Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar


Download 309.98 Kb.
bet78/84
Sana29.03.2023
Hajmi309.98 Kb.
#1308518
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   84
Bog'liq
Банк иши Маърузалар курси 2 курс

Islom fundamentalizmi – hozirgi islomdagi uch oqimdan (traditsionalizm va modernizm bilan birga) biri. Uning asosiy konsepsiyasi islomning fundamental prinsiplariga, ya’ni islom dinidagi dastlabki fundamental g‘oyalarga qaytish demakdir.
Islom traditsionalizmi – hozirgi islomdagi uch oqimdan (fundamentalim va modernizm) biri. Islom traditsionalizmi tarafdorlari o‘rta asr aqidalariga izchil amal qilib, dinni har qanday isloh qilishlariga qarshi chiqadilar.
Islom ekstremizmi” – musulmon mamlakatlari jamiyati hayotida va hukumat siyosatida g‘arbdagi kuchli davlatlar ta’siriga va mustaqillikni yo‘qotish xavfiga qarshi qadimgi islom g‘oyalari va ideallarini qayta tiklash uchun harakat qilayotgan diniy siyosiy guruhlar. Eng ta’sirli eksterimistik guruhlardan biri “Musulmon brodarlari” (“Al-ixvon al-muslimin”) uyushmasidir.
Islom modernizmi – hozirgi islomdagi uch oqimdan (traditsionalizm va fundamentalizm bilan birga) biri. Islom diniy va ijtimoiy ta’limotini yangi zamon sharoitlariga muvofiqlashtirish, islom dinining siyosiy, huquqiy, ijtimoiy muammolariga ta’lluqli aqidalarni yangicha taqdim etish, xo‘jalik hayotini tartibga solish va islom prinsiplari asosida yangi taraqqiyot modellarini, yo‘llarini ishlab chiqish.
Internet – Yagona tilda muloqot qiluvchi kompyuterlarni butun dunyo bo‘ylab (global) tarqalgan tarmog‘idir. U xalqaro teleradio tarmog‘iga o‘xshash hech kimga tobe emas va uning hech dim to‘lashigacha boshqarmaydi. Shunga qaramay u shunday bog‘langanki, go‘yoki u yagona sizga ishlagandek imkon yaratadi.Bugungi kunda internet 190 dan ziyod mamlakatlarda bor 600 mln. ortiq abonentga hizmat qiladi. Kompyuterdan foydalanuvchilar bu til orqali o‘zaro muloqatda bo‘ladilar.
Kuchli davlatdan kuchli jamiyat sari – mustahkam iqtisodiy asosga ega bo‘lgan, demokratik qadriyatlar qaror topgan, ma’naviy-ma’rifiy yuksaklikka erishgan va boshqaruvning demokratik uslublari shakllangan davlatdan jamoat va nodavlat tashkilotlari hal qiluvchi o‘rin tutadigan jamoatchilik fikri, tashabbusi va davlat idoralari ustidan nazorati ustivor ahamiyat kasb etadigan, fuqarolar o‘zini-o‘zi boshqarish idoralirining roli muttasil ortib boradigan jamiyatga o‘tish konsepsiyasi.
Kuchli davlat – omma faoliyatiga asoslangan kuchli boshqaruv tizimiga, rivojlangan iqtisodiyot, yuksak ma’naviyatga ega bo‘lgan davlat. Bunday davlat mustahkam iqtisodiy, huquqiy va ma’naviy asosga ega bo‘ladi. Uning qudrati fuqarolar hamjihatligi, jamiyatdagi do‘stlik va bag‘rikenglik, har bir fuqaroning onglilik darajasi, davlat boshqaruvidagi faol ishtirokiga asoslanadi.
Korrupsiya – (lotincha “coruptio” – poraga sotish, aynish, tanazzul) – mansabdor shaxsning boyish maqsadida o‘z mansabi bilan bog‘liq huquqlarni suiste’mol qilishdan iborat jinoyat. Korrupsiya eng qadimiy jamiyatlardan biri: Qaerda davlat bo‘lsa, davlat apparatining turli tarmoqlarida, pastdan yuqorigacha, korrupsiya butun jahonga yoyilgan jinoyatlardan biridir. Bu masala bilan hattoki birlashgan millatlar tashkiloti alohida shug‘ullanib maxsus kurslar qabul qilingan va korrupsiyani quyidagicha ta’riflagan:
1) Mansabdor shaxslar tomonidan davlat mulkini o‘g‘irlash, talon-taroj qilish va o‘zlashtirish;
2) Noqonuniy foyda olish uchun o‘z xizmat lavozimini suiste’mol qilish;
3) Ijtimoiy burch va shaxsiy tamagirlik manfaatlar o‘rtasidagi ziddiyat.

Download 309.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling