Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar


Joriy va muddatli operatsiyalar


Download 309.98 Kb.
bet65/84
Sana29.03.2023
Hajmi309.98 Kb.
#1308518
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   84
Bog'liq
Банк иши Маърузалар курси 2 курс

Joriy va muddatli operatsiyalar


Xalqaro iqtisodiy, shuningdek valyuta-kredit va moliya, munosabatlari qatnashchilari risk ostida faoliyat ko‘rsatadilar. Bu tijorat risklariga quyidagilarni kiritish mumkin:

  1. shartnoma tuzilgandan so‘ng narxning o‘zgarishi;

  2. importchining tovar qabul qilishdan bosh tortishi, ayniqsa hisob-kitob inkasso shaklida bo‘lganda;

  3. xujjatlardagi yoki tovar uchun to‘lovlardagi hatolar;

  4. valyuta mablag‘larini suiste’mol qilish yoki o‘g‘irlash, ularni qalbakilashtirish;

  5. xaridor yoki qarzdorning to‘lovga noqobilligi;

  6. valyuta kurslarining nobarqarorligi;

  7. inflyasiya;

  8. foiz stavkalarining o‘zgaruvchanligi va boshqalar;

70-yillardan boshlab valyuta va kredit risklarining oldini olish va qoplash uchun yangi usullardan foydalanila boshlandi. Ular qatoriga:

    • valyutaviy opsion (birinchi marta 1973 yil CHikago birjasida qo‘llanila boshlagan)

    • banklararo “svop” operatsiyasi

    • forvard valyuta operatsiyasi

    • valyutaviy fyuchers (1973 yildan boshlab Nyu-York valyuta bozorida, 1972 yildan boshlab CHikago valyuta bozorida va b.).

Yuqorida sanab o‘tilgan operatsiyalarni bir so‘z bilan muddatli valyuta operatsiyalari deb ham nomlash mumkin, banklarda esa ular asosan konversion operatsiyalar nomi bilan ataladi.

O‘z navbatida, barcha valyuta qiymatliklari bilan amalga oshiriladigan operatsiyalar o‘z harakteri va namayon bo‘lish usuliga ko‘ra quyidagilarga bo‘linadi:
1.Spot turidagi valyuta operatsiyalari;
2.Muddatli valyuta operatsiyalari:

      • Forvard tipidagi valyuta operatsiyalari;

      • valyuta opsionlari bilan bog‘liq valyuta operatsiyalari;

      • valyuta fyucherslari bilan amalga oshiriladigan valyuta operatsiyalari.

1.Svop turidagi valyuta operatsiyalari.
SPOT operatsiyalari yoki kassa bitimlari (naqd bitimlar).
SPOT operatsiyasi - bu bitim kunini hisobga olmagan holda ikki ish kuni davomida valyuta ayriboshlash bo‘yicha operatsiyadir.
Spot kurs - bu spot bitim tuzilayotgan vaqtda bir mamlakat valyutasini boshqa bir mamlakat valyutasidagi bahosidir. Spot kurs uning suzib yuruvchi yoki qat’iy belgilangan rejimda ishlashdan qat’iy nazar operatsiya amalga oshirilayotgan vaqtda milliy valyutaning chet ellardagi qadri qancha ekanligini o‘zida aks ettiradi.
Asosan spot bitimlarining kursi - bu telegraf o‘tkazmasi kursidir. spot- kurs ikki xil yo‘l bilan aniqlanadi:

      • valyuta birjasida dillerlarning yuzma-yuz savdo qilishi orqali;

      • birjadan tashqari savdoda dilerlarning o‘zaro telefon orqali savdosida aniqlanadi.

Valyuta kursi sotib olish kursi (xaridor kursi) va sotish kursi (sotuvchi kursi)ga bo‘linadi. Valyuta kotirovkasini amalga oshiruvchi bank valyuta bitimini har doim o‘zi uchun foydali kurs bo‘yicha amalga oshiradi. Banklar xorijiy valyutani har doim qimmatga sotib (sotish bahosi), arzonroqqa sotib olishga (sotib olish bahosi) harakat qiladilar. Bu valyuta-tijorat operatsiyalarning asosiy tamoyilidir.
Sotish va sotib olish kurslari orasidagi farq marja deb atalib, bank xarajatlarini qoplash va qisman valyuta riskini sug‘urtalashga yqnaltiriladi. Agarda bank amalga oshirilgan bitimni xuddi shu kurslar asosida taklif qilingan kontrbitim hisobiga qoplasa, u marja hisobiga foyda kqradi. SHuning asosida banklar valyuta operatsiyalari bo‘yicha mijozlarni ko‘proq jalb qilishdan manfaatdor.
Spot operatsiyalaridan keladigan foyda marjaga (albatta komissiya haqini chegirib tashlasa) teng bo‘lishi ham mumkin.
Umuman olganda spot operatsiyalari bir tomondan qisqa vaqtda yuqori foyda olishga imkoniyat bersa, ikkinchi tomondan mavjud valyuta operatsiyalari orasida risk darajasida eng yuqori bo‘lgan valyuta operatsiyasi hisoblanadi. Sababi shuki, spot operatsiyalarini amalga oshirish vaqti qisqa bo‘lganligi tufayli odatda u sug‘urta qilinmaydi. SHuning uchun banklar payshanba va juma kunlari spot operatsiyalarini katta hajmda amalga oshirmaydilar, chunki bunda spot operatsiyasi muddati uzayib ketadi. Xuddi shu sababga asosan, banklar uzun va qisqa valyuta pozitsiyalarini ham maksimal darajada qasqartirishga harakat qiladilar.
Bu valyutalardan biri bank uchun yaxshi boshqasi yomon deb bo‘lmaydi.

CHunki agarda bank misol uchun AQSH dollariga nisbatan «qisqa» pozitsiga ega bo‘lsa va USD kursi tqsatdan kqtarilib ketsa, bank zarar kqrishi aniq. Kurs oshishi prognoz qilinayotgan vaqtda pozitsiyaning «uzun» bo‘lgani ma’qul.
Agarda valyuta kursi tushib ketishi (USD) prognoz qilinganda «uzun» pozitsiya ijobiy natija bermasligi mumkin. Albatta, o‘z mablag‘larini garovga tikkisi kelmagan banklar valyuta pozitsiyalarini «yopiq» ushlashlari mumkin, lekin bunda ular kurs o‘zgarishdan kelishi mumkin bo‘lgan foydadan ham mahrum bo‘ladilar.
Ikkinchi jahon urushidan keyin valyuta bozorlarida amalga oshiriladigan valyuta operatsiyalarining turlari rivojlanib ketdi. Amalga oshirilishiga kqra valyuta operatsiyalari naqd va muddatli bitimlarga bo‘linadi.
Naqd valyuta operatsiyalari asosan «spot» shartlarida amalga oshiriladi. Buning mohiyati shundaki, valyuta sotish-sotib olish bitimi tuzilgandan keyin tuzilayotgan vaqtdagi kurs bo‘yicha ikkinchi ish kunida naqd valyuta etkazib beriladi. Bu operatsiyalar eng kengtarqalgan bo‘lib, butun valyuta bitimlarining 90 foiziga yaqinini tashqil etadi.
Spot turidagi valyuta bitimlari o‘zida mablag‘ni etkazib berish vaqti bo‘yicha farqlanuvchi uch turdagi bitimni mujassamlashtiradi. Bu operatsiyalar quyidagi jadvalda keltirilgan.

Download 309.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling