Ijtimoiy yordam xizmatlari - bevosita vazifasi aholining ijtimoiy zaif toifalariga har xil ixtisoslikdagi mutaxassislarning birgalikdagi faoliyati asosida turli ijtimoiy xizmatlar kompleksini ko‘rsatishdan iborat bo‘lgan davlat va nodavlat tashkilotlar;
Ijtimoiy xizmatlar yetkazib beruvchilar — ijtimoiy soha tashkilotlari, ijtimoiy yordam xizmatlari, hamda ijtimoiy xizmatlar yetkazib beruvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar.
Ijtimoiy xizmatlar oluvchilar — ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatiladigan shaxslar;
Og‘ir turmush sharoitidagi shaxslarni aniqlash — og‘ir turmush sharoitidagi shaxslarga o‘z vaqtida yordam ko‘rsatish, ularning ahvoli yomonlashishini oldini olish, hamda ularning turmush sharoitini og‘irlashishiga, o‘zlarining asosiy hayotiy ehtiyojlarini mustaqil ravishda qondirish imkoniyatlarini pasayishiga asos bo‘lgan sabablarni aniqlash va bartaraf etish maqsadida davlat organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, jamoat tashkilotlari, ijtimoiy xizmatlar yetkazib beruvchilar tomonidan bunday shaxslarni faollik bilan izlashga qaratilgan chora-tadbirlar tizimi;
Ijtimoiy xizmat ko‘rsatishning yakka tarzdagi dasturi — ijtimoiy xizmatlar yetkazib beruvchining vakolatli xodimi tomonidan ijtimoiy xizmatlarni oluvchi yoki uning qonuniy vakilining faol ishtirokida va oluvchining turmush sharoitining baholanishi asosida ishlab chiqiladigan hujjat; unda ijtimoiy xizmatlar turi va ularni ijtimoiy kuzatib borish bo‘yicha chora-tadbirlar, ularning hajmi, davriyligi, yetkazib berish shartlari va muddatlari, mas’ul shaxslar hamda ijtimoiy xizmatlarni oluvchi yoki uning qonuniy vakilining majburiyatlari tavsifi beriladi;
Ijtimoiy kuzatib borish — og‘ir turmush sharoitida bo‘lgan shaxsga o‘z huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ro‘yobga chiqarish uchun ijtimoiy xizmatlar yetkazib beruvchining tegishli tashkilot va jismoniy shaxslarni jalb qilish, hamda ushbu tashkilot va shaxslarning faoliyatlarini muvofiqlashtirish orqali beradigan ko‘magi;
Do'stlaringiz bilan baham: |