Ilmiy etimologiya,Xalq etimologiya, Yolg’on etimologiya


Download 77.95 Kb.
bet2/3
Sana25.01.2023
Hajmi77.95 Kb.
#1120761
1   2   3
Bog'liq
Ilmiy etimologiya,Xalq etimologiya, Yolg’on etimologiya

Etimologiya maqsadi

  • Etimologik tahlilning maqsadi muayyan soʻzning qachon, qaysi tilda, qanday yasalish qolipi boʻyicha, qaysi til materiali asosida qanday shakl va maʼnoda paydo boʻlganini aniqlashdir. Etimologik tahlilning asosiy metodi qiyosiytarixiy usul boʻlib, u fonetik qonuniyatlar, morfologik qoidalar, morfologik oʻzgarishlarga tayanib ish koʻradi. Bunday tadqiqot natijalari til tizimi va strukturasidagi turli jarayonlarni hamda soʻzlarning etimologik maʼnolarini aniqlashda, etimologik lugʻatlar tuzishda ahamiyatlidir
  • Muayyan til uchun oʻzlashma hisoblangan soʻzlar Etimologiyasini aniqlash unchalik qiyin emas. Hozirgi oʻzbek tilida qoʻllanayotgan "daftar", "piyola", "qalam" kabi soʻzlarning yunon tiliga mansubligi, oʻsha tildagi (dastlabki) maʼnosini aniqlash uchun leksikografik izlanish — tegishli tillar (arabforsyunon) lugʻatlarini solishtirish kifoya qiladi. Biroq "juda qadimiy" maʼnosidagi "daqyonus (daqqiyunus)dan qolgan" iborasining Etimologiyasini aniqlash uchun din tarixidanQurʼoni karimdagi "Kahf surasi"dan, Rim imperiyasi tarixidan xabardor boʻlish kerak.

Ilmiy Etimologiya

  • Masalan: pichoq soʻzining "bi" (tigʻ) oʻzagiga chak qoʻshimchasini yoki "bich" (kes, kesib tashla) feʼliga ak qoʻshimchasini qoʻshish orqali, "kuy" soʻzining qadimiy turkiycha "kbg" (qoʻp maʼnoli soʻz; bir maʼnosi — ashulada ovozning pastbalandligi) soʻzining "koʻy", "kuy" kabi shakl oʻzgarishi va qisman maʼno oʻzgarishi orqali paydo boʻlganligi ilmiy etimologik tahlillar bilan aniqlangan.
  • Lisoniy birliklarni etimologik tahlil qilishda ular tarkibida tejamkorlik natijasida roʻy bergan oʻzgarishlarga jiddiy eʼtibor qaratiladi. 
  • Masalan: Mas, hozirgi kunda oʻzbek tilida qoʻllanayotgan, payt maʼnosini bildiruvchi tunovgi — tunovkun — tunovin soʻzlari aslida 3 tarkibiy qismdan iborat boʻlib, "tun ogʻgan qun" shaklida qoʻllangan; bir qancha shakl oʻzgarishlaridan keyin mazkur qoʻrinishlarga ega boʻlgan. Demak, "tunovin", "tunovgi" soʻzlari, mavjud lugʻatlardagidek oʻtgan kun, burnogʻi kun, kechadan oldingi kun maʼnolarini emas, balki kecha, yaʼni tun ogʻgan kun (tun chappa boʻlgan kun) maʼnosini ifodalagan.

Download 77.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling