Ijtimoiy-pedagogogika tarixi guvohlik beradiki, ragʻbatlantirishi va jazolash - bola shaxsiga ta’sir qilishining murakkab usullari. Ragʻbatlantirish va jazolash bir maqsadga yoʻnaltirilgan - ya’ni ma’lum axloqiy sifatlarni bola xarakterida shakllantiradi. Lekin bu maqsad turli yoʻllar bilan amalga oshiriladi: ragʻbatlantirish harakat va holatni ma’qullaydi, jazolash notoʻgʻri harakat va faoliyatni qoralaydi, unga yomon baho beradi. Jazolash va ragʻbatlantirish bola harakati va uning oqibati orasidagi muqarrar boqliqlikni eslatadi (ragʻbatlantirish - qoniqish, jazo - norozilik). Ijtimoiy pedagogning amaliy faoliyatida bu metodlarning turli xil turlari qoʻllanilishi mumkin. Modomiki, bolalarda adashish va xato qilish xos ekan, qayta ishontirish, ogohlantirish, qiziqishlarini oʻzgartirish va jazolash metodlarni qoʻllash mumkin. Qayta ishontirish bola ongidan notoʻgʻri tasavvurlar, xato hayotiy rejalarni, aqliy tasavvurlar va qarashlar orqali surib chiqarish.Bu ishontirish metodining bir turidir . Ogohlantirish ijtimoiy pedagog va pedagog faoliyatiga keng qoʻllaniladi va u bola notoʻgʻriharakatni oldini oladi va notoʻgʻri faoliyatga yoʻl qoʻymaydi. Yuqorida koʻrib chiqilgan metodlar ijtimoiy pedagogikada alohda emas balki bir - biri bilan bogʻiq holda qoʻllaniladi. - ЭЪТИБОРИНГИЗ УЧУН
- РАХМАТ!
Do'stlaringiz bilan baham: |