Ildiz mevalarni saqlash va dastlabki qayta ishlash texnologiyasi
Download 1.04 Mb.
|
portal.guldu.uz-ILDIZ MEVALARNI SAQLASH VA DASTLABKI QAYTA ISHLASH TEXNOLOGIYASI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Adabiyotlar
- 10-Mavzu. DIFFUZIYA SHARBATINI TOZALASHDAGI I-CHI VA II-SATURATSIYA JARAYONLARI. DIFFUZIYA SHARBATINI I SATURATSIYASI
- Karbonat kalsiyni cho‘ktirish.
- I-Saturatsiyani o‘tqazish.
- Bir pog‘onali saturatsiya.
Nazorat savollari.
Diffuziya sharbatini defekatsiyalashdagi asosiy kimyoviy modda qaysi? Diffuziya sharbatini tozalashdagi optimal muhitni ko‘rsating? Dastlabki defekatsiya jarayoni o‘tkaziladigan uskuna qanday tuzilgan? Dastlabki va asosiy defekatsiyadagi kimyoviy reaksiyalar qaysilar? Adabiyotlar: 1. SapronovA.R. Texnologiya saxarnogo proizvodstva. Moskva agropromizdat 1986. 2. Instruksiya po vvedeniyu texnologicheskogo protsenta svyakgosax- go proizvodstva M.SNIITEI 1985. 3. Mixatova G.N. Rascheti produktov saxarnogo proizvodstva. pesh prom.1973. 4. Silin P.M. Texnologiya saxara-M pesh prom.1967. 10-Mavzu. DIFFUZIYA SHARBATINI TOZALASHDAGI I-CHI VA II-SATURATSIYA JARAYONLARI. DIFFUZIYA SHARBATINI I SATURATSIYASI Tarkibida koagulyant, eritmadagi gidroksil kalsiy va cho‘kma bo‘lgan defekatsiya sharbati uglerod ikki oksidi I saturatsiyasiga yuboriladi. Reaksiya natijasida uglerod ikki oksidi bilan gidroksil kalsiy SaSO3 kristallarini hosil qilib cho‘kmaga tushadi. Endigina poydo bo‘lgan musbat zaryadlangan karbonat kalsiy yuzasiga eritmadagi manfiy zaryadlangan shakarmaslar: aminokislotalar, karbon kislota tuzlari, rang beruvchi moddalar va boshqalar adsorbsiyalanadi. Bundan shuni kuzatish mumkinki, dastlabki va asosiy defekatsiyalarda kimyoviy tozalash kaogulyatsiya, cho‘ktirish va shakarmaslarni parchalash usullari bilan o‘tkazilgan bo‘lsa, I saturatsiyada esa fiziko-kimyoviy tozalash adsorbsiya usulidagi I saturatsiyaning asosiy maqsadi hisoblanadi. Shunday qilib, I saturatsiyani vazifasi, oxak bilan cho‘ktirilgan shakarmaslarni (dastlab va asosiy defekatsiyalarda cho‘ktirilgan cho‘kmalarni eritmaga o‘tishini minimal darajada saqlab) to‘liqroq darajada ajratish, oxak bilan cho‘ktirilgan shakarmaslar uchun adsorbsiya samarasini maksimal darajaga yetqazish va yaxshi filtratsion, sedimentatsion xossalarga ega bo‘lgan cho‘kmalar hosil qilish. I saturatsiyaning birinchi vazifasi sharbatni yuqori ishqoriyligi hisobida bo‘lsa, qolgan ikkitasi esa karbonat kalsiyni cho‘ktirish uchun sharoit yaratish hisoblanadi. Karbonat kalsiyni cho‘ktirish. Defekatsiyalangan sharbatdagi oxakni katta qismi cho‘kmada bo‘lib, 0,2 % -gina eritmada bo‘ladi. Yuqori konsentratsiyaga ega bo‘lgan ishqorli sharbatga uglerod ikki oksidi oqimi uzatilganda u birinchi gazli fazadan eritmaga o‘tib, so‘ngra esa ON- ionlari bilan ta’sirlashadi. Defekatsiyalangan sharbatdagi oxak bilan SO2 o‘z-aro ta’sirlashivuni quyidagi tenglamalar yordamida xarakterlash mumkin. SO2 (gaz) → SO2 (eritma) SO2 (eritma) + N2O = N2SO3 SO2(eritma) + ON- = NSO3- N2SO3 = N+ + NSO-3 NSO-3 = N + SO2-3 NSO-3 + ON- = SO23 + N2O N+ + ON- = N2O SO2 + 2ON- = SO23 + N2O Bu yerdagi birinchi tenglamalar massaalmashinish jarayonlarini, qolganlari esa kimyoviy reaksiyalarni xarakterlaydi. Shunday qilib karbonat ionini xosil bo‘lishida ikkita gidroksil ioni kerak bo‘ladi, ya’ni eritmadagi ishqor ortiqchasi bilan bo‘lishi kerak. Oxak SO2 supenziyasi adsorbsiya jarayoni, defekatsiyalangan sharbat tarkibidagi gilrooksil ionlari tugaguncha davom etadi. Sa(ON)2 (qattiqfaza) Sa (ON)2 (eritma) Sa(ON)2 (eritma) Sa2+ + 2ON- Eritmada SO32- va Sa2+ ionlari bo‘lishi (SaSO3) karbonat kalsiyni xosil bo‘lishiga olib keladi va cho‘kmaga tushadi. Sa2+ + SO32 SaSO3 (eritma) SaSO3(eritma) SaSO3 (qattiq faza) Massaalmashinish jarayoni asosini o‘rganish shuni ko‘rsatadiki, jarayonni barcha pog‘onalarida SO2 gazini erishi ro‘y beradi. Erishni tezligiga ON- ionlari konsentratsiyasi sezilarli darajada ta’sir ko‘rsatadi. Sa (ON)2 erish tezligi esa, qattiq fazani dispersliligiga va reaktordani aralashtirilishiga bog‘liq. I-Saturatsiyani o‘tqazish. Absorbsiya tezligi, yuqorida keltirib o‘tilgandek gidrooksid kalsiyni karbonizatsiya darajasi va ishqoriyligiga bog‘liq, boshlang‘ich ishqoriyligi qanchalik yuqori va karbonizatsiya darajasi esa qanchalik past bo‘lsa, uglerod ikki oksidini (SO2) absorbsiya tezligi shuncha yuqori bo‘ladi. O‘z navbatida SO2 esa absorbsiya tezligi, va saturatsiya gazidagi konsentratsiyasi ko‘payishi bilan ortadi. I-saturatsiyani 80-85 0S da o‘tkaziladi, negaki asosiy defekatsiyada 85-90 0S gacha qizdirilgan sharbatni xarorati 4-5 0S gacha pasayadi. Karbonat kalsiyda shakarmaslarni adsorbsiyasi past temperaturalarda (40-60 oS) o‘tkazilishi yaxshi samara beradi, ammo bu rejimda saturatsiyalash sharbatni kuchli ko‘pirib ketishi sababli juda qiyin kechadi. Ko‘pgina shakar zavodlarida saturatsiya bir pog‘onali to‘xtovsiz ishlaydigan saturatorlarda o‘tqaziladi. Bir pog‘onali saturatsiya. Bunday saturatsiyani qarama-qarshi oqimli bir pog‘onali reshetkali saturatorlarda o‘tqaziladi. Bir pog‘onali retkali saturator (16-rasm), vertikal silindrsimon idish bo‘lib, yuqori qismi (saturatsiya jarayonida hosil bo‘ladigan ko‘pikni tutib qolishi uchun) kengaytirilgan. Korpusni 1 pastki qismida bir-biridan bir xil masofada va balandlikda sharbatdagi gaz pufaklarini bir teksda tarqatish maqsadida joylashtirilgan uchta to‘siq 2 poydevorlar o‘rnatilgan. Download 1.04 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling