Ijtimoiy fanlar


Bloger — o‘zining blogini yurituvchi shaxs.  125  Bozor


Download 1.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet107/132
Sana11.10.2023
Hajmi1.72 Mb.
#1699103
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   132
Bog'liq
UMK media PDF

Bloger — o‘zining blogini yurituvchi shaxs. 


125 
Bozor mahsulotlarga talab, narx va taklif shakllanuvchi, mahsulot aylanmasining 
sohasi. Bozor faoliyati ikkita asosiy qonuniyatga bo‘ysunadi: narx qonuniyati va talab 
qonuniyati.
Botlar — nayrangboz mualliflarning alohida turi; har qanday Internet foydalanuvchisi 
harakatlariga o‘xshash operatsiyalarni bajaruvchi dasturlar. 
Brend – sifatni kafolatlovchi mashhur savdo belgisi. Odatda bir brendni boshqasidan 
ajratib olish uchun logotip yoki ramzdan foydalaniladi. CocaCola va Nike brendlarga 
yorqin misol bo‘la oladi.
Brifing (ing., briefing; brief — “qisqacha” so‘zidan) — rasmiy shaxslarning ommaviy 
axborot vositalari vakillari bilan uchrashuvi. Unda qisqacha tarzda 
ma’lum masala 
bo‘yicha rasmiy nuqtai nazar yoki xalqaro muzokaralarda, yig‘ilishlarda, 
konferensiyalarda ishtirok etayotgan tomonlar bilan kelishilgan nuqtai nazar, ularning 
jarayoni, tomonlar qarashlari haqidagi xabar va h.k. lar bayon qilinadi. 
Bekgraund (varianti: bekgraunder) — voqea atrofidagi “fon” (qo‘shimchalar, 
tafsilotlar), unga olib kelgan yoki sabab bo‘lgan narsalar haqidagi ma’lumotlarni ko‘zda 
tutadi. Bu shov-shuv, yangilik emas, balki qo‘shimcha va tafsilotlar bo‘lib, ular tasvirlash 
shakliga va matn tarkibiga ta’sir ko‘rsatadi. Odatda, bekgraunder bayonnoma tusidagi 
yagona va yakunlangan “voqeani” ifodalaydi. U muayyan bir mavzuni yoritadi yoki 
voqea atrofidagi va jurnalistlar tomonidan foydalanilishi mumkin bo‘lgan holatlarni tahlil 
qiladi. 
Verifikatsiya (ingl. verification) — mantiqiy usullar yordamida qabul qilingan va 
uzatilgan axborotlarning muvofiqligini aniqlash. 
Vikipediya (Wikipedia) – onlayn ensiklopediya. Mazkur kontentni tahrir qilishda 
tarmoqning har bir foydalanuvchisi ishtirok etishi mumkin. Vikipediyada giperhavolalar 
bilan bog‘langan ko‘plab veb- sahifalar mavjud. Bu sahifalar o‘z ichiga turli axborot, 
sharh va izohlarni, voqealar tafsilotini, hujjatlarni va b. olgan.

Download 1.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling