Ijtimoiy fanlar
Download 1.72 Mb. Pdf ko'rish
|
UMK media PDF
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ijtimoiy tarmoq
- Iqtisodiy manfaatlar
- Kommunikatsiya
Ijtimoiy axborot – aholi va jamiyat uchun dolzarb ahamiyatga molik, muhim bo‘lgan
va turli manbalardan olingan axborot. Ijtimoiy medialar – Internetda mavjud tarmoq va xizmatlar bo‘lib, ular interfaol kommunikatsiyalar va shaxslararo munosabatlarni, foydalanuvchilar tomonidan kontent yaratish va undan birgalikda foydalanishni, taqdim etiladigan axborotga asoslangan xizmatlarni yaratishni ta’minlab beradi. Ijtimoiy medialarga Wikipediada kontentdan hamkorlikda foydalanishni, Facebookda o‘zaro ijtimoiy hamkorlikni va munozara klublarini misol sifatida keltirish mumkin. Ijtimoiy tarmoq — ijtimoiy aloqalarni yaratish, o‘zaro aloqalarni o‘rnatish, axborotga ishlov berish va tarqatish imkonini beruvchi onlayn-servis, sayt. Ijtimoiy tarmoqlarning asosiy xususiyatlari: turli-tuman ma’lumotlar bilan almashish bo‘yicha cheklanmagan imkoniyatlar. Ijtimoiy tarmoq sayti o‘z foydalanuvchilariga “do‘stlari” o‘rtasidagi aloqalarni kuzatish, turli jamoalarga qo‘shilish, guruhlar tuzish, o‘z profilidagi ma’lumotlarni umumfoydalanish uchun ochish yoki yopish, “do‘stlari” qoldirgan kontentga izoh yozish va b. ko‘plab imkoniyatlarni beradi. Iqtisodiy manfaatlar – mulkchilik munosabatlari tizimi va ijtimoiy mehnat taqsimotida insonlarni xo‘jalik faoliyat yuritishga undovchi sabab. ilmiy mistifikatsiya — odamlarning hayotiy ehtiyojlarini qondirishga Iste’mol bozori – axborot bozorining bir qismi bo‘lib, u ma’lum bir jug‘rofiy makonda axborot mahsulotlari xaridorlarini birlashtiradi. Kiritma — yirik harflarda terilgan, ramkadan yoki zalivkadan yoxud chiziqlardan foydalanib, mustaqil matn sifatida rasmiylashtirilgan matnning muhim bo‘lagi yoki yorqin iborasi. Kiritma matn ichiga joylashtiriladi, u matnning katta massivi ko‘rinishini “engillashtiradi”. Gid vazifasini bajarib, matnni o‘qishga undaydi. Kommunikatsiya –axborotning yuboruvchi tomonidan joylashtirilishi va foydalanuvchiga еtkazilishi jarayoni bo‘lib, u aloqa kanallaridan biri vositasida amalga oshiriladi. Kommunikatsiya uchun yuboruvchi, xabar va uni qabul qiluvchi bo‘lishi taqozo etiladi. Ammo, kommunikatsiya jarayoni amalga oshishi uchun qabul qiluvchining bo‘lishi shart emas, shuningdek, u xabar yuboruvchining kommunikatsiyaga kirishidan xabardor bo‘lishi ham talab etilmaydi. Download 1.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling