Ijtimoiy fanlar


Ma’naviy ishlab chiqarish –


Download 1.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet112/132
Sana11.10.2023
Hajmi1.72 Mb.
#1699103
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   132
Bog'liq
UMK media PDF

Ma’naviy ishlab chiqarish – u ishlab chiqarishning o‘ziga xos shakli bo‘lib, 
insonlarning keng ko‘lamdagi ma’naviy ehtiyoj va manfaatlarini qondirishga 
mo‘ljallangan mahsulot ishlab chiqarishni nazarda tutadi. Ma’naviy ishlab chiqarishga, 
masalan, kinoni va kino ishlab chiqarishni, turli badiiy mahsulotlar yaratish bilan bog‘liq 
faoliyatni (rang, tasvir, musiqa va adabiyot) hamda jurnalistikani kiritish mumkin.
Media- «
 «Media» so‘zi lotin tilidagi ko‘plikda medium so‘zidan olingan bo‘lib, «o‘rta, 
oraliq, oraliqdagi» ma’nolarni bildiradi. Zamonaviy qo‘llanishda mazkur istiloh bir necha 
ma’noga ega. Birinchidan, “media” so‘zi OAVni: gazeta, televidenie, radio, axborot 
agentligi va Internetni anglatadi. Ikkinchidan, undan mediakontentni - yangiliklar, 
reklama e’lonlari, elektron o‘yinlar va filmlarni - belgilash uchun foydalaniladi. 


128 
Uchinchidan, u mediakontentni ishlab chiqaruvchilarni, jurnalistlarni, fotosuratchilarni, 
mediakompaniyalarni va h.k.ni ham bildirishi mumkin.
Media- 
«Media - ommaviy axborot vositalari, ham keng, ham maxsus auditoriyaga 
mo‘ljallangan ko‘ngilochar takliflarni tavsiya etuvchi, yangilik, axborot va reklama 
axborotini tarqatishga yo‘naltirilgan ko‘p sonli va serqirra funksiyalarni amalga 
oshiruvchi kommunikatsiya kanallaridir». Aksariyat hollarda mutaxassislar media 
atamasi o‘zagida aynan ushbu tavsifni ko‘radi 
Media- 
«Media» atamasi (lotincha - medium, ya’ni vosita, vositachi, usul) turli 
ko‘rinishdagi kommunikatsiya va axborot vositasini anglatadi. Media tushunchasi 
mazmuniga axborotni yaratish, nusxalashtirish, tarqatish vositasi hamda mualliflar va 
ommaviy auditoriya o‘rtasida axborot almashinuvining texnik vositalari kiradi. 
Media va axborot savodxonligi – «soyabon», ya’ni bir tushuncha mazmunida ikki 
ma’no birlashgan atama sifatida YuNESKO tomonidan tavsiya etilgan. Uning 
mohiyatini anglash uchun har bir tushuncha o‘zagini bilish zarur.

Download 1.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling