Ijtimoiy fanlar


Gazeta (jurnal, radio- yoki televidenie)da kampaniya


Download 1.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet108/132
Sana11.10.2023
Hajmi1.72 Mb.
#1699103
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   132
Bog'liq
UMK media PDF

Gazeta (jurnal, radio- yoki televidenie)da kampaniya – ma’lum bir mavzu yoki 
muammoni OAVda bir necha haftadan bir necha oygacha bo‘lgan uzoq vaqt mobaynida 
maqsadli ravishda yoritib borish. Masalan, siyosiy yoki iqtisodiy kampaniya 
boshlanishining eng qulay vaqtini, davomiyligini, kulminatsiya nuqtasini va yakunlanish 
paytini aniqlashni talab etadi.
Gender statistikasi — statistikaning har bir an’anaviy sohasi qismi hisoblanadi
erkaklar va xotin-qizlarning real hayotini aks ettiruvchi statistik ma’lumotlarni 
identifikatsiya qilish, yaratish va tarqatish uchun xizmat qiladi, shuningdek, gender 
siyosatini ishlab chiqishda hisobga olinadi.
41
Data jurnalistika — ma’lumotlar jurnalistikasi (ing. Data journalism) — 
jurnalistikadagi yo‘nalish, uning asosida ma’lumotlarga ishlov berish va ulardan 
jurnalistik materialni tayyorlashda foydalanish.
Dedlayn (sleng ibora, inglizcha “deadline” — “o‘lim chizig‘i”) — materialni nomerga 
topshirishning eng so‘nggi muddati. 
Dezinformatsiyaaxborotning alohida turi, u auditoriyaga voqelikning noto‘g‘ri 
manzarasini taqdim etadi. 
Demokratiya – boshqaruv tizimi bo‘lib, unda qaror qabul qilish huquqi fuqarolarga 
berilgan bo‘ladi. Bu huquqdan ular to‘g‘ridan to‘g‘ri yoki erkin saylovlar jarayonida 
saylagan ishonchli vakillari orqali foydalanadi. Shuningdek, alohida bir shaxsning 
41
Разработка 
гендерной 
статистики: 
практическое пособие. 
Организация
Объединенных Наций. Женева, 2010. — 
С. 
1. 


126 
hayotiga ta’sir etuvchi qarorlar qabul qilish huquqini hamda asosiy huquq va erkinliklar 
himoyasini ham anglatadi.
Digitallashuv – axborotning raqamli formatga o‘tkazilishi. U elektron aloqaning 
ko‘plab eng yangi tizimlarida qo‘llaniladi. G‘arb mutaxassislarining fikricha, u axborot 
jamiyati rivojlanishi va sayyoramiz axborot tarmoqlari transmilliylashuvining 
vositalaridan biridir.
Jurnalistika – jamiyatdagi o‘ziga xos ijtimoiy-siyosiy institut bo‘lib, u boshqa barcha 
ijtimoiy institutlarni bog‘lab turadi va ularning faoliyati natijasini aks ettiradi.

Download 1.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling