Ilm-fan muammolari yosh tadqiqotchilar talqinida


“Ilm-fan muammolari yosh tadqiqotchilar talqinida”


Download 4.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/197
Sana01.11.2023
Hajmi4.85 Mb.
#1737057
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   197
Bog'liq
“Ilm fan muammolari yosh tadqiqotchilar talqinida” mavzusidagi 9

“Ilm-fan muammolari yosh tadqiqotchilar talqinida” 
mavzusidagi 9-sonli respublika ilmiy konferensiyasi
 
56 
Qirqim shartli tasvir bo‘lib, u buyumning ko‘zimizga ko‘rinmaydigan ichki 
tuzilishini aniqlash maqsadida bajariladi. Ma’lumki, chizmalarda buyumlarning ichki 
ko‘rinmaydigan chiziqlari shtrix chiziqlar bilan chiziladi. Bunda tutash va shtrix 
chiziqlarning bir yo‘la chizmada chizilishi chizmani o‘qishni qiyinlashtiradi va 
ko‘pincha xatoliklarga olib keladi. Bunday holni bartaraf etish uchun shtrix chiziqlar 
ko‘rinadigan kontur chiziqlar bilan almashtiriladi, ya’ni qirqim beriladi. 
Qirqim deb biror buyumni bir yoki bir necha tekislik bilan fikran qirqganda 
kesuvchi tekislikda hosil bo‘lgan shakl bilan buyumning kesuvchi tekislik orqasida 
qolgan qismini proyeksiyalanganda hosil bo‘lgan tasvirga aytiladi. Qirqim, asosan 
buyumning ko‘rinishlarida tasvirlanadi. 
Qirqimni bir qancha alomatlari bilan xillarga ajratish qabul qilingan: 
1. Kesuvchi tekislik soniga qarab oddiy va murakkab qirqimlarga bo‘linadi; 
2. Kesuvchi tekislikni gorizontal tasvir tekisligiga nisbatdan xolatiga qarab 
frontal, gorizontal, profil va qiya qirqimlar bo‘ladi. 
3. Kesuvchi tekislikni buyumning bosh o‘lchamlariga (gobarit) nisbatan 
joylashishiga qarab bo‘ylama va ko‘ndalang kesilgan qirqimlar bo‘ladi. 
4. Qirqim mukammal bajarilishiga qarab to‘liq va mahalliy bo‘ladi. 
Bitta tekislik yordamida bajarilgan qirqim oddiy qirqim deb ataladi. Oddiy 
qirqim frontal, gorizontal, profil, ko‘ndalang, bo‘ylama, qiya va mahalliy qirqimlarga 
bo‘linadi. 
Frontal qirqim frontal kesuvchi tekislik bilan hosil qilinadi. Agar kesuvchi 
tekislik frontal tasvir tekisligiga parallel bo‘lsa, hosil bo‘lgan qirqim Frontal qirqim 
deb ataladi. 
Qirqimlarda berilgan masalalarni ishlayotgan vaqtda uning har tomondan 
ko‘rinishidan detal yoki buyumning holatini tushunmagan taqdirda, qirqim 
bajarishimiz mumkinligini ko‘ramiz. Bu chizmaga oid texnikani hayotiy yashash 
tarziga ham bog‘lashimiz mumkin. Detalni bir hayotiy masala deb oladigan bo‘lsak, 
ushbu detalning ya’ni masalani faqat bir tarafdan qarab yechim izlamasdan ko‘proq 
izlanib masalaning boshqa tomondagi yechimlarini ham ko‘rishga harakat qilishimiz 
kerak bo‘ladi. 



Download 4.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   197




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling