Ildiz mevalarni saqlash va dastlabki qayta ishlash texnologiyasi
Download 1.04 Mb.
|
portal.guldu.uz-ILDIZ MEVALARNI SAQLASH VA DASTLABKI QAYTA ISHLASH TEXNOLOGIYASI
- Bu sahifa navigatsiya:
- DIFFUZIYA SHARBATINI DASTLABKI DEFEKATSIYALASH.
DIFFUZIYA SHARBATI
Sa(ON)2
qiyomni i-utfelga uzatish Sxema-1. Diffuziya sharbatini tozalash. Tarkibida cho‘kmadagi Sa(ON)2 va koagulyant bo‘lgan defekatsiyalangan sharbat uglerod ikki oksidi SO2 yordamida qayta ishlaniladi (1-saturatsiya) natijada ohak suti sirtida shakarmaslarni adsorbsiyalovchi korbanat kalsiy tuziga aylanadi. Karbonat kalsiy cho‘kmasi adsorbsiyalangan shakarmaslar va koagulyant bilan tindirilib va filtirlanib chiqindiga chiqariladi, sharbat esa isitilib va qaytadan saturatsiyalanadi (2-saturatsiya). Ikkinchi saturatsiyada kimyoviy reaksiyalar natijasida kalsiyli tuzlar va boshqa shakarmaslar cho‘ktiriladi. Saturatsiya cho‘kindilari cho‘ktirilib 2-chi saturatsiya sharbati sulfitatsiyalanadi, isitiladi va bug‘latish qurilmalarida quruqlik miqdori 60-65% gacha quyiltiriladi. Olingan qayla (sirop) sariq shakar klerovkasi bilan birga sulfitatsiyalanib filtirlanadi va maxsulot bo‘limiga krisstalizatsiyalash uchun uzatiladi. DIFFUZIYA SHARBATINI DASTLABKI DEFEKATSIYALASH. Diffuziya sharbatini oxak bilan qayta ishlash usulini yaxshi natijalar berishi XX-asr boshlaridanoq ma’lum edi. Dastlabki defekatsiyada oxak sutini qo‘llanilishini asoslashga katta xissa qo‘shgan olimlar ro‘s olimlari M Kovalskiy va S Kozakovskiylar ekanligi ma’lum. Oxak sutini kam miqdorlarda defekatsiyada qo‘llanilishida bir qator moddalarni kolloid dispersiyasiga koagulyatsiyalovchi ta’sir etayotganligi poydo bo‘la boshlaydi. Sharbatdagi ishqor miqdorini ortishi bilan xosil bo‘layotgan cho‘qma zichligi ortib, sharbat esa tiniqlashib boradi. Defekatsiya jarayoni, ya’ni diffuziya sharbatini oxak suti bilan tuyintirish uchun qo‘llaniladigan uskunaning nomi defekator deb ataladi (15-rasm). Xar-bir gruxdagi kalloid moddalar despersiyalarini kaogulatsiyalash uchun diffuziya sharbati uchun rN-ko‘rsatkichi mavjud. Shakarmas moddalar uchun koagulyatsiya maksimumi yoki optimumi rN20 10,8-11,6 oralig‘ida bo‘ladi. Kaogulyatsiya o‘tkazishdagi reaksiya muxitini optimumga yetkazish uchun diffuziya sharbatiga lavlagi massasiga nisbatan 0,2-0,3% SaO sarflanadi. rN ko‘rsatkichi optimumdan yuqori bo‘lganda cho‘kmalar qisman petizatsiyaga uchraydi, ya’ni xosil bo‘lgan cho‘kmalar parchalanish natijasida yana eritmaga aralashib qoladi. Shuning uchun kalloid moddalarni yanada yaxshiroq kaogulyatsiyasini ta’minlash va xosil bo‘lgan cho‘kmalarni parchalanishi oldini olish maqsadida diffuziya sharbatini defekatsiyalash jarayonini ikki stadiyada: dastlab lavlagi massasiga nisbatan 0,2-0,3% SaO qo‘shilishi natijasida sharbatni rN-ko‘rsatkichi sekinlik bilan ortib 10,8-11,6 gacha yetkaziladi va bunda kalloid moddalarning katta qismi kaogulatsiyalanadi, so‘ngra sharbatni rN-ko‘rsatkichini 12,5-12,3 (asosiy defekatsiya) gacha ko‘tarish maqsadida sharbatga oxakni qolgan qismi (lavlagi massasiga nisbatan 2,5-2,8% SaO) qo‘shiladi. Dastlabki defekatsiya davrida kalloid moddalar kaogulyatsiyasidan tashqari kalsiyli tuzlar cho‘kishi va bir qator kislotalar neytralizatsiyalanadi. Bu tuzlarni to‘liq cho‘kishi sezilarli darajada reaksiya kechayotgan muxitga bog‘liq. Dastlabki defekatsiyani optimal va Jadal defekatsiyaga ajratadi. Optimal defekatsiyada diffuziya sharbatiga oxak bir usulda, ya’ni sharbatni optimal rN ko‘rsatkichiga yetkazish maqsadida oxakni hammasi birdan qo‘shiladi. Jadal dastlabki defekatsiyada sharbatga qo‘shiladigan oxak miqdori sekinlik bilan bir miyorda 20-30 daqiqa davomida optimal ko‘rsatkichga yetqaziladi. Zavodlarda sovuq, issiq va qaynoq dastlabki defekatsiya o‘tqaziladi. Sovuq dastlabki defekatsiyada diffuziya sharbatiga gidrooksidkalsiy 50So da, issiq dastlabki defekatsiyada 50-60 So da qo‘shilsa, qaynoq dastlabki defekatsiyada esa diffuziya sharbati 85-90 So gacha qizdirilib so‘ngra unga oxak qo‘shiladi. Diffuziya sharbati tarkibidagi shakarmaslarni to‘liqroq cho‘ktirish uchun dastlabki defekatsiyani 40-60So intervalda Jadal defekatsiyada o‘tqazilishi maqsadga muvofiq xisoblanadi.Zavodlarda yaxshi pishib yetilgan lavlagi dastlabki defekatsiyani svuq yoki qaynoq o‘tqazilishidan qat’iy nazar yaxshi sfatli sharbat olinadi. Shu bilan bir payitda sharbatni qaynoq defekatsiyadan o‘tqazilgani yaxshi filtirlanadi. Agarda zavoda ketirilgan lavlagilarni sfati past bo‘lgan xollarda sovuq defekatsiyadan foydalanish yaxshi samara beradi, chunki sharbatdagi rang beruvchi moddalar miqdori pasayadi, oqsilli va pektinli moddalar tarqalishi qaynoq defekatsiyanikiga nisbatan sezilarli pasayadi. Dastlabki defekatsiyani vazifasi nafaqat kalloid despersli moddalarni chuktirish, YUMB xosil kilish, bundan tashqari hosil bo‘lgan cho‘kmalarni yuqori xaroratli, ishqorli va asosiy defekatsiyadagi kalsiy ionlariga bardosh beradigan chukmalar xosil qilishdan iborat. Download 1.04 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling