Ijtimoiy fanlar


Download 1.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet106/132
Sana11.10.2023
Hajmi1.72 Mb.
#1699103
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   132
Bog'liq
UMK media PDF

Axborot savodxonligi – muammolarni tahlil qilish va qarorlar qabul qilish maqsadida 
axborotni olish, tushunish, moslashtirish, yaratish, saqlash va taqdim etish uchun zarur 
bo‘lgan kompetensiyalar (bilimlar, ko‘nikmalar va qarashlar) majmui. Ushbu 
kompetensiyalar har qanday ta’lim doirasida, o‘quv va kasbiy muhit yoxud o‘z ustida 
ishlab malakasini oshirish jarayoniga taalluqlidir.
Axborot savodxonligi 
qaror qabul qilish va borliqning dolzarb muammolarini tahlil 
qilish maqsadida ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan axborotni olish, tushunish, baholash, 
moslash, generatsiya qilish, saqlash va namoyish qilish uchun kerak bo‘lgan bilimlar, 
ko‘nikmalar va mahorat majmuasini bildiradi. Bunday bilimga ega bo‘lgan jurnalist 
quyidagi bazaviy ko‘nikmalarga ega bo‘ladi.
Axborotga bo‘lgan ehtiyoj – aynan ma’lum bir ijtimoiy rol va vazifalarni bajarish uchun 
lozim bo‘lgan axborotni olishga bo‘lgan ehtiyojdir. Aksariyat hollarda iste’molchi u yoki 
bu maqsadga erishish uchun nimani bilishi zarurligini anglaydi va o‘z qidiruv ishini 
ma’lum bir natijaga qaratadi.
Axborotni boshqarish – axborotni undan foydalanishni еngillashtiradigan tarzda 
saqlash, izlash va yangilab turish. Axborotni izlashdan tashqari uni tanqidiy baholash va 
boshqa axborot bilan taqqoslash ham tushuniladi.
Blog — 1. Voqealarning internet-jurnali, internet-kundalik, onlayn-kundalik — vebsayt, 
uning asosiy mazmuni — matn, tasvir yoki multimediadan iborat muntazam qo‘shilib 
boradigan qaydlar bo‘lib, ular teskari xronologik tartibda keltirilgan, begona resurslarga 
qisqacha ta’riflar va sharhlar keltirilgan bo‘ladi. Blogning an’anaviy kundalikdan farqlari 
muhit bilan belgilanadi: bloglar, odatda, ommaviy bo‘lib, muallif bilan ommaviy bahsga 
kirisha oladigan begona o‘quvchilar borligini ko‘zda tutadi. 2. Personal saytlar, asosan 
blog egasining shaxsiy qaydlari va foydalanuvchilarning ushbu qaydlarga sharhlaridan 
tashkil topadi. 
Blog – odatda bir kishi tomonidan yuritiladigan veb-sayt. Blogda voqealar sharhi
ularning tafsiloti, fotosurat yoki videolar e’lon qilinadi. Blogga kirgan insonlar undagi 
materiallarga o‘z munosabatini yozib qoldirishi mumkin, ammo blogni faqat uning 
egasigina tahrir qila oladi. Blogni ba’zida elektron yoki “jonli jurnal” deb ham ataydilar.

Download 1.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling