Ijtimoiy fanlar


Download 1.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet110/132
Sana11.10.2023
Hajmi1.72 Mb.
#1699103
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   132
Bog'liq
UMK media PDF

Kompyuter savodxonligi (computer literacy) — kompyuter texnikasidan foydalana 
olish, informatika asoslari, axborot texnologiyalarini bilish. yaqin tushunchalar: axborot 
savodxonligi (information literacy), mediakompetent-lilik (media competence), 
mediakompetensiya, mediaga oid kompetentlilik, mediasavodxonlik (media literacy). 
Konvergensiya – hayotning barcha jabhalaridagi hodisa va tendensiyalarning 
yaqinlashuvi va uyg‘unlashuvidir. Mediamakonda raqamli kommunikatsiya muhitini 
yaratish maqsadida turli axborotning - tovush, ovoz, tasvir yoki matnning shaxsiy 
kompyuterdan uyali telefongacha bo‘lgan qurilmalardan, ya’ni multimedia vositalaridan 
birgalikda foydalanish imkoniyatini beradigan raqamli kodga o‘tkazilishi tushuniladi.
Konsern – banklar, ishlab chiqarish korxonalari, savdo va tijorat firmalari, bosma va 
audiovizual OAV, ularni qog‘oz va boshqa materiallar bilan ta’minlovchi ishlab 


127 
chiqarishlarning, ilmiy tadqiqot muassasalari va boshqa tuzilmalar birlashmasining 
murakkab shaklidir. Gazeta, jurnal yohud teleradiokompaniya bunday konsernning 
faqatgina bir unsuri hisoblanadi, uning faoliyati egalari tomonidan olinadigan umumiy 
daromad hisobidan amalga oshiriladi.
Korxona – mahsulot ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha bitta yoki bir 
qancha o‘ziga xos funksiyalarni bajaruvchi muassasa.
Kross-chek - 
professionallar doirasida o‘zaro tekshirish tizimi. 
Maqsadli auditoriya – OAV kanali axboroti aynan unga mo‘ljallangan auditoriya.
Marketing – axborot bozorida maksimal foyda olish maqsadida axborot industriyasi 
ishlab chiqargan mahsulotlarni taqsimlash va sotish sohasidagi tijorat faoliyati. Axborot 
bozorining ehtimoliy hajmini, gazeta-jurnal, teleradiodastur, axborot byulleteniga 
bo‘lgan ehtiyoj va talablarning mazmuni va hajmini belgilash, axborot mahsulotlarining 
tarqatilishi hududini, ularni bozorga еtkazish imkoniyatlarini, shuningdek, bozorga 
chiqish vaqtini aniqlashni nazarda tutadi.

Download 1.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling