Ijtimoiy xizmat ko‘rsatish shakllari - Ijtimoiy xizmatlar quyidagi shakllarda ko‘rsatiladi:
yashash joyi bo‘yicha maslaxat berish va ijtimoiy kuzatib borish;
uyda parvarishlash;
kunduzgi yoki qisqa muddatli turish muassasalari;
krizis markazlari;
internat muassasalari.
Ijtimoiy xizmat standarti — davlat boshqaruvining vakolatli organlari tomonidan ijtimoiy xizmatlar sifatini ta’minlash bo‘yicha ijtimoiy xizmatlar yetkazib beruvchilarga nisbatan o‘rnatilgan va o‘z ichiga ijtimoiy xizmat tavsifi, uni ko‘rsatish shartlari, sifat ko‘rsatkichlari va natijalarini olgan talablar;
Qariyalar — qonunga binoan nafaqa yoshiga yetgan shaxslar (erkaklar 60 yosh va undan yuqori, ayollar 55 yosh va undan yuqori).
Ijtimoiy xizmatlarning yakka tartibdagi dasturi — yolg‘iz yashaydigan hamda yolg‘iz keksalar va nogironlarning yashash holatini baholash asosida ishlab chiqiladigan, ijtimoiy xizmatlarning va ijtimoiy yordam bo‘yicha xizmatlar ro‘yxatini, ularning hajmlarini, ularni ko‘rsatishning davriyligini, shart-sharoitlari va muddatlarini, shuningdek mas'ul shaxslarni, shu jumladan yolg‘iz yashaydigan hamda yolg‘iz keksa va nogironning yoki uning qonuniy vakilining majburiyatlari tavsifini o‘z ichiga oladigan hujjat;
Internat muassasalari — keksalar va nogironlarga ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatadigan nogironlar uchun «Muruvvat» internat-uylari, keksalar va nogironlar uchun «Saxovat» internat-uylari, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining Urush va mehnat faxriylari uchun respublika pansionati;
Fuqarolar yig‘inining ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha komissiyasi (ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha komissiya) — qonunchilikka muvofiq aholining zaif toifalarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etiladigan fuqarolar yig‘ini komissiyasi, uning tarkibiga fuqarolar yig‘ini raisi, uning maslahatchilari va mas'ul kotibi, komissiya tarkibiga saylangan fuqarolar yig‘ini hududida yashaydigan shaxslar, tuman (shahar) tibbiyot birlashmasining xodimi, davolash-profilaktika muassasasining vrachi, shuningdek, zarurat bo‘lganda, tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyasining, tuman (shahar) hokimligi moliya bo‘limining vakillari va ichki ishlar organlarining profilaktika bo‘yicha inspektori kiradi;
Do'stlaringiz bilan baham: |