Ikki kinoqissa − bir maqsad
Download 23.78 Kb.
|
1 2
Bog'liqB.Boymatov. Ikki kinoqissa-bir maqsad
- Bu sahifa navigatsiya:
- FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
Er-u xotin yuzlariga tabassum yoyiladi.
Olloh eshitdi! Eshitdi!.. – deydi yuzi samoviy bir dardda nurlanib Gulzoda. Eshitdi! Eshitdi!.. – deydi quvonchi vujudidan toshib-toshib Mardon”(2, 162) Asar bugungi kunning eng dolzarb muammosi XXI asr vabosi OITS va uning oqibatlari, harom-harish ishlarning oqibati mana shunday achinarli ekanligi haqida. Bu asarni yozishdan maqsad yosh avlodni ham ma’nan, ham jismonan, ham ruhan pok bo‘lishga yo‘naltirish degan fikrdamiz. Asar qahramonlarining ayanchli qismati, xiyonatchilarning tuzalmas dard ila jazolanishi, Mansur akaning o‘limi kitobxon va tomoshabinlarning kerakli xulosa chiqarishlariga xizmat qiladi. Ikkinchi kinoqissaning nomi “Yo‘qolgan odam” bo‘lib, asarda o‘smirlar hayotida uchrab turadigan, bugungi kun xabarlarida, ijtimoiy tarmoqlarda ko‘p bora duch kelganimiz – ichkilikbozlik oqibatida kelib chiqadigan yomon oqibatlar, jumladan, pichoqbozlik haqida hikoya qilinadi. Asarning barcha voqealari kollej bitiruvchilarining yig‘ilishi va u yerdagi ikki yigitning janjallashuvi natijasida yuz bergan pichoqbozlikdan boshlanadi. Ichkilik ortidan chiqqan tortishuv natijasida do‘sti Sobirni pichoqlab qo‘ygan Davron qo‘rqib shu ondayoq qochib dalada yashirinib oladi, vahimaga tushib tongda shaharga qochib ketadi. Katta shaharda asar qahramoni ko’p qiyinchiliklarga uchraydi, yaxshi va yomon insonlarga duch keladi. Ismini Samad deb o‘zgartirib yashirinib yurishiga to‘gri keladi. Davronni vijdon azobi tinimsiz azoblaydi, “o‘ldi” degan ovoz ta’qib qilaveradi. Bu azobdan qutulish maqsadida o‘z joniga qasd qilmoqchi bo‘lib, yaxshi insonlar borligi sabab o‘lim changalidan qutulib qoladi. Oxir oqibatda, bir yillar chamasi o‘tgach, qilgan xatosini tushunib yetadi. “Samad”ning tavba qilishi kinoqissaning eng ta’sirli nuqtalaridan. Hayit namozini Farhod ismli yigitga qo‘shilib o‘qigan Davron chin dildan tavba qildi va vijdoni oldida poklandi. “Yigitlar namoz o‘qiyaptilar. Farhod yoqimli ovozda qiroat qilyapti. Davronning ko‘zlaridan noxos yosh oqa boshlaydi. U yuzlaridan oqqan ko‘z yoshlariga parvo qilmay, yelkalari titrab namoz rusumlarini bajo qilyapti. Farhodning qiroati allaqanday salobatli, dilo‘rtar qiroat bilan almashadi. Bu o‘sha – osmonlardan kelib ko‘ngil ko‘zini ochadigan, odamga o‘zining kimligini bildiradigan, ruhlardan tumanni quvib, majot yo‘li qayerdaligini anglatadigan sado…”(2, 204,205). Shunday qilib Davron qilmishi uchun javob berishi kerakligini tushunib yetadi, o‘z-o‘zini aldab, o‘zidan berkinib yashay olmasligini bilgan “qotil” qishloqqa qaytadi. Qaytish oldidan o‘z ismini oshkor qilib, Samaddan Davronga qaytadi, ammo u eski Davron emas, ulg‘aygan, tavba qilgan asl Davron edi. “Men Samad emasman… Sa’dulla aka!.. Farhod!.. Tohir! Tohir!.. Men – Davronman! Davron!”(2, 207) deya o‘zini oshkor qiladi musofirchilikda qo‘llagan do‘stlariga. Qaytganida ne ko‘z bilan ko‘rsinki, do‘sti tirik. Sobir qonni ko‘rib qo‘rqib hushdan ketgan, uning hushdan ketishi va boshqa yigitlarning “o‘ldi” degan vahimasi Davronni qo‘rqitib, qochib ketishga undagan ekan. Faqat voaealar rivoji davomida bu janjal sabab jabrlanuvchi ham, pichoq ko‘targan ham qolib, Sobirning onasi vafot etgani ayon bo‘ladi. Kitobxonlar Sobirning dadasi Abdurayim aka tilidan bu voqeadan xabardor qilinadi. “Xolangni o‘zi yuragi yomon edi, “Sobir o‘ldi” deb yugurib kelishganda, bir “voh” dedi-da, yiqildi… Xullas bir bahona-yu sabab, Olloh oladiganini oldi!..” (2, 208) deya hikoya qiladi Abdurayim aka. Davron qilgan ishi sabab bir yil umri behuda o‘tgani, ota-onasining siqilishlari, Sobirning onasi bevaqt vafot etgani, sevgan qizi – Dunyodan ayrilgani qoladi. To‘g‘ri, u o‘zgardi, saboq oldi, xulosa chiqardi, ammo ungacha bo‘lgan yo‘lda qaytarib bo‘lmas yo‘qotishlarga uchradi. Har ikkala kinoqissani o‘qib chiqib shunday xulosaga kelish mumkinki, bu ikki asar o‘smirlar, yoshlar uchun mo‘ljallab yozilgan. Yana bir muhim jihati, asarning aynan kinoqissa janrida yaratilganligidir. Boshqa janr emas aynan kinoqissada bu gaplarni aytish ma’lum bir maqsadga asoslangan. Gap shundaki, yosh avlodning kitobga, mutolaaga bo‘lgan qiziqishi kamayib bormoqda. Aksariyat yoshlar kitobdan ko‘ra televizor, telefon, internetni afzal ko‘rishlari bor gap. Shuni nazarda tutgan holda bu ikki asarda ilgari surilgan g‘oyalar kinoqissa shaklida yozilgan deyishga qaysidir ma’noda haqlimiz. Ya’ni kinoqissani ham o‘qish, u asosida film ishlansa, ham tomosha qilish mumkin, qolaversa, kinoqissa anchayin ixcham janr bo‘lib, mutola qilishda ko‘p vaqt talab qilmaydi. Ushbu kinoqissalarning maqsadi ayon: odamiylik qiyofasini saqlab qolish, iymoni mustahkam, halol, qo‘rqmas, haqiqatga tik qaraydigan yoshlarni tarbiyalash. Fahsh, ichkilikbozlik, OITS kabi illatlarning yomon oqibatlarga olib kelishi borasidagi xulosani yana bir bor eslatish, yoshlarni xushyorlikka chorlashda bu kabi asarlar dolzarb ahamiyat kasb etadi. Bu kabi sermazmun, didaktik yuk tashiydigan, qolaversa, yoshlar uchun mo‘ljallangan asarlarni kinoqissa janrida yozishning afzal tomonlari haqida yuqorida aytib o‘tdik. Tez oʻqiladigan va tez tushuniladigan sodda tilda yozilgan bu asarlarning obrazlari jonli, hayotiy, voqealar real, haqiqatga teskari emas. Har ikki asarda ham epizodlar qisqa, tez-tez almashadi, zeriktirmaydi. Tasvirlar kinobop. Kinoqissalardagi personajlarning so‘zlari, xatti-harakatlari koʻrib bilib yurganimiz, insonlarnikidek, yasamalik yoʻq. Usmon Azim biz so‘z yuritgan ikki kinoqissasi bilan o‘zbek kinoqissachiligi rivojiga munosib hissa qo‘shgan desak, mubolag‘a bo‘lmas. Bu asarlarning nafaqat mazmuni, balki badiiyati, shakli ham badiiy adabiyot talablariga to‘la javob beradi. Usmon Azim milliy kinoqissachiligimizning rivojiga bundanda ko‘p, bundan ham o‘tkir mavzulardagi asarlari bilan xizmat qilishiga ishonamiz. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR Адабий турлар ва жанрлар. Уч жилдлик. I-жилд. –T.: «Фан», 1991. –382 б. Азим У. Жимлик. –T.: Ғафур Ғулом номидаги нашриёт-матбаа ижодий уйи, 2012. –320 б. Азим У. Жоду. –T.: «Шарқ» нашриёт-матбаа АК бош таҳририяти, 2003. –334 б. Quronov D. Adabiyot nazariyasi asoslari. –T.: Navoiy universiteti, 2018. –480 b. Umurov H. Adabiyotshunoslik nazariyasi. –T.: A.Qodiriy, 2004. –260 b. Йўлдош Қ. Бадиий таҳлил асослари. –T.: «KAMALAK», 2016. –464 б. Download 23.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling