Ijtimoiy fanlar
Download 1.72 Mb. Pdf ko'rish
|
UMK media PDF
- Bu sahifa navigatsiya:
- Axborot savodxonligi
- Axborotga bo‘lgan ehtiyoj
- Axborotni boshqarish
Axborot savodxonligi – muammolarni tahlil qilish va qarorlar qabul qilish maqsadida
axborotni olish, tushunish, moslashtirish, yaratish, saqlash va taqdim etish uchun zarur bo‘lgan kompetensiyalar (bilimlar, ko‘nikmalar va qarashlar) majmui. Ushbu kompetensiyalar har qanday ta’lim doirasida, o‘quv va kasbiy muhit yoxud o‘z ustida ishlab malakasini oshirish jarayoniga taalluqlidir. Axborot savodxonligi qaror qabul qilish va borliqning dolzarb muammolarini tahlil qilish maqsadida ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan axborotni olish, tushunish, baholash, moslash, generatsiya qilish, saqlash va namoyish qilish uchun kerak bo‘lgan bilimlar, ko‘nikmalar va mahorat majmuasini bildiradi. Bunday bilimga ega bo‘lgan jurnalist quyidagi bazaviy ko‘nikmalarga ega bo‘ladi. Axborotga bo‘lgan ehtiyoj – aynan ma’lum bir ijtimoiy rol va vazifalarni bajarish uchun lozim bo‘lgan axborotni olishga bo‘lgan ehtiyojdir. Aksariyat hollarda iste’molchi u yoki bu maqsadga erishish uchun nimani bilishi zarurligini anglaydi va o‘z qidiruv ishini ma’lum bir natijaga qaratadi. Axborotni boshqarish – axborotni undan foydalanishni еngillashtiradigan tarzda saqlash, izlash va yangilab turish. Axborotni izlashdan tashqari uni tanqidiy baholash va boshqa axborot bilan taqqoslash ham tushuniladi. Blog — 1. Voqealarning internet-jurnali, internet-kundalik, onlayn-kundalik — vebsayt, uning asosiy mazmuni — matn, tasvir yoki multimediadan iborat muntazam qo‘shilib boradigan qaydlar bo‘lib, ular teskari xronologik tartibda keltirilgan, begona resurslarga qisqacha ta’riflar va sharhlar keltirilgan bo‘ladi. Blogning an’anaviy kundalikdan farqlari muhit bilan belgilanadi: bloglar, odatda, ommaviy bo‘lib, muallif bilan ommaviy bahsga kirisha oladigan begona o‘quvchilar borligini ko‘zda tutadi. 2. Personal saytlar, asosan blog egasining shaxsiy qaydlari va foydalanuvchilarning ushbu qaydlarga sharhlaridan tashkil topadi. Blog – odatda bir kishi tomonidan yuritiladigan veb-sayt. Blogda voqealar sharhi, ularning tafsiloti, fotosurat yoki videolar e’lon qilinadi. Blogga kirgan insonlar undagi materiallarga o‘z munosabatini yozib qoldirishi mumkin, ammo blogni faqat uning egasigina tahrir qila oladi. Blogni ba’zida elektron yoki “jonli jurnal” deb ham ataydilar. Download 1.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling