Ijtimoiy-pedagogik tadqiqotlar p f. f d., (PhD) dotsent N. T. Тоsheva


Download 0.57 Mb.
bet5/10
Sana07.02.2023
Hajmi0.57 Mb.
#1176113
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
3-маъруза (2)

Ijtimoiy himoya - keng maʼnoda - mamlakat aholisini ijtimoiy va moddiy muhofaza qilinishini taʼminlaydigan va jamiyatda qaror topgan xuquqiy, iqtisodiy, ijtimoiy choratadbirlar majmui; tor maʼnoda - davlat va jamiyatning yoshi, salomatligi holati, ijtimoiy ahvoli, tirikchilik vositalari bilan yetarli taʼminlanmagani tufayli yordamga, koʻmakka muhtoj fuqarolar toʻgʻrisidagi gʻamxoʻrligi. Uning asosiy maqsadi aholi farovonligining toʻxtovsiz yaxshilanishini taʼminlash, aholi qatlamlarining taʼlim, madaniyat, kasb malakasi, daromadlari jihatidan keskin tafovutlariga barham berish, jamiyat tomonidan insonga munosib hayot darajasini va inson taraqqiyotini taʼminlashga yordam berishdan ibo-rat. I.h.ning asosiy yoʻnalishlari: erkin ijtimoiyiqtisodiy faoliyat koʻrsatishni taʼminlash; ish bilan bandlik, kasb tanlash, oʻqish va bilim olish; daromadlarning kafolatlanishi; har bir fuqaroning oʻz iqtisodiy faoliyatida daromadga ega boʻlishi; is-teʼmolchilar himoyasi, isteʼmolchilar jamiyatlari; tovarlar va xizmatlar sifati, isteʼmol kafolatini taʼminlash; aholiga tibbiy xizmat koʻrsatish; ijtimoiy taʼminot tizimi va aholining muhtoj, kam taʼminlangan qismlariga pensiyalar, nafaqalar, turli xil imtiyozlar berish.
  • Ijtimoiylashuv mexanizmlari Insonning ijtimoiylashuvi turli omillar, agentlar bilan hamkorlikda va bir qator mexanizmlar asosida amalga oshadi. Fransuz olimi Gabriel Tard, amerikalik Uri Bronfenbrener, rus olimlaridan V. S. Muxina va A. V. Petrovskiylarning tadqiqotlarida ijtimoiylashuv mexanizmlariga turlicha yondashuvlar keltiriladi. Mavjud maʼlumotlarning umumlashtirilishi quyidagi mexanizmlarni alohida ajratib koʻrsatish imkonini beradi: I. P. Podlasыy tasnifi boʻyicha, ijtimoiylashuv mexanizmlari quyidagilardan iborat:
  • Bostirish mexanizmi. Uning mazmuni muayyan gʻoya, fikr, xohish, istaklarni ongdan chiqarib tashlashdan iborat. Bu mexanizmning tashqi va ichki turlari mavjud. Ichki mexanizm ham oʻz oʻrnida ixtiyoriy va gʻayri ixtiyoriyga bulinadi. Gʻayriixtiyoriy mexanizm unutishdir. Ixtiyoriy bostirish mexanizmi iroda kuchi bilan amalga oshiriladi. Tashqi bostirish mexanizmi tarbiyaning keng tarqalgan usulidir.

  • Download 0.57 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling