Ildiz mevalarni saqlash va dastlabki qayta ishlash texnologiyasi
-Mavzu. LAVLAGI SHARBATINI AJRATISH JARAYONI
Download 1.04 Mb.
|
portal.guldu.uz-ILDIZ MEVALARNI SAQLASH VA DASTLABKI QAYTA ISHLASH TEXNOLOGIYASI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Shnekli diffuziya apparatini tuzilishi va ishlash prinsipi.
6-Mavzu. LAVLAGI SHARBATINI AJRATISH JARAYONI
Lavlagi qirindisidan difuzion sharbat olish jarayoni quyidagicha bo‘lib o‘tadi. Lavlagi ildizmevalari diffuzion usulda sharbat olish uchun birinchi navbatda qirindi holatigacha qirqiladi va keyinchalik issiq suv bilan qayta ishlov beriladi. Bunda deyarli barcha qand va bir qisim erigan qandmas moddalar sekin – asta suvga o‘tadi, buning oqibatida qirindidagi saxaroza miqdori kamayib suvdagi miqdori esa ortib boradi. Diffuziya jarayoni konsentratsiyani gradiyenti ta’siri ostida amalga oshib suvga o‘tayotgan moddaning konsentratsiyasi qirindi va atrof – muxitda deyarli bir xil bo‘lib qolganda tugaydi. Lavlagi sharbatini sifatiga nisbatan diffuziyalangan sharbatni sifati har doim yuqori bo‘ladi, sababi lavlagi devorlarini to‘qimalarida bir qism qand emas moddalarni ushlanib qolishi bilan bog‘liq. Lavlagidan qand ishlab chiqaruvchi zavodlarda hozirgi paytda uzluksiz ishlaydigan sutkasiga ming tonnadan 4,5 ming tonnagacha lavlagini qayta ishlash quvvatiga ega bo‘lgan diffuzion apparatlar keng qo‘llanilmoqda diffuzion apparatlarda bo‘lib o‘tadigan jarayonlar ekstraksiyalash ya’ni qirindilardan diffuzion sharbatlarni ajratish tushiniladi. Diffuziyalangan sharbat olish.Ekstraksiyalash (diffuziyalash) deganda bir yoki bir nechta komponentlarni tarkibi bo‘yicha murakkab bo‘lgan xom ashyodan erituvchi yordamida ajratib olish jarayoni tushuniladi. Qand va boshqa ko‘p moddalar lavlagi to‘qimasining xujayrasida erigan holatda bo‘lishiga qaramasdan ularni ajratib olish aynan ekstraksion jarayon (yoki diffuzion jarayon deb ham aytiladi) hisoblanadi. Shuning uchun diffuzion jarayonni ta’riflaganda issiqlik va massa almashinish nazariyasini tadbiq etish mumkin. Qand lavlagi to‘qimlaridagi qandni diffuziyalash ba’zan molekulyar deb aytiladigan moddalarni bir qism teng holatda turgan sistemani atomlarini molekula, ionlar va zarrachalarni issiqlik harakati bilan boshqasiga o‘tishi nazarda tutiladi. Professor P.M.Silin diffuziyalashni asosiy qonunidan foydalanib lavlagi qirindisidan qarama-qarshi oqimga asoslangan sharbatni ekstraksiyalash nazariyasini yaratib, shakar qand olish texnologiyasini fundamental asosini rivojlanishiga o‘zini hissasini qo‘shganligi oqibatida diffuziyalash jarayonini yangi rivojlanish bosqichi to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘lindi. Uzluksiz ravishda ishlaydigan diffuziyalash apparatida lavlagi qirindisi va ekstragent (suv) bir-biriga qarab harakatlanib aralashib ketadi. Shu sababli qand S2 konsentratsiyasi bor bo‘lgan qirindi sekin-asta qandsizlanadi S1, suv esa (S1= 0) o‘ziga qand va erigan noqand moddalarni qabul qilib ekstraksiyalangan yoki diffuziyalangan qand S2 sharbatiga aylanadi (13-rasm). Lavlagidan saxarozani ekstraksiyalash sxemasi bu yerda: S2, S1, s1, s2 – Lavlagi qirindisi,ekstraksiyalangan qirindidagi, ekstragentdagi va diffuziyalangan sharbatdagi, saxaroza konsenratsiyasi. 13- rasm Ekstraksiyalangan qand bilan birga lavlagi qirindisidan diffuziyalangan sharbatga 60-70 % umumiy azot, kaliy, natriy, magniy oksidlari 95 % aminli va ammiakli azot hamda 75-80% fosfor R2O5 o‘tadi. Uzilib ketgan qirindini xujayralaridan 30 % gacha oqsil yuviladi. Qolgan noqand moddalar lavlagi qirindisining xujayralarini devorlarida ushlanib qoladi. Qand zavodlarida lavlagi qirindisidan qandni ajratish jarayoni asosan vertikal va qiya joylashgan uzluksiz ishlovchi shnekli, ratatsion diffuzion apparatlarida amalga oshiriladi. Ushbu apparatlarga quyidagi asosiy talab - qirindi bilan apparatni ishchi qismini bir tekis to‘ldirishda ekstrakt bilan qirindi o‘rtasidagi qarama-qarshi oqimni qonun-qoidasiga qat’iy rioya qilish nazarda tutiladi. 8-rasmda qiya joylashtirilgan qaynoq suv bilan chayish qurilmasi bo‘lgan vertikal qurilgan diffuzion apparatda sharbat olish texnologik tizimi ko‘rsatilgan. Pishib yetilgan sog‘lom lavlagini diffuzion qurilmada qayta ishlashda quyidagi rejimni ushlab turish tavsiya etiladi: 100 gr qirindi uzunligi, m 11-13 lavlagi og‘irligiga nisbatan diffuzion sharbatni olish % da 125-130. Sharbat qirindisi aralashmasini vertikal balandligi bo‘yicha, o‘rta harorati 0S pastki qismida – 74-75; o‘rtasida – 73; yuqorisida-68-70; davomiyligi, min, faol diffuziya – 75-80; qirindini qaynoq suvda chayish 13-19; Diffuzion apparatni ishchi hajmini qirindi bilan to‘ldirishni solishtirma taqsimoti, t/m3 – 0,70; qaynoq suvda chayish apparatini – 0,72 t/m3. Diffuzion sharbatni harorati 0S 45-55; jomniki – 68; tiniq suvniki – 70; jomli presslangan suv - 750S. Ayrim qand zavodlarida sutkasiga 1,5-2,5 ming tonna lavlagini qayta ishlaydigan ratatsion diffuziyalash apparatlari ham qo‘llanib kelinmoqda. Shnekli diffuziya apparatini tuzilishi va ishlash prinsipi. Diffuziya sharbatini shnekli PDS-apparatida olish jarayoni quyidagicha o‘tkaziladi. Qirrqilgan lavlagi qirindisi 9-avtomatik tarozi o‘rnatilgan 10- tarnspartyor yordamida, 5-diffuzion apparatni qabo‘l qilish bo‘limiga uzatiladi. Diffuzion apparatga 4-sbornikdan tozzalangan va 3-sbornikdan esa sulfitlangan kondensat yoki barometrik suv uzatiladi. Diffuzion apparatdan chiqayotgan jom esa 1-shoxali transpartyor orqali chiqaziladi. Diffuzion sharbat 13-mezgalovushkaga uzatilib mezgadan tozalangan sharbat 14- sbornikka uzatiladi. Apparat ichida ikkita 6- aylanuvchan val aylanib, lavlagi qirindisini aylantirib 2-to‘kish moslamasi tomon yo‘naltiradi, 7-lopastlar qirindini aralashib turishiga ko‘maklashadi. Download 1.04 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling