarlari xammasi cheklangan miqdordadir. Mana shu cheklangan iqtisodiy resurslardan oqilona foydalanib, axoliningto‘xtovsiz o‘sib boruvchi extiyojlarini qondirish maqsadida erishish, resurslar va maxsulotlarni to‘g‘ri taqsimlash yo‘llarini topish iqtisodiyotning asosiy mazmunini tashkil etadi. Tarixiy taraqqiyot darajasiga qarab , turli davrlarda va turli mamakatlarda iqtisodiyot turlicha bo‘lishi mumkin. Uning quyidagi turlari ajratiladi: An'anaviy iqtisodiyot Ma'muriy buyruqbozlikka asoslangan Bozor iqtisodiyoti Qamrov darajasiga qarab xam iqtisodiyot turlicha bo‘lishi mumkin. Masalan, jaxon iqtisodiyoti, mamlakat iqtisodiyoti, milliy iqtisodiyoti, tarmoq iqtisodiyoti, mintaqa iqtisodiyoti, korxona yoki firma iqtisodyoti, oila iqtisodiyoti. Ba'zan ularni yaxlitlashtirib , makroiqtisodiyot va mikroiqtisodiyot deb ataladi. Iqtisodiyotning bu turlari darajali, shakllari, qanday bo‘lishidan qat'iy nazar ularning xammasi bir maqsadga bo‘ysungan: u xam bo‘lsa, insoniyatning yashashi, ko‘payishi, va kamol topishi uchun shart-sharoit yaratib berish, turli xil xayotiy vositalarni yaratib , ularni extiyojlarini qondirib borishdan iboratdir. Xulosa shuki, iqtisodiyot inson xayotining asosini , uning poydevorini tashkil etib, o‘zi esa insonsiz, uning faoliyatisiz mavjud bo‘lmaydi va mazmunga xam ega emas. Inosniyatning iqtisodiyotidagi roli uning tabiatidagi eng oliy tirik mavjudot ekanligi bilan ya'ni ongli ravishda ma'lum maqsadga qarab ijodiy mexnat olish qobiliyati bilan belgilanadi. Inson tomonidan yaratilgan tovarlar, xizmatlarning resurslarining xarakati bo‘yicha iqtisodiyot turli fazalardan- ishlab chiqarish , ayirboshlash , taqsimlash va iste'mol jarayonlarining birlishidan iboratdir. Bularning ichida asosiysi vaboshlang‘ichi ishlab chiqarish jarayonidir. Chunki xamma tovarlar va xizmatlar shu bosqichda yaratiladi. Agar ishlab chiqarish bo‘lmasa, taqsimlanadaigan ayirboshlanadigan va nixoyot, iste'mol qilinadigan narsalar bo‘lmaydi. Shunday qilib tovar va resusrlar xarakati doimo to‘xtovsiz takrorlanib turadigan jarayondir. Kishilarning xo‘jalik faolichyati juda murakkab va chalkash turli tuman xodisalar va jarayonlar majmuidan iborat bo‘lib , unda iqtisodiy nazariya to‘rt bosqichni ajratadi: ishlab chiqarish , taqsimot, ayirboshlash va iste'mol. Ishlab chiqarish – bu insonning xayot kechirishi va rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan moddiy va ma'naviy ne'matlarni yaratish jarayonidir. Taqsimot- xar bir xo‘jalik yurituvchi sub'ekt maxsulot ishlab chiqarishda ishtirok etganligi ulushini (miqdori, proporsiyalar) aniqlash jarayonidir. Ayirboshlash- moddiy ne'matlar va xizmatlarni bir sub'ektdan boshqasiga xarakat qilish jarayoni, ne'matlarni ijtimoiy ayirboshlashni aks ettiruvchi , ishlab chiqaruvchilar va iste'molchilar o‘rtasidagi ijtimoiy aloqalar shaklidir. Istemol- ma'lum extiyojlarni qondirish maqsadida ishlab chiqarish natijalaridan foydalanish jarayonidir. Bu barcha bosqichlar o‘zaro bog‘liqlikda va o‘zaro aloqadorlikda bo‘ladilar. Maxsulotlar va xizmatlar turli tuman bo‘lishiga, tez ko‘payib borishiga qarmasdan, bu ne'matlar ishlab chiqarish extiyojlarini : jamiyatning ishlab chiqarish extiyojlarini qondiruvchi ishlab chiqarish vositalariga bo‘lgan bo‘linadilar: ishlab chiqarish vositalari va iste'mol buyumlariga. Shunga muvofiq ijtimoiy ishlab chiqarish xam ikki bo‘linmaga bo‘linadi: (ajraladi): bo‘linma, ishlab chiqarish vositalarini ishlab chiqarish bo‘linma, iste'mol buyumlarini ishlab chiqarish. Insonlarning extiyojlarini qondiruvchi ne'matlar va xizmatlar ijtimoiy ishlab chiqarishning turli soxalari va tarmoqlarida yaratiladi. “Ijtimoiy ishlab chiqarish” deganda butun jamiyat, ya'ni makroiqtisodiy miqyosda amalga oshiriladigan ishlab chiqarish jarayonlari tushuniladi. Download 0.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling