“Ilm-fan muammolari yosh tadqiqotchilar talqinida”
mavzusidagi 9-sonli respublika ilmiy konferensiyasi
54
UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABLARI O‘QUVCHILARIGA
CHIZMACHILIK DARSLARIDA QIRQIMLAR MAVZUSINI O‘RGATISH
METODIKASI
Berdimuratova Gulmira Oybek qizi
Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti talabasi
Ilmiy rahbar:
B.Xujamurodov
Annotatsiya. Taqdim etilayotgan ilmiy maqolada Umumiy o‘rta ta’lim
maktablari o‘quvchilariga chizmachilik darslarida qirqimlar mavzusini o‘rgatishning
ayrim samarali usullari yoritilgan. Shuningdek qirqimlar bajarishni o‘rganishda
yuzaga keladigan ba’zi muammolarni bartaraf etishning dastlabki bosqichlari yoritib
berilgan.
Kalit so‘zlar. Kesuvchi
tekislik, oddiy va murakkab qirqimlar, frontal,
gorizontal, profil va qiya qirqimlar, bo‘ylama va ko‘ndalang kesilgan qirqimlar, to‘liq
va mahalliy qirqimlar.
O‘zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan ta’lim
sohasidagi barcha
ishlar yoshlarni ma’naviy yetuk va komil inson qilib yetishishiga bog‘liq ravishda
amalga oshirilmoqda.
Ma’lumki har qanday buyum, texnika va inshoatlarin yaratishdan oldin ularning
chizmalari chizib olinadi. VII - XI asrlarda Markaziy Osiyoda (Hozirgi O‘zbekiston
hududida) buyuk ilmiy kashfiyotlar va obidalar bunyod etilgan.
Bunday obidalar va
ilmiy kashfiyotlarni chizmalarsiz yaratib bo‘lmaydi. Ushbu davrda chizmachilik ilmi
me’morchilik bilan birgalikda rivojlangan. Chizmachilik sohasiga ilm fan sifatida
emas balki bir vosita sifatida qaralgan.
Chizma mavjud davlat standarti talabida barcha
qonun qoidalarga rioya qilib,
ma’lum geometrik yasashlar ko‘lamini qo‘llab, chizma asboblari yordamida biror
maqsadni ko‘zlab bajariladigan tasvir hisoblanadi.