Ijtimoiy ishga kirish fan majmuasi


O‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz yashaydigan keksalar va nogironlar (yolg‘iz yashaydigan keksalar va nogironlar)


Download 1,59 Mb.
bet68/71
Sana25.01.2023
Hajmi1,59 Mb.
#1119931
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   71
Bog'liq
b9475ad9c0a2d5f6856ab9d8845e178a Ijtimoiy ishga kirish

O‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz yashaydigan keksalar va nogironlar (yolg‘iz yashaydigan keksalar va nogironlar) — yolg‘iz yashaydigan yoki keksalar va nogironlar, voyaga yetmagan bolalar yoxud qamoqda va jazoni o‘tash muassasalarida, uzoq muddat davolanishda bo‘lgan shaxslar bilan birga yashaydigan o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan pensiya yoshidagi shaxslar (60 yoshga yetgan erkaklar, 55 yoshga yetgan ayollar) hamda I va II guruh nogironlari;

O‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz yashaydigan hamda yolg‘iz keksalar va nogironlarning shaxsiy ro‘yxati (Shaxsiy ro‘yxat) — yolg‘iz yashaydigan yoki yolg‘iz keksalar va nogironlar deb hisoblash to‘g‘risida tuman (shahar) hokimining tegishli qarori qabul qilingan shaxslar ro‘yxati;

Ijtimoiy yordam — keksalar va nogironlarga beriladigan nafaqalar va boshqa to‘lovlar, imtiyozlar, natura tarzidagi yordam (oziq-ovqat mahsulotlari, kundalik ehtiyoj gigiena tovarlari, reabilitatsiyaning texnik vositalari va boshqalar);

Ijtimoiy xizmatlar — keksalar va nogironlar hayoti sifatini oshirishga, ularga jamiyat hayotida qatnashish uchun boshqa fuqarolarga teng bo‘lgan imkoniyatlar yaratishga va(yoki) o‘zining bazaviy hayotiy ehtiyojlarini mustaqil ravishda ta'minlash imkoniyatlarini kengaytirishga yo‘naltirilgan chora-tadbirlar va xatti-harakatlar kompleksi;

Ijtimoiy xizmat standarti — vakolatli davlat boshqaruvi organlari tomonidan ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatuvchilarga nisbatan xizmatlar sifatini ta'minlash bo‘yicha belgilangan talablar, ular xizmatlar tavsifini, xizmatlar ko‘rsatish shart-sharoitlarini, muddatlarini, ijtimoiy xizmatlarning sifati va natijadorligi ko‘rsatkichlarini o‘z ichiga oladi;

Ijtimoiy ko‘maklashish xizmatlari — yuridik va jismoniy shaxslarni jalb etish hamda ularning xatti-harakatlarining kelishilganligini ta'minlash yo‘li bilan keksalar va nogironlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini amalga oshirishda ko‘maklashish.

Qochoq - irqi, dini, millati, biron-bir ijtimoiy guruhga tegishliligi yoki siyosiy qarashlari uchun ta’qib qilinayotgan insondir.


Download 1,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling