Ilm-fan muammolari yosh tadqiqotchilar talqinida
“Ilm-fan muammolari yosh tadqiqotchilar talqinida”
Download 4.85 Mb. Pdf ko'rish
|
“Ilm fan muammolari yosh tadqiqotchilar talqinida” mavzusidagi 9
“Ilm-fan muammolari yosh tadqiqotchilar talqinida”
mavzusidagi 9-sonli respublika ilmiy konferensiyasi 55 Tasvir esa biror buyumni narsa ustida qalam, mix(tig‘), siyoh bo‘yoqlar yordamida tasvirlanib bajariladigan chizma, rasm, fotografiyalar husoblanadi. Eng avvalo chizma to‘g‘risida biroz bo‘lsa ham tarixga nazar tashlashimiz kerak. Insoniyat yaratilgandan keyin qo‘liga olgan birinchi quroli yordamida bajargan ishi tasvir bo‘lishi mumkin. Dastlab odamlar qoyalardagi, g‘orlardagi chizilgan turli hayvonlar va boshqa narsalarning rasmlarini chizish orqali turli ko‘rinishdagi tasvirlarni bajarishgan. Chizmalarning yana shunday qulayligi mavjudki qaysi davlatga, qaysi mamlakatga chizma bilan borishdan qatiy nazar, standartda bo‘lgan chizmani barcha davlatdagi insonlar tushuna olishadi. Chizish(chizma) insoniyatning ongini rivojlantirishda, o‘z atrofidagi borliqni tasavvur qilishida va o‘z tushunchasini o‘zgaga yetkazish orqali fikrlash degan buyuk ne’matning rivojlanishida o‘ta muhim hisoblanadi. Hozirgi kunda ham har bir buyum, kattami kichikmi yaratilishidan eng oldin uning chizmasi chizib olinadi. Har bir texnik buyum sotib olinganida uni ishlatishdan oldin uning chizmasiga murojaat etiladi. U buyum chizmasi yordamida yig‘iladi, ta’mirlanadi, sozlanadi. Xullas insoniyat va jamiyatning rivojlanishi chizmalar bilan chambarchas bog‘liqdir. Lekin, tevarak atrof, ya’ni borliqni o‘rganish jarayoni orqali insonlar o‘z manfaatini, dunyo miqyosi manfaatini ko‘zlab ilm-fan bilan shug‘ullanadi va yangi yangi kashfiyotlar ochishadi. Bularning barchasini butun dunyo ahliga yetkazishda eng birinchi navbatda chizmalarga murojaat etiladi. Maktablarda maxsus o‘quv yurtlarida har bir o‘quv fani asosan texnikani rivojlantirishga qaratilgan. Chizmachilik darslarida qirqimlar bajarish va ularni o‘qish ham biz uchun muhim bo‘lgan o‘zgarish va natijalarga, yangi bilimlarni o‘rganishga yordam beradi. Qirqim qo‘llash orqali biz oddiy bo‘lgan buyumlar yoki detallarning har taraflama mukammalligiga va biz bir ko‘rgandagidan murakkabroq ekanligiga amin bo‘lamiz. Bunday chizmalarni o‘qish va qirqimlarni bajarish inson fazoviy tasavvurini oshirishga, dunyoqarashini yanada kengayishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling