124
Alternativ faktlar — tekshirish imkoniyati yo‘q faktlar (“Bu faktlar emas. Bu
yolg‘on” — NBC boshlovchisi Chak Todd nuqtidan).
Auditoriya — bitta nashrga umumiy qiziqishi tufayli birlashgan o‘quvchilar,
teletomoshabinlar, radiotinglovchilar guruhi.
Axborot - bu pul, aniqrog‘i, xarid qilinadigan va sotiladigan mahsulot bo‘lib, u orqali
ba’zi bir insonlar katta kapitalga ega bo‘ladi.
Axborot
resurslari samaradorligini belgilab beruvchi
omillar:
Axborot bozori – axborot ishlab chiqarish resurslari sotib olinadigan va axborot
mahsulotlari sotiladigan iqtisodiy makon.
Axborot makoni – jamiyatning axborot va
telekommunikatsiya resurslari,
telekommunikatsiya infratuzilmasi, OAV va boshqa tarkibiy
birikmalar kiradigan
makon.
Axborot resurslari – yangi OAVning daromadli faoliyat ko‘rsatishini tashkil etish va
kundalik faoliyatni muvaffaqiyatli davom ettirish uchun zarur vositalar. Ular moddiy-
texnik, moliyaviy, axborot, reklama va inson resurslariga ajratiladi.
Axborot savodxonligi –
axborotni tanlash, baholash, qayta ishlash va uzatish borasidagi
ko‘nikmalar va malakalar majmuini bildiradi. Axborot savodxonligi axborotga egalik,
uni baholash va axloqiy qoidalarga rioya qilgan holda
foydalanishning muhimligini
e’tirof etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: