Ijtimoiy fanlar


Download 1.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet111/132
Sana11.10.2023
Hajmi1.72 Mb.
#1699103
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   132
Bog'liq
UMK media PDF

Marketing kampaniyasi – aniq bir OAV kanali faoliyatini yuritish uchun ahamiyatli 
bo‘lgan axborot bozorining barcha jihatlarini o‘rganish, uning istiqbollarini, maqsadli 
auditoriyasining o‘ziga xosligini, bozordagi raqobat muhitini va boshqa jihatlarni 
aniqlash maqsadida amalga oshiriladigan tadbirlar majmui. Bunday kampaniyaning bosh 
maqsadi – mazkur OAV kanalining bozordagi mavqeini mustahkamlash, uning ta’sischi 
va rahbarlariga ko‘proq daromad olishda ko‘maklashishdan iborat. U tahririyat noshirlik 
marketingining keng ko‘lamli va eng samarali usuli hisoblanadi.
Marketing kommunikatsiyalari – ommaviy kommunikatsiyalarning o‘ziga xos 
xususiyatga ega qismi, ya’ni maqsadga aniq yo‘nalganligida, xabarlarning ko‘p 
marotaba takrorlanishida, maqsadli auditoriyaga kompleks ta’sir ko‘rsatishda namoyon 
bo‘ladi. Bular sirasiga: reklama, PR (pablik rileyshnz), tijorat targ‘iboti (publicity), 
shaxsiy savdolar (personal sales), sotishni rag‘batlantirish (sales promotion), bevosita 
marketing, brending (branding), direkt-marketing (direct marketing) kabilar kiradi.
Marketing kompleksi – bozorga maksimal darajada ta’sir ko‘rsatish uchun uyg‘un 
tarzda bir biri bilan bog‘lanadigan marketing vositalari majmui. Marketing 
kompleksining asosiy unsuri tovar hisoblanadi (boshqa unsurlari: tovarning narxi, uni 
taqsimlash kanallari – sotish, sotishni ko‘paytirish - ommalashtirish).
Marketing tadqiqotlarinarxni arzonlashtirishga, marketing o‘tkazishga yoki 
tovarlarni taqsimlashga, sotishni ko‘paytirish va daromad miqdorini oshirishga 
qaratilgan faoliyat. Tovarlarni sotishga oid dalillarni to‘plash, ro‘yxatga olish va tahlil 
qilish, ularning ishlab chiqaruvchidan iste’molchiga tomon harakatlanishi, ehtiyojga 
ta’sir ko‘rsatuvchi uslublarni tadqiq etish – sotishni rag‘batlantirish, reklama.
Mahsulot – sotish uchun mo‘ljallangan, narx va iste’molchilik narxiga ega bo‘lgan 
tovar.

Download 1.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling