Ijtimoiy ishga kirish fan majmuasi
Download 1.59 Mb.
|
b9475ad9c0a2d5f6856ab9d8845e178a Ijtimoiy ishga kirish
- Bu sahifa navigatsiya:
- SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETINING
Izoh: Ikkinchi ustunchaga qatnashchilar tomonidan fikr bildiriladi. Mazkur tushunchalar haqida qo‘shimcha ma’lumot glossariyda keltirilgan. Ushbu berilgan topshiriqlar sizga yordam tariqasida tavsiya etilmoqda. Har bir topshiriqni bajarib shaxsiy lichkamga tashlang.Bajarilgan topshiriqlarni mazmuni sifati e’tiborga olinadi. O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETININGKATTAQO‘RG‘ON FILIALIBIZNESNI BOSHQARISH KAFEDRASI “IJTIMOIY ISHGA KIRISH” FANIDAN TA‘LABALARNING MUSTAQIL TA‘LIMI UCHUN VAZIFALAR ISHLANMASI “IJTIMOIY ISHGA KIRISH” FANIDAN MUSTAQIL TA'LIMNI TASHKIL ETISHNING SHAKLI VA MAZMUNI Mustaqil ta'limning turli xil shakllari mavjud bo‘lib, asosiy e'tibor talabalarning berilgan mavzularni (amaliy masalalar, topshiriqlar va h.k.) mustaqil ravishda, ya'ni auditoriyadan tashqarida bajarishi, o‘qib o‘rganishi, izlanishi va tegishli yo‘nalish bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlari va ko‘nikmalarini chuqurlashtirishiga qaratiladi. Talabalarning mustaqil ishlarini tashkil etishda “Ijtimoiy ishga kirish” o‘quv fanining xususiyatlarini hisobga olgan holda quyidagi holatlarga e'tibor qaratish tavsiya etiladi: -darsliklar va o‘quv qo‘llanmalarning barcha mavzularini chuqur o‘rganish; -o‘rganilgan mavzular mazmunini maxsus adabiyotlar bilan ishlash orqali to‘ldirish; -talabalarning o‘quv-ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan mavzularni chuqur o‘rganish; -talabalarning o‘z-o‘zini tarbiyalashi va kamol toptirishiga imkon beradigan omillar va metodlardan faol foydalanish; -nazariy va seminar mashg‘ulotlar jarayonida talabalarni ijodiy faoliyatga yo‘naltirish, ularda tahlil qilish, mustaqil ishlashga va mashqlar bajarish ko‘nikmalarini shakllantirish; -fanning dolzarb muammolarini qamrab oluvchi loyihalar tayyorlash; -nazariy bilimlarni amaliyotda qo‘llash hamda amaliyotdagi mavjud muammolarning yechimini topish; -o‘rganilayotgan mavzu bo‘yicha asosiy ilmiy adabiyotlarga annotatsiya yozish va boshqalar. Talabalarning mustaqil ta'limini tashkil etish tizimli tarzda, ya'ni uzluksiz va uzviy ravishda amalga oshiriladi. Talaba olgan nazariy bilimini mustahkamlash, shu bilan birga navbatdagi yangi mavzuni puxta o‘zlashtirishi uchun mustaqil ravishda tayyorgarlik ko‘rishi kerak. “Ijtimoiy ishga kirish” fanining nazariy materiallarini mustaqil ishlashga bag`ishlangan bo`lib, berilgan mavzu bo`yicha seminar mashg`ulotlarga tayyorgarlik ko`rish bilan belgilanadi. Mustaqil ravishda talaba mavzuga oid ilmiy maqola yoki yozma tavsif yozgan talabaga maksimal 10 ball beriladi. Download 1.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling