125
Bozor –
mahsulotlarga talab, narx va taklif shakllanuvchi,
mahsulot aylanmasining
sohasi. Bozor faoliyati ikkita asosiy qonuniyatga bo‘ysunadi: narx qonuniyati va talab
qonuniyati.
Botlar — nayrangboz mualliflarning alohida turi; har qanday Internet
foydalanuvchisi
harakatlariga o‘xshash operatsiyalarni bajaruvchi dasturlar.
Brend – sifatni kafolatlovchi mashhur savdo belgisi. Odatda bir brendni boshqasidan
ajratib olish uchun logotip yoki ramzdan foydalaniladi.
CocaCola va
Nike brendlarga
yorqin misol bo‘la oladi.
Brifing (ing., briefing; brief — “qisqacha” so‘zidan) — rasmiy shaxslarning ommaviy
axborot vositalari vakillari bilan uchrashuvi.
Unda qisqacha tarzda
ma’lum masala
bo‘yicha rasmiy nuqtai nazar
yoki xalqaro muzokaralarda, yig‘ilishlarda,
konferensiyalarda ishtirok etayotgan tomonlar bilan kelishilgan nuqtai nazar,
ularning
jarayoni, tomonlar qarashlari haqidagi xabar va h.k. lar bayon qilinadi.
Bekgraund (varianti: bekgraunder) — voqea atrofidagi “fon” (qo‘shimchalar,
tafsilotlar), unga olib kelgan yoki sabab bo‘lgan narsalar haqidagi ma’lumotlarni ko‘zda
tutadi. Bu shov-shuv, yangilik emas, balki qo‘shimcha va tafsilotlar bo‘lib, ular tasvirlash
shakliga va matn tarkibiga ta’sir ko‘rsatadi. Odatda, bekgraunder bayonnoma tusidagi
yagona va yakunlangan “voqeani” ifodalaydi. U muayyan
bir mavzuni yoritadi yoki
voqea atrofidagi va jurnalistlar tomonidan foydalanilishi mumkin bo‘lgan holatlarni tahlil
qiladi.
Verifikatsiya (ingl. verification) — mantiqiy usullar yordamida qabul qilingan va
uzatilgan axborotlarning muvofiqligini aniqlash.
Vikipediya (Wikipedia) – onlayn ensiklopediya. Mazkur
kontentni tahrir qilishda
tarmoqning har bir foydalanuvchisi ishtirok etishi mumkin. Vikipediyada giperhavolalar
bilan bog‘langan ko‘plab veb- sahifalar mavjud. Bu sahifalar o‘z ichiga turli axborot,
sharh va izohlarni, voqealar tafsilotini, hujjatlarni va b. olgan.
Do'stlaringiz bilan baham: