Ijtimoiy-pedagogik tadqiqotlar p f. f d., (PhD) dotsent N. T. Тоsheva


Download 0.57 Mb.
bet6/10
Sana07.02.2023
Hajmi0.57 Mb.
#1176113
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
3-маъруза (2)

Ajratish mexanizmi. Bu mexanizm ijtimoiylashuv mexanizmi sifatida inson oʻzi uchun yomon taassurotlardan voz kechishi bilan bogʻliq. Ajratish mexanizmi, odatda, nizolarni hal qilishda kuzatiladi.
  • Oʻz-oʻzini cheklash mexanizmi. Bu mexanizm ijtimoiylashuv jarayonida muhim oʻrin tutadi. Agar tarbiyalanuvchiga uning yutuqlari doʻstlarinikidan koʻra ahamiyatsizroq tuyulsa, uning o‘ziga nisbatan hurmati pasayadi, yomon oʻqiy boshlaydi. Bu esa uning oʻz “Men”ini cheklab qoʻyishi va qiyinchiliklar oldida
  • ojiz qolishi, demakdir. Baʼzi hollarda oʻz-oʻzini cheklash mexanizmini qoʻllashni oqlasa boʻladi. Chunki bu holatda moslashuv sodir boʻlishi mumkin. Biroquzoq muddatli oʻz-oʻzini cheklash oʻz-oʻziga baho berishning pasayishiga olib keladi.
  • Oqibatda bola oʻz salohiyatini bilmay turib, ilk muvaffaqiyatsizlikdan soʻng boshlagan ishini tashlab qoʻyib, oqimga qarab suza boshlaydi;
  • Loyihalash mexanizmining mohiyatini oʻz kamchiliklarini boshqalarga tegishli, deb hisoblash tashkil qiladi. Oʻziga yoki boshqalarga qarshi krratilgan salbiy hissiyotlar yordamida inson oʻziga boʻlgan hurmatni saqlab qoladi. Shubhali inson boshqalardan gumonsiraydi, xudbin hammani xudbin deb hisoblaydi. Identifikatsiyalash ijtimoiylashuvning yana bir asosiy mexanizmidir. Identifikatsiya jarayonida tarbiyalanuvchi xayolan oʻzini oʻrtoqlari bilan qiyoslaydi. Identifikatsiya obyekti nafaqat real insonlar, balki tasavvurlardagi insonlar ham boʻlishi mumkin. Identifikatsiyaning toʻliq, qisman, ongli, ongsiz turlari mavjud. Identifikatsiya mexanizimi introyeksiya mexanizimi bilan juda bogʻliq. Bunda boshqalarning xislatlari, goʻyoki “ketmaket terilganday” maxsus oʻzgartirilmagan holda bola ongida oʻzlashtirib olinadi. Garchi bu mexanizm xayolan amalga oshirilsada, uning natijalarini anglab olish unchalik murakkab emas.
  • Empatiya mexanizmi boshqa odamning hissiy qolatiga hamdard boʻlish. Bu mexanizm hissiyotga boy shaxslarning ijtimoiylashuvida muhim ahamiyatga ega.
  • Intellektuallash uv mexanizmida katta yoshdagi tarbiyalanuvchi abstrakt fikrlay boshlaydi va vaziyatdan chiqib ketish yoʻlini oʻzi uchun emas, goʻyoki boshqa odam uchun qidiriyotgandek tuyuladi. Bu mexanizm tarbiyalanuvchi hayotiy muhim muammolarga (kasallik, boshqa maktabga oʻtish, institutga kirish) duchor boʻlganda namoyon boʻladi. Harakatlari bekor qilish mexanizmi fikr, hissiyot, harakatlarni susaytirish uchun qoʻllaniladi. Tarbiyalanuvchi kechirim soʻraganida, uning xatolarining kechirilishi va sof vijdon bilan faoliyatini davom ettirishiga ishonadi. Koʻpchilik shu tarzda komillikka erishadi.
    Download 0.57 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling