Ijtimoiy ishga kirish fan majmuasi
Mustaqil ta'lim mavzularining soatlarda taqsimoti
Download 1.59 Mb.
|
b9475ad9c0a2d5f6856ab9d8845e178a Ijtimoiy ishga kirish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jami
- Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti
- Aholining ijtimoiy zaif toifalari
- Ijtimoiy soha tashkilotlari
Mustaqil ta'lim mavzularining soatlarda taqsimoti
GLOSSARIY Salomatlik (sog’lik) - har qanday tirik organizmning o’zi va uning barcha a’zolari o’z vazifalarini to’liq bajara oladigan holati: nuqsonlar, kasalliklarning yo’qligi (salomatlik tushunchasining batafsil ta’rifi quyida keltirilgan). Salomatlikni o’rganadigan fanlarga dietologiya, farmakologiya, biologiya, epidemiologiya, psixologiya (salomatlik psixologiyasi, rivojlanish psixologiyasi, eksperimental va klinik psixologiya, ijtimoiy (sotsial) psixologiya), psixiatriya, pediatriya, tibbiy sotsiologiya va tibbiy antropologiya, psixoxigina, defektologiya va boshqalar kiradi. Inson salomatligini muhofaza qilish (sog’liqni saqlash) - davlatning vazifalaridan biridir. Dunyo miqyosida inson salomatligini saqlash bilan Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti (JSST) shug’ullanadi. Butunjahon salomatlik kuni har yili 7 aprel kuni nishonlanadi, Butunjahon ruhiy salomatlik kuni - 10 oktyabr. Og‘ir turmush sharoitida qolgan shaxslar - asosiy hayotiy ehtiyojlarini (xavfsizlik, sog‘liqni saqlash, ovqat, kiyim, yashash joyi, ta’lim, muloqot) mustaqil ravishda qondirishga hamda hayot faoliyatlarini ob’ektiv holda buzuvchi vaziyat natijasida qonun bilan kafolatlangan huquqlarini amalga oshirishga layoqatsiz shaxslar, shu jumladan: qarilik, kasallik, jarohat, nogironlik, yoki jismoniy va (yoki) ruhiy rivojlanish nuqsonlari sababli shaxs tomonidan o‘ziga-o‘ziga xizmat ko‘rsatish, mustaqil harakatlanish, asosiy hayotiy ehtiyojlarini mustaqil ravishda qondirish qobiliyati yoki imkoniyatining to‘liq yoki qisman yo‘qolishi; Aholining ijtimoiy zaif toifalari - davlat va jamiyatning alohida himoyasiga va yordamiga muhtoj va og‘ir turmush sharoitiga tushish xavfi yuqori bo‘lgan shaxslar, Ijtimoiy xizmatlar - og‘ir turmush sharoitida qolgan shaxslarning (oilalarning) hayoti sifatini oshirishga, jamiyat hayotida boshqa fuqarolar bilan teng holda ishtirok etish uchun imkoniyat yaratishga va (yoki) o‘zlarining asosiy hayotiy ehtiyojlarini mustaqil ravishda qondirish imkoniyatlarini ko‘paytirishga qaratilgan yordam ko‘rsatish bo‘yicha chora-tadbirlar kompleksi; Ijtimoiy soha tashkilotlari - barcha aholiga umumiy ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatuvchi va asosiy vazifasi og‘ir turmush sharoitidan chiqib ketishda yordam ko‘rsatishdan iborat bo‘lmagan davlat va nodavlat tashkilotlari (ta’lim, davolash-profilaktika, madaniyat, sport va hordiq chiqarish muassasalari); Download 1.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling