Ijtimoiy fanlar
Download 1.72 Mb. Pdf ko'rish
|
UMK media PDF
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mediasavodxonlik
- Mediatanqid
- Mediata’lim
- Mediata’sir
Mediasavodxonlik — (media literacy) — mediata’lim yoki mediani o‘rganish natijasi.
“Mediani qanchalik ko‘p o‘rgansangiz (media yordamida), shunchalik mediasavodli 42 Kubey, R. Media Education: Portraits of an Evolving Field. In: Kubey, R. (Ed.) Media Literacy in the Information Age. — New Brunswick & London: Transaction Publishers, 1997, p.2. 129 bo‘lasiz: mediasavodxonlik — bu tajriba o‘tkazish, sharhlash/ mediamatnlarni tahlil qilish va yaratish layoqati”. 43 Mediasavodxonlik — “mediamatnlarni qabul qilish, yaratish, tahlil qilish, ularni baholash, hozirgi dunyoda medianing amal qilishiga doir ijtimoiy-madaniy va siyosiy kontekstni, mediada foydalaniladigan kodli va reprezentatsion tizimlarni tushunish bo‘yicha rivojlangan layoqatga ega mediasavodli insonni tayyorlash jarayoni; bunday insonning jamiyatdagi hayoti fuqarolik javobgarligi bilan bog‘liq bo‘ladi”. Mediatanqid — “jurnalistikaning alohida sohasi bo‘lib, jamiyatga OAV faoliyatidagi yangi voqeliklar va tendensiyalarni anglashda yordam berishga xizmat qiladi. Ayni paytda u refleksiya, zamonaviy bosma axborotni va elekt ron matbuotni anglashning o‘ziga xos usuli, jamiyat ko‘zgusi hisoblanib, bozor 107 muhitiga tushib qolgan ommaviy axborot vositalarining afzalliklari va kamchiliklarini aks ettirishga mo‘ljallangan”. 44 Mediata’lim — pedagogika yo‘nalishi bo‘lib, “ommaviy axborot kommunikatsiyalari (matbuot, televidenie, radio, kino, video) qonuniyatlarini o‘rganishga qaratilgan. Mediata’limning asosiy vazifalari: yangi avlodni zamonaviy axborot sharoitida yashashga, real axborotni qabul qilishga tayyorlash, insonni uni tushunishga, uning ruhiyatga ta’siri oqibatlarini anglashga o‘rgatish, texnik vositalar yordamida kommunikatsiyaning noverbal shakllari asosida muloqot shakllarini o‘zlashtirishga erishish”. Mediata’sir - (effects, media effects) — mediamatnlarning auditoriyaga ta’siri: ta’lim va tarbiya sohasida, ongni rivojlantirish, xatti-harakatlar, qarashlar, reaksiyalar, javoblarni, axborot tarqatilishini shakllantirish va h.k. Download 1.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling