kelishini, uning pasayishi esa kapitalning (milliy kapitalni ham) chet elga oqib chiqib ketishini rag‘batlantiradi.
Kapitallar harakati, ayniqsa, spekulyativ «qaynoq» pullar harakati to‘lov balanslarining nobarqarorligini kuchaytiradi. Operatsiyalarni amalga oshirganda banklar milliy va jahon bozorlaridagi foiz stavkalaridagi farqni e’tiborga oladilar. Ular foyda olish maqsadida chet el bozorida arzonroq kredit olib (pastroq stavkada)
hamda milliy kredit bozoriga, agar foiz stavkalari yuqori bo‘lsa, chet el valyutasini joylashtirishni afzal ko‘radilar.
Valyuta bozori faoliyati va spekulyativ valyuta operatsiyalari. Agar qandaydir bir valyuta kursi pasayishga moyil bo‘lsa, firma va banklar vaqtdan unumli foydalanib, uni yaxshiroq valyutaga sotadilar. Bunda kuchsizlashgan valyuta pozitsiyasi yanada yomonlashadi. Valyuta bozorlari iqtisod va siyosatdagi o‘zgarishlardan, kurs nisbatlari siljishidan tez ta’sirlanadi. SHu bilan birga, ular valyuta spekulyasiyasi imkoniyatlarini va stixiyali tarzdagi «qaynoq» pullar harakatini kengaytiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: